Ranglarni kodlash. Palitra
Kompter rangli tasvirlar bilan ishlay olishi uchun tasvimi sonlar ko’rinishida ifodalash-ranglarni kodlash kerak. Kodlash usuli rang modelidan va kompterdagi soniy maTumotlarning formatidan bog’liq.
RC В modeli uchun har bir komponentga ma’lum bir sohada chegaralangan sonlar, masalan, 0 dan 1 gacha bo’lgan kasr sonlar bilan, yoki 0 dan ma’lum bir maksimal qiymatgacha bo’lgan butun sonlar bilan berilishi mumkin. Hozirgi paytda Tme Colour formati keng tarqalgan bo’lib, unda har bir tashkil etuvchi qism bayt ko’rinishida berilib, u har bir tashkil etuvchi qism uchun
256 gradauiyani beradi:
R =0.. .256; G= 0.. .255; B = 0 255. Ranglar soni 256x256x256x=16,7 min
(224 ) tani tashkil etadi.
Kodlashning bunday usulini qismlar (komponentlar) usulida kodlash deb atash mumkin. Kompyuterda True Colour tasviri kodalri baytlar uchligi tarzda beriladi yoki uzun birlikka (to’rt baytli) - 32 bitgajoylashtiriladi (masalan, API Windows da shunday qilingan):
S=00000000 bbbbbbbb gggggggg rrrrrrrr.
Kompyuter grafikasi tizimlaridagi tasvirlar bilan ishlaganda
ko’pincha tasvirning sifati (iloji boricha ko’proq rang talab etiladi) va tasvimi saqlash va qayta tiklash uchun zarur bo’ladigan va, masalan, xotira hajmi bilan hisoblanadigan, resurslar (bir pikselga to’g’ri keladigan bitlar sonini kamaytirish kerak) o’rtasida kelishi (komprolis) holatini izlashga to’g’ri keladi.
Bundan tashqari, ba’zi tasvirlar o’z-o’zicha chekli ranglardan foydalanishi mumkin. Masalan, chizmachilik uchun balki ikki xil rang etarli bo’lar, inson yuzi uchun pushti, sariq, qirmizi, qizil, yashil, ranglarning nozik turlari; osmon uchun esa - havorang va kulranglar nozik turlari etarli. Bunday hollarda to’liq rangli kodlashdan foydalanish ortiqchalik qiladi.
Ranglar sonini qisqartirishda mazkur tasvir uchun muhim bo’lgan ranglar to’plamini aks yettiruvchi palitra dan foydalaniladi. Palitrani ranglar jadvali sifatida qabul qilish mumkin. Palitra tanlangan rang modelida rang kodi va uning tashkil etuvchi qismlari (komponentlari) o’rtasidagi o’zaro aloqalarini aniqlaydi.
Misol tariqasida EGA va VGA 16 - rangli videorejimlaming standard palitrasini beramiz.
|