Mavzu: Kompyuter o’yinlari-manqurtlik vositasi




Download 39,47 Kb.
bet2/7
Sana27.01.2024
Hajmi39,47 Kb.
#147105
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kompyuter o’yinlari-manqurtlik vositasi

Ko‘rinib turibdiki, o‘smirlik davrida tarbiyaga jiddiy yondashmaslik, farzandning xatti-haraktlariga nisbatan befarqlik natijasida ko‘pchilik hollarda farzandni qo‘ldan chiqarish mumkin. Zero, «o‘yinbozlik»ning oqibati yoki turli informatsion o‘yinlarga mukkasidan ketish natijasida nafaqat mutaassiblik, balki turli xil kasalliklarning kelib chiqishi ham kuzatilyapti. Ya’ni internet o‘yinlariga ishqibozlik oqibatida miya faoliyati bilan bog‘liq insult, ludomaniya, ruhiy kasalliklar, aksariyat hollarda yuragi yorilib o‘lish kabi salbiy oqibatlar ko‘zga tashlanyapti. Bu esa rivojlanib borayotgan davlatimiz uchun eng katta tahdidlardan biri hisoblanadi.

Demak, tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil qilish, farzand tarbiyasini doimiy nazorat qilish g‘oyat muhim. Farzandga internetni butunlay cheklash mumkin emas.

Ta’qiqlangan narsaga nisbatan bolada qiziqishning kuchayishi tabiiy. Turli xil kompyuter o‘yini, ya’ni «aksion», «strategiya» yoki «shuter» kabi bir qator o‘yinlarning qay biri bo‘lishidan qat’iy nazar bolani jazavaga tushish, tajovuzkorlik, ruhiy buzilishlardan asrash uchun internetdan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatish muhim. Boshqacha aytganda, internet global tarmog‘i insoniyat hayotiga qandaydir o‘yinlarni o‘ynab huzurlanish uchun emas, balki ilm-fan taraqqiyotiga xizmat qiladigan ilmiy ma’lumot va axborotlarni olish imkonini yaratish maqsadida kirib kelgan.

Darhaqiqat, bolaning fiziologik va aqliy rivojlanishi bevosita tarbiya jarayoniga bog‘liq. Bu jarayonni ota-onalar mas’uliyat bilan sidqidildan amalga oshirishga majburdirlar. Azaldan farzand tarbiyasida muhim o‘rin egallab kelgan, uning dunyoqarashi shakllanishiga xizmat qiladigan, faoliyat mezonini ezgulikka yo‘naltiradigan milliy o‘yinchoqlar o‘rnini qandaydir odam o‘ldirib huzurlanishga yo‘naltirilgan internet o‘yinlari egallab olishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ma’lumki, o‘sib kelayotgan bola beg‘ubor bo‘lgani bois ro‘parasidagi odamdan yomonlikdan kutmaydi. Xuddi shu tariqa bola uchun qiziqarli bo‘lgan o‘yinlarning salbiy oqibatlarga olib kelishi uning xayoliga ham kelmaydi. Ularni hushyorlikka o‘rgatish, tushuntirish ishlarini olib borish, eng asosiysi, ko‘ziga chiroyli ko‘ringan narsalarga mahliyo bo‘lib ketadigan darajada nodonlik botqog‘iga botmasligining oldini olish ota-ona va pedagoglarning jamiyat oldidagi ajralmas burchidir.


Download 39,47 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 39,47 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Kompyuter o’yinlari-manqurtlik vositasi

Download 39,47 Kb.