|
Mavzu: Kompyuter tarmoqlari bilan ishlash. Reja
|
Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 64 Kb. | | #260540 |
Bog'liq 12-mavzu
Mavzu: Kompyuter tarmoqlari bilan ishlash.
Reja:
Kompyuter tarmoqlari bilan ishlash.
Mijoz va server haqida ma’lumot.
Axborotni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga uzatish muammosi hisoblash texnikasi paydo bо'lgandan beri mavjuddir. Axborotlarni bunday uzatish alohida foydalanilayotgan kompyuterlarni birgalikda ishlashini tashkil qilish, bitta masalani bir necha kompyuter yordamida hal qilish imkoniyatlarini beradi. Bundan tashqari har bir kompyuterni ma‘lum bir vazifani bajarishga ixtisoslashtirish va kompyuterlarning resurslaridan birgalikda foydalanish, hamda kо'pgina boshqa muammolarni ham hal qilish mumkin bо'ladi.
Oxirgi vaqtda axborotlarni almashish usullari va vositalarini kо'p turlari taklif qilinmoqda: eng oddiyi fayllarni disklar yordamida kompyuterdan kompyuterga о'tkazishdan tortib, to butun dunyo kompyuterlarini birlashtira olish imkoniyatini beradigan Internet tarmog'igacha.
Kо'pincha ―mahalliy tarmoqla (lokalniye seti, LAN, Local Area Network) atamasini aynan, katta bо'lmagan, mahalliy о'lchamli, yaqin joylashgan kompyuterlar ulangan tarmoq, ya‘ni, mahalliy tarmoq deb tushiniladi. Lekin ba‘zi mahalliy tarmoqlarning texnik kо'rsatgichlariga nazar solsak, bunday atama aniq emasligiga ishonch hosil qilish mumkin.
Misol uchun, ba‘zi bir lokal tarmoqlar bir necha kilometr yoki bir necha о'n kilometr masofadan oson aloqani ta‘minlay olish imkonini beradi. Bu hol esa, bir xonaning, bir binoning yoki bir-biriga yaqin joylashgan binolarninggina emas, balki bir shaxar doirasidagi о'lchamdir. Boshqa bir tomondan olib qaraganimizda global tarmoq orqali (WAN, Wide Area Network yoki GAN, Global Area Network) bir xonada joylashgan ikki yonma-yon stoldagi kompyuterlar ham axborot almashinuvini amalga oshirishi mumkin, lekin negadir bunday tashkil qilingan tarmoqni hech kim mahalliy tarmoq deb atamaydi. Ikkita yaqin joylashgan kompyuterlarni interfeys orqali (RS232, Centronics) kabel yordamida bog'lash mumkin, yoki hatto kabelsiz infraqizil kanal yordamida ham kompyuterlarni bog'lash mumkin. Lekin bunday bog'lanish ham mahalliy tarmoq deb atalmaydi.
Balki, mahalliy tarmoq ta‘rifi xuddi kichik tarmoq kabi bо'lib, kо'p bо'lmagan kompyuterlarni bog'lashdir. Haqiqatdan, mahalliy tarmoq kо'p hollarda ikkitadan to bir necha о'nlab kompyuterlarni о'z tarkibiga oladi. Lekin, ba‘zi bir mahalliy tarmoqlarning cheklangan imkoniyatlari ancha yuqori bо'lib, abonentlarning soni mingtagacha yetishi mumkin. Bunday tarmoqni kichik tarmoq deb atash balki notо'g'ridir.
Ba‘zi mualliflar mahalliy tarmoqni «kо'p kompyuterlarni uzviy bog'lovchi tizim» deb taʻriflashadi. Bu holda axborot kompyuterlardan kompyuterlarga vositachisiz va bir turdagi uzatish muhiti orqali amalga oshiriladi deb faraz qilinadi. Biroq hozirgi zamon mahalliy tarmoqlarida bir turdagi uzatish muhiti haqida gap yuritib bо'lmaydi. Misol uchun, bir tarmoq doirasida har turdagi elektr kabellari va shuningdek shisha tolali kabellar ham ishlatilishi mumkin. Axborot uzatishni «vositachisiz» ta‘rifi ham juda aniq emas, chunki hozirgi zamon mahalliy tarmoqlarida turli konsentrator, kommutator, yо'naltirgichlar marshrutizatori) va kо'priklardan (mosti) foydalaniladi. Axborotlarni uzatish jarayonida uzatilayotgan axborotlarga murakkab ishlov beruvchi bu vositalarni vositachi deb qabul qilinadimi yoki yо'qmi?, unchalik tushunarli emas.
Balki, foydalanuvchilar aloqa mavjudligini his qilmaydigan tarmoqni mahalliy tarmoq deb qabul qilinishi aniq bо'lar. Mahalliy tarmoqqa ulangan kompyuterlar bir virtual kompyuter kabidir, ularning resurslari hamma foydalanuvchilar uchun bemalol bо'lishi kerak bо'lib, alohida olingan kompyuter resurslaridan foydalanishdan kam qulay bо'lmasligi lozim. Bu holda qulaylik deb birinchi navbatda aniq yuqori tezlikda resurslarga ega bо'lish, ilovalar orasidagi axborot almashinuvini foydalanuvchi sezmagan holda amalga oshirilishidir.
