|
Mavzu: Kompyuterni ishga tayyorlash
|
bet | 5/14 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 31,1 Kb. | | #240737 |
Bog'liq drayverlarni urnatishO‘rnatishga tayyorgarlik. Bu holda «toza» qattiq diskka o‘rnatish kompyuterni yuklovchi kompakt-diskdan yuklash bilan boshlanadi (masalan, Windows XPning distributiv kompakt-diski yuklovchi hisoblanadi). Distributiv kompakt-diskda mavjud bo‘lgan Setup dasturi o‘rnatishni boshlash uchun xizmat qiladi. Agar yuklanish kompakt diskdan bajarilsa, bu dastur avtomatik yuklanishi mumkin.
Xuddi shunday holat Windowsning oldingi versiyalaridan birini yangilashda bo‘ladi: CD-ROM jamlagichiga kompakt-diskning qo‘yilishi bilan o‘rnatish dasturi avtomatik ishga tushirish vositasi yordamida yuklanadi.
Agar avtomatik yuklash vositasi o‘chirilgan yoki ishlatish mumkin bo‘lmasa, o‘rnatish dasturini distributiv kompakt diskning o‘zak katalogidan topish va mustaqil ravishda ishga tushirish kerak.
3. Operatsion tizimni qattiq diskdan o‘rnatish
Ko‘p foydalanuvchilar operatsion tizimni o‘rnatishning o‘ziga xos usullarini afzal ko‘radilar. Ular dastlab distributive kompakt-diskning tarkibidagi barcha ma’lumotlarni qattiq diskga nusxa ko‘chiradilar. So‘ngra ular o‘rnatishni kompakt diskdan emas, balki qattiq diskka ko‘chirilgan nusxadan bajaradilar.
O‘rnatishning bunday usuli muhim xususiyatlarga ega. Nusxa olish jarayonida axborot tashuvchining o‘qish xususiyati avtomatik tarzda tekshiriladi. Agar ma’lumotlar
qattiq diskka muvaffaqiyatli ko‘chirilgan bo‘lsa, ularning keyingi o‘qilishiga ishonch hosil qilish mumkin. Agar ba’zi bir sabablarga ko‘ra distributiv axborot tashuvchi barqaror ishlab
chiqarilmasa, bu holat juda muhimdir.
Qattiq diskdan o‘rnatish CD-ROM jamlagichdan o‘rnatishga nisbatan ancha tez bo‘ladi. Agar keyinchalik distributiv kompak tdiskdan o‘rnatishga zaruriyat tug‘ilsa, har doim qattiq diskdagi nusxasidan foydalanish mumkin bo‘ladi. Bu drayverlarni o‘rnatish, operatsion tizimning komponentlarini qo‘shish yoki olib tashlash, muhim bo‘lgan sozlash kalitlarini almashtirish jarayonini osonlashtiradi. Agar tizimning dastlabki yuklanishi tizimli yumshoq diskdan bajarilgan bo‘lsa, operatsion tizim o‘rnatilgandan so‘ng CDROM jamlagichining harfli belgilanishi o‘zgaradi. Shuning uchun distributiv kompakt-diskka keyingi murojaat qilinganda har doim manbaning qaerda joylashganiga aniqlik kiritish kerak bo‘ladi.
Qattiq diskdan o‘rnatilganda bunday muammolar kelib chiqmaydi. Windows tizimining oxirgi versiyalarida o‘rnatish dasturining o‘zi o‘rnatilishi kerak bo‘lgan fayllarning nusxasini qattiq diskka ko‘chiradi. O‘rnatishning boshlanishi. Operatsion tizimni o‘rnatishni bajaruvchi Setup dasturi ishga tushgandan keyin, kompyuterning minimal talablarga muvofiqligi tekshiriladi. Qattiq disk hajmining bo‘sh joyi jiddiy ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib qoladi. Agar disk to‘lib qolsa va bo‘sh joy yetmasa, o‘rnatish dasturi ishini to‘xtatadi.
Dasturni o‘rnatish uchun diskdagi bo‘sh joy hajmi minimal talab qilingan hajmdan ikki barobar ko‘p bo‘lishi tavsiya etiladi, chunki o‘rnatish dasturi ish jarayonida juda ko‘p vaqtinchalik va oraliq fayllarni yaratadi.
Windows 2000/XP operatsion tizimlari oilasini o‘rnatishdan oldin fayllar tizimini tanlash kerak. Windows 2000/XP operatsion tizimi asosiy fayl tizimi sifatida NTFS ni qaraydi va shuning uchun FAT32 fayl tizimini NTFSga aylantirish to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rnatish jarayonida bajarilishi mumkin.
Tizimni o‘rnatish dasturi qattiq diskning mantiqiy strukturalarini tekshirishni bajaradi va jiddiy xatoliklar bo‘lganda o‘z ishini to‘xtatadi. Oxirgi tayyorgarlik operatsiyasi tugagandan keyin o‘rnatish ustasi ishga tushiriladi. Xususan keyingi barcha operatsiyalarni sichqoncha yordamida bajarish mumkin.
|
| |