|
Mavzu: Kompyuter o’yinlari-manqurtlik vositasi
|
bet | 3/7 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 39,47 Kb. | | #147105 |
Bog'liq Kompyuter o’yinlari-manqurtlik vositasi N. Komilov ta’kidlaganidek: «Odam qanchalik nodon bo‘lsa, u xurofotga, so‘zlar sehriga, shakllarga mahliyo bo‘ladi, rasm-rusumga, aqidalarga shuncha beriluvchan bo‘ladi. Va, aksincha, odamning ma’rifati, bilimi oshgan sari, u ...mazhabparastlikdan, aqidaparastlikdan yuqori ko‘tarilaveradi...».
Barkamol avlod tarbiyasida oila ilk maktab vazifasini o‘taydi. Bolani yoshligidan yolg‘on gapirmaslikka, to‘g‘ri fikrlashga, har bir narsadan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish, Vatanga muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish dastlab oilada amalga oshiriladi. Farzandlarimizni internet boshqarishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Shunday ekan, farzandlarimizni ko‘zlariga chiroyli ko‘ringan narsaning tashqi tomoniga emas, balki mohiyatiga e’tibor berishga o‘rgatish, “o‘yinbozlik” kasaliga duchor bo‘lishdan asrash uchun barchamiz birdek mas’ulmiz.
Internet-bu davr talabidir. Hozirgi kunda internet hayotimizning bir bo‘lagiga aylangan. Internet-bizlar uchun juda ham еngilliklar va qulayliklarga egadir. Uzog‘imizni bizga yaqin qiladi va o‘zimiz uchun kerakli barcha ma’lumotlarni internet orqali izlab topmoqdamiz. Internetdan qanday foydalanish o‘zimizning qo‘limizda. Har bir narsaning o‘ziga yarasha foydasi bo‘lgani kabi, shunga yarasha zarari ham bor. Hozirda internetdan hammaham yaxshi maqsadda foydalanmayapti. Internetdagi vertual video o‘yinlar yoshlariga o‘z ta’sirini o‘tkazyati. Ularning ma’naviy ongiga va ruhiyatiga futur еtkazyapti. Bu vertual o‘yinlarni Amerika tibbiyot uyushmasi videoo‘yinlarga berilib ketishni rasman aqliy zaiflik kasalliklari qatoriga kiritish niyatida. Shifokorlarning fikricha, bu kasallik kuniga ikki soatdan ortiq o‘yin o‘ynaydigan har qanday kishi salomatligiga xavf soladi. Bu internetdan ko‘ngilxushlik izlaydiganlarga ham tegishli. Kompyuter o‘yinlarining keragidan ortiq mashhur bo‘lib, ommalashib ketgani va yoshlarga salbiy ta’siri tibbiyotchilarni ko‘pdan beri tashvishga solib kelayotgan muammolardan biridir. Kompyuter o'yinlari - bu odamning ko'ngil ochishi, bo'sh vaqtlarini o'tkazish uchun mo'ljallangan dasturlar. Kompyuter o'yinlarini o'ynab, odamlar dam olishadi, virtual dunyoga bosh urishadi. Ba'zan bolani faqat kompyuter o'yinlari yordamida tinchlantirish mumkin, ba'zida, hech qanday ish bo'lmaganda, bu zerikish uchun vosita. Biroq, hamma ham kompyuter o'yinlari inson ruhiyatiga qanday ta'sir qilishi haqida o'ylamaydi.
|
| |