Bunday ta‘rifda sekin ishlovchi global tarmoq ham, keskin amalga oshiriladigan ketma-ket yoki parallel portlar ham mahalliy tarmoq tushunchasiga tо'g'ri kelmaydi. Bunday ta‘rifdan kelib chiqadiki, keng tarqalgan kompyuterlarning tezligi oshishi bilan, mahalliy tarmoq orqali uzatiladigan axborot tezligi ham albatta oshishi kerak. Agar yaqin о'tmishda axborot almashinish tezligi 1 – 10 Mbit/s yetarli deb hisoblangan bо'lsa, hozirda esa о'rtacha tezlikdagi tarmoq 100 Mbit/s tezlikda axborot uzata oluvchi tarmoq hisoblanadi. 1000 Mbit/s va undan ham ortiq tezlikda axborot uzata oluvchi vositalar ustida ham aktiv ish olib borilmoqda. Kam tezlikda aloqa о'rnatish esa tarmoq shaklida ulangan virtual kompyuterning ishlash tezligini pasaytiradi.
Shunday qilib, mahalliy tarmoqlarni boshqa har qanday tarmoqdan asosiy farqi – yuqori tezlikda axborot almashinuvidir. Lekin bu birgina farq bо'lib qolmay, boshqa omillar ham muhim ahamiyatga ega.
Masalan, axborotlarni uzatishda xatolikni keskin kamaytirish lozim. Juda tez, lekin xato axborot uzatish bema‘nilikdir, chunki uni yana qaytadan uzatish kerak bо'ladi va shuning uchun mahalliy tarmoqlarda albatta maxsus yuqori sifatli aloqa vositalaridan foydalaniladi.
Yana tarmoqning asosiy texnik kо'rsatgichlaridan biri katta yuklamada ishlash imkoniyatidir, ya‘ni axborot almashish tezligi (yana boshqacha qilib aytganda, katta trafik bilan). Tarmoqda qо'llanilayotgan axborot almashinuvini boshqaruvchi mexanizm unumli bо'lmasa, u holda kompyuterlar axborot uzatish uchun kо'p vaqt navbat kutib qolishi mumkin. Navbat kelganidan sо'ng katta tezlikda va bexato axborot uzatilsa ham, tarmoqdan foydalanuvchiga baribir tarmoq resurslaridan foydalanish uchun maʻlum vaqt kutishga tо'g'ri keladi.
Har qanday axborot uzatishni boshqarish mexanizmi kafolatlangan ravishda ishlashi uchun, oldindan tarmoqqa ulanishi mumkin bо'lgan kompyuterlar, axborotlar soni ma‘lum bо'lishi kerak. Rejalashtirilganidan kо'p kompyuterlarni tarmoqqa ulanishi, yuklamaning oshishiga olib kelishi natijasida har qanday mexanizm ham axborotlarni uzatishga ulgira olmay qolishi tabiiydir. Nihoyatda, tarmoq deb bu sо'zning tub ma‘nosi kabi, shunday axborot uzatish tizimini tushunish kerakki, u mahalliy bir-necha о'nlab kompyuterlarni birlashtirgan bо'lishi lozim.
Shunday qilib, mahalliy hisoblash tarmoqlarning (MHT) farq qiluvchi belgilarini shakllantirish mumkin bо'ladi:
axborotni katta tezlikda uzatish va yuqori tezlikda о'tkazish imkoniyati mavjud bо'lishi;
uzatish davrida xatolikning darajasi kamligi (yuqori sifatli aloqa kanallar). Axborotlarni uzatishda mumkin bо'lgan xatolik ehtimoli 10-7 – 10-8 darajada bо'lishi;
axborot uzatishning unumli va tez amalga oshiruvchi mexanizmi bо'lishi;
tarmoqqa ulangan kompyuterlar soni chegaralangan va aniq bо'lishi kerak.
Berilgan tarifdan kelib chiqadiki; global tarmoq mahalliy tarmoqdan quyidagilar bilan farq qiladi: cheklanmagan abonentga mо'ljallangan va sifatli bо'lmagan kanallardan ham foydalaniladi; axborot uzatish tezligi nisbatan kam, axborot almashish mexanizmi ham nisbatan tezlik bо'yicha kafolatlanmagandir. Global tarmoqlarda eng muhimi aloqa sifati emas, balki aloqaning mavjudligidir.
Kо'pincha kompyuter tarmoqlarining yana bir turi - shaxar tarmog'i (MAN, Metropolitan Area Network) mavjudligini qayd qilishadi, odatda ular global tarmoqlarga yaqin bо'lib, ba‘zida mahalliy tarmoqlarning ba‘zi xususiyatlariga ham ega bо'ladilar. Masalan, yuqori sifatli aloqa kanallari va nisbatan yuqori tezlikdagi axborot almashinuvi bilan о'xshashdir. Bu xususiyat shaxar tarmog'i ham mahalliy tarmoq (MXT afzalliklari bilan) bо'lishi mumkin ekanligini kо'rsatadi.
Haqiqatdan, hozirda mahalliy tarmoq bilan global tarmoqning aniq chegarasini о'tkazish mumkin bо'lmay qoldi. Kо'pchilik mahalliy tarmoqlarda global tarmoqqa chiqish imkoniyati bor, lekin axborotni uzatish, axborot almashinuvini tashkil qilish prinsipi, odatda global tarmoqda qabul qilingandan ancha farq qiladi. Mahalliy tarmoqdan foydalanuvchilar uchun global tarmoqqa ulanish imkoniyati faqatgina bir resursgina bо'lib qoladi xolos.
Mahalliy hisoblash (MHT) tarmoqdan har turdagi raqamli axborot uzatilishi mumkin: axborotlar, tasvirlar, telefon sо'zlashuvlari, elektron xatlar va x. k. Tasvirlarni uzatish masalasi, ayniqsa tо'laqon dinamik tasvirlarni uzatish tarmoqdan yuqori tezlik talab qiladi.
Odatda mahalliy tarmoqda quyidagi resurslardan; disk maydonidan, printerlaridan va global tarmoqqa chiqish imkoniyatlaridan birgalikda foydalaniladi. Lekin bu imkoniyatlar mahalliy tarmoq vositalarining imkoniyatlarini bir qismidir. Masalan, ular har turdagi kompyuterlararo axborot almashinuvini ham amalga oshiradi. Tarmoq abonenti bо'lib faqat kompyuter emas, balki boshqa qurilmalar ham bо'la oladi.
Masalan printerlar, plotterlar. Mahalliy tarmoqlar tarmoqning hamma kompyuterlarida parallel hisoblash sistemasini tashkil qilish imoniyatini beradi. Bunday tizim murakkab matematik masalalarni yechishni kо'p marotaba tezlashtiradi. Shuningdek mahalliy tarmoqlar yordamida murakkab texnologik jarayonlarni ham boshqarish mumkin yoki bir vaqtning о'zida bir necha kompyuter yordamida tadqiqot qurilmalarini ham boshqarish imkonini beradi.
Lekin xotiradan chaqirish kerak emaski, mahalliy hisoblash tarmoqlarning ham ba‘zi kamchiliklari bor. Xodimlarni о'qitishga, qо'shimcha qurilmalarga, tarmoq dasturiy ta‘minotiga, ulash kabellariga qо'shimcha sarflanadigan mablag'dan tashqari tarmoqni rivojlantirish, resurslariga ega bо'lishni boshqarish,bо'lishi mumkin bо'lgan nosozliklarni tuzatish va tarmoqni ishlashini nazorat qiluvchi, ya‘ni tarmoqning boshqaruvchisi ma‘mur (administrator) bо'lishi kerak. Tarmoq kompyuterni joyidan kо'chirilishini chegaralaydi, aks holda ulash uchun kabellar о'tkazish lozim bо'ladi, bundan tashqari, tarmoq viruslarni tarqalishi uchun qulay muhitga egadir, shuning uchun alohida kompyuterlarga qaraganda himoya masalalariga katta eʻtibor berilishi lozim.
Shu mavzu doirasida tarmoq nazariyasining muhim tushunchalaridan bо'lgan server va mijoz tushunchalarini ham kо'rish darkordir.
Server – tarmoq abonenti bо'lib, u о'z resurslarini boshqa abonentlarga foydalanishga berib, lekin о'zi boshqa abonentlar resurslaridan foydalanmaydi, ya‘ni faqat tarmoqqa ishlaydi. Tarmoqda server bir nechta bо'lishi mumkin. Ajratilgan server-bu server faqat tarmoq masalalari uchun xizmat qiladi. Ajratilmagan server tarmoqqa xizmat kо'rsatishdan tashqari boshqa masalalarni ham hal qilishi mumkin.
Mijoz – faqat tarmoq resurslaridan foydalanib, tarmoqqa о'z resurslarini ajratmaydigan tarmoq abonentiga aytiladi, ya‘ni tarmoq unga xizmat qiladi. Kompyuter – mijoz ham kо'pincha ish stansiyasi deyiladi. Odatda har bir kompyuter bir vaqtning о'zida ham mijoz va shuningdek server bо'lishi mumkin. Kо'pincha server va mijozni kompyuterni о'zi deb tushunilmaydi, bu kompyuterda ishlatilayotgan dasturiy ilovalarni tushuniladi. Bu holda tarmoqqa о'z resurslarini berayotgan ilova serverdir, faqat tarmoq resurslaridan foydalanayotgan ilova esa mijozdir.
|
| |