|
Mavzu: Kompyuterni ishga tayyorlash
|
bet | 6/14 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 31,1 Kb. | | #240737 |
Bog'liq drayverlarni urnatishKatalogni tanlash. Keyingi muhim qadamlardan biri – bu o‘rnatish dasturi operatsion tizim fayllarini qaysi katalogga joylashtirