• Rangning RGB modeli.
  • Aralashmaning rangi faqat aralashuvchi qismlarning rangidangina bog’liq va ulaming spektral tarkibidan bog’liq emas




    Download 4,86 Mb.
    bet6/10
    Sana18.05.2024
    Hajmi4,86 Mb.
    #241356
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Mavzu. Kompyuter grafikasi va uning turlari reja

    Aralashmaning rangi faqat aralashuvchi qismlarning rangidangina bog’liq va ulaming spektral tarkibidan bog’liq emas.


    Agar bir xil rang (shuningdek, aralashuvchi qismlar rangi) turli xil usullar bilan olinishi mumkin ekanligi e’tiborga olinsa, uchinchi qonunning ma’nosi tushunarliroq bo’ladi. Masalan, qo’shiluvchi qismlar ham o’z navbatida boshqa qismlarning qo’shilishi tufayli olinishi mumkin.

    Rangning RGB modeli.


    Bu model nurlanish prinsipi asosidagi qurilmalar yordamida olinadigan ranglarni ifodalash uchun foydalaniladi. Asosiy ranglar sifatida qizil (Red), yashil (Green) va ko’k (Blue) tanlab


    olingan. Boshqa rang va uning nozik turlar yuqorida aytilgan asosiy ranglarning ma’lum miqdorini qo’shish bilan olinadi.


    RGB tizimining asosiy ranglari va ulaming qo’shilishi


    RGB tizimining qisqacha tarixi shunday. Tomas Yung (1773 - 1829) uch dona fonar oldi va ularga qizil, yashil va ko’k YorugTik filtrlari o’rnatdi. Shu tarzda ranglarga mos keluvchi yorugTik nuri manbalari olindi. oq ekranga bu uch manbadan chiqqan numi yo’naltirib, olim mana shunday tasvirni oldi (3- rasm). Bu manbalardan tushgan nur ekranda rangli xalqalar hosil qildi. Xalqalar kesishgan joyda ranglarning qo’shilishi ro’y berdi. Sariq rang qizil va yashil ranglarning qo’shilishidan, havorang - yashil va ko’k ranglarning qo’shilishidan, to’q qizil (qirmizi) rang ko’k va qizil ranglardan, oq rang esa har uchala asosiy ranglarnig qo’shilishidan hosil bo’ldi. Biroz vaqt o’tgach Jeyms Maksvell (1831 - 1879) birinchi kolorimetmi yasadiki, uning yordamida odam ko’rib turib monoxromatik rang va RGB tashkil etuvchilarining berilgan nisbatida qo’shilishidan hosil bo’lgan rangni taqqoslash imkoniga ega bo’ldi. Qo’shiluvchi qismlar har birining yorqinligini boshqarish bilan aralashma va monoxromatik nurlar ranglarini tenglashtirishiga erishish 'mumkin. Bu quyidagicha ifoda etiladi:
    R =g R + d + v B, bunda g, d va v - mos keluvchi asosiy ranglar miqdori.

    g, d va v koeffmientlarining nisbatlarini Maksvell keyinchalik uning nomi bilan atalgan uchburchak yordamida yaqqol ko’rsatib berdi.


    Maksvell uchburchagi teng tomonli bo’lib, uning uchlariga asosiy R,( va В ranglar joylashtiriladi. Berilgan nuqtalardan uchburchak tomonlariga perpendikulyar bo’lgan chiziqlar o’tkaziladi. Har bir chiziqning uzunligi g, d yoki v koeffiipentlarga teng g=d=v bo’lgan nuqta uchburchakning markazida bo’ladi va oq nurga mos keladi. SHuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, ba’zi rang uchburchakning ichidagi nuqta bilan ham tasvirlanishi mumkin. Keyingi holda bu mos keluvchi rang koeffmientining manfiy qiymatiga mos keladi. Koeffiiqentlar yig’indisi uchburchakning balandligiga teng, bo’ladi.
    Maksvell asosiy ranglar sifatida quyidagi to’lqin uzunligiga ega bo’lgan nurlardan foydalandi: 630, 528, 457 nm.
    Hozirgi paytda RGB tizimi rasmiy standard bo’lib hisoblanadi.

    Yoritilganlik bo’yicha Xalqaro Komissiyaning - YOXK (SIE-Comision International de Eclairage) qaroriga ko’ra 1931 yilda asosiy ranglar standartlashtirilib, ular R, va В sifatida foydalanilishi tavsiya etildi. Bular quyidagi to’lqin uzunliklariga mos keluvchi R - 700 nm; - 546lnm, Б-4358 nm. monoxromatik ranglardir: qizil rang filtr o’matilgan cho’g’lanma lampa yordamida olinadi. Sof yashil va ko’k ranglami olish uchun simobli lampa qo’llaniladi.


    Shuningdek, har bir asosiy rang uchun Yorug’lik oqimining qiymati ham standartlashtirilgan.


    RGB tizimi uchun yana bir muhim parametr - uch tashkil etuvchi qiymatining bir xil miqdorda aralashuvidan hosil bo’ladigan rangdir. Bu oq rangdir. R, va В tashkil etuvchilarni qo’shib oq rang olish uchun mos manbalarning yorqinligi bir - birlariga teng bo’lmasdan, quyidagi nisbatda bo’lishi kerak ekan:
    Lr : Lg : Lb = 1: 4,5907: 0,0601.
    Maksvell uchburchagi.

    Agar ranglar hisobi bir xil yorqinlikdagi yorug’lik manbalari uchun qilinadigan bo’lsa, unda yorqinlikning yuqorida ko’rsatilgan nisbatini unga mos keluvchi masshtab koeffmientlari bilan hisobiga olish mumkin.




    Blue = (0,0,1) Cyan = (0,1,1)


    Download 4,86 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 4,86 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Aralashmaning rangi faqat aralashuvchi qismlarning rangidangina bog’liq va ulaming spektral tarkibidan bog’liq emas

    Download 4,86 Mb.