Mavzu; Komputerni ichki tuzilishini va qanday ishlashi
Reja;
1.Kompyuterlar tarixi.
2.Kompyuter qanday ishlaydi.
3.Kompyuterlarning asosiy qurilmalari.
Mamlakat rivojini zamonaviy kompyuter va texnologiyalarsiz tasavvur qilish mushkul. Ilm-fan taraqqiyoti hamda sohalarning rivojlanishida ular alohida ahamiyat kasb etadi. Kompyuterlar axborotni aniq maqsad yo‘lida qayta ishlay olishiga, inson faoliyatining turli sohalarini tubdan o‘zgartirishga, kishilarning ishini osonlashtirishga imkon beribgina qolmay, hozirgi kun talabiga mos darajada rivojlanishimiz zarurligi kabi bir qator vazifalarni qo‘ymoqda.
Kompyuter so‘zi ingliz tilidagi “to compute”, “computer”, so‘zlarining hosilasi bo‘lib, ular “hisoblash”, “hisoblagich” deb tarjima qilinadi. Dastlab ingliz tilida bu so‘z, mexanik qurilmani jalb qilib yoki uning ko‘magisiz arifmetik hisoblarni bajaradigan insonni anglatgan. Keyinchalik uning ma’nosi mashinalarning o‘ziga ko‘chirildi, biroq, zamonaviy kompyuterlar matematika bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan ko‘plab masalalarni ham bajaradilar.
1943-yilda AQSh armiyasi buyurtmasiga ko‘ra, Pensilvaniya universiteti olimlari Djon Mochli va Prespera Ekerta tomonidan elektron lampalar asosida boshqa EHMni yaratgan. Uning nomi ENIAC (Electronic Numerical Integrator and Computer - Elektron raqamli integrator va kompyuter) bo‘lib, keng ko‘lamli vazifalarni amalga oshirish uchun qayta dasturlash mumkin bo‘lgan ilk elektron hisoblagich yaratildi. Og‘irligi 30 tonna, uzunligi 30 metr bo‘lib, tarkibida 18 ming elektrolampalar bor edi. Mashinada 1950-yilda birinchi muvaffaqiyatli raqamli ob-havo prognozi ishlab chiqilgan.
XX asrning 90-yillaridan boshlab, kompyuter atamasi elektron hisoblash mashinalari (EHM) atamasini amalda siqib chiqardi. Kompyuter bu - turli hajmdagi, har xil ko‘rinishdagi axborotlarni tezlik bilan ishlab berishni ta’minlovchi universal avtomatik qurilmadir.
Shaxsiy kompyuter tushunchasi XX asrning 70-yillar oxiridan boshlab keng tarqala boshladi. Shaxsiy kompyuterning keyingi avlodlarida mikroelektron va biosxemalardan foydalanilib, ularning hajmi kitob kattaligidek hajmgacha kichraydi, massasi esa 3,5 kg gacha kamaydi.
1981-yilda “IBM” firmasi shaxsiy kompyuterning yanada takomillashgan modellarini ishlab chiqara boshladi. Keyinchalik boshqa firmalar IBM bilan PC biriktirilgan kompyuterni, Apple firmasi esa “Macintosh” kompyuterini yaratishdi.
Quyida g‘ayrioddiy va hayratlanarli faktlar bilan tanishishingiz mumkin.
Kompyuterda "con" nomi bilan papka yaratish mumkin emas.
Birinchi kompyuter virusi 1982-yilda sistemalarni buzish maqsadida Apple tomonidan ishlab chiqilgan.
Linux operatsion tizimining kompaniya belgisi - pingvin. Chunki bu sistemani yaratuvchi shaxsni yoshligida zooparkda pingvin tishlab olgan.
Ixtiyoriy kompyuterning ishlash printsipini birinchi bo'lib ingliz olimi Charlz Bebidj va uning g'oyasini mukammallashgan ko'rinishini Djon Fon Neyman taklif qilgan. Uning printsipi dastur asosida boshqariladigan avtomatik ravishda ketma-ket ishlash g'oyasidan iborat.Hozirda ko'p rusumli kompyuterlar shu g'oya asosida ishlaydi. Lekin keyingi paytlarda ko'p protsessorli kompyuterlar, yahni bir vaqtda dasturning bo'laklarini ketma-ket emas, parallel bajaradigan kompyuterlar ham yaratilganligini eslatib o'tish joizdir. shunday qilib, kompyuter avvaldan tuzilgan dastur asosida ishlaydi. O'z navbatida dastur qo'yilgan masalani kompyuterda yechish uchun qandaydir dasturlash tilida yozilgan buyruqlar (operatorlar) ketma-ketligidir. Dasturlash tilida tuzilgan dasturiar maxsus tarjimon dasturlar yordamida kompyuter tiliga o'tkaziladi. Kompyuter tili 0 va 1 lardan tashkil topgan, ma’lum qoidalar asosida yoziladigan ketma-ketliklardan iborat. Djon Fon Neyman printsipi bo'yicha avtomatik ravishda bajariladigan dastur avval kompyuterning xotirasiga kiritiladi (yuklanadi). Xotirada turgan dastur asosida dasturni tashkil etuvchi har bir operator ketma-ket bajariladi.
Boshqaruv qurilmasi deb ataluvchi maxsus qurilma hozir qanday operator bajarilishi va undan keyin qaysi operator bajarilishi ustidan nazorat o'rnatadi va uni bajarilishini ta’minlaydi. Amal (arifmetik-mantiqiy) esa protsessor deb ataluvchi qurilmada bajariladi. Dastur ishlash natijasi to'g'ridan-to'g'ri ekranda yoki tashqi qurilma (chop qiluvchi mexanizm, grafik chizuvchi qurilma, video qurilma va boshqalar) deb ataluvchi qurilmada ko'rilishi mumkin.
Kompyuterlar, odatda bir necha bloklardan iborat bo’ladi va ularning tarkibiga quyidagi uch blok:
1) sistema bloki;
2) monitor;
3) klaviatura va sichqon
kiradi.
Ulardan asosiysi sistema bloki (yoki sistemali blok) bo’lib, unga o’rnatilgan uskanalar birgalikda kompyuterni tashkil etadi va uning ichiga qaysi rusumga tegishli uskunalar o’rnatilganiga qarab kompyuter rusumlar (masalan, Pentium III yoki Pentium IV va hokazo) ga ajralatiladi. Boshqa qurilmalarning barchasi sistema blokiga ulanadi.
Kompyuter qanchalik kuchli bo’lmasin, unda qanchalik ko’p ma’lumot saqlanmasin, ma’lumotlarni foydalanuvchi uchun qulay ko’rinishda ko’rsatib berilmasa, bunday kompyuter dengiz tubidagi hazinaga o’xshab qoladi va undan hech qanday naf bo’lmaydi.
Sichqoncha, klaviatura, monitor va ularning vazifalari.
Sichqoncha (ingl. mouse – sichqon) ma’lumot kiritish qurilmasi bo’lib, biror tekislik bo’ylab harakatlantirilganda tagidagi lazer nuri harakat haqidagi ma’lumotni kompyuterga uzatadi va ekrandagi ko’rsatkich (kursor) mos yo’nalishlarda harakatlanadi. Sichqonchaning tugmalari yordamida kompyuterga biror buyruq berish, undagi dasturlar va jarayonlarni ishga tushirish hamda hujjatlarni ochish mumkin.
Klaviatura (ingl. keyboard) muayyan qurilmani boshqarish yoki axborotni kiritish uchun mo’ljallangan tugmalar (klavishalar) to’plamidan iborat bo’lgan qurilma yoki ekrandagi tasvir. Тexnik va mexanik qurilmalarni (kalkulyator, kompyuter, telefon, kassa apparati) boshqarish uchun alifbo-raqamli klaviaturalar qo’llaniladi. Klaviaturalardagi har bir tugmaga bir yoki bir necha belgi biriktiriladi. Тugma birikmalari klaviaturadan bajariladigan amallarning sonini ko’paytirishga imkon beradi.
Monitor kompyuterning ish jarayonida vujudga keladigan axborotlarni ekranda yoritishga xizmat qiladigan qurilma. Monitor grafik yoki matn holatida ishlashi mumkin. Matn holatida belgi o’rinlari deyiluvchi alohida qismlarga, grafik holatida esa piksel nomli nuqtalarga bo’linadi. Monitordagi piksellarning umumiy miqdori hamda ranglar soni monitorning imkon darajasini (kengligini) belgilaydi.
Tashqi qurilmalari
Ichki qurilmalari:
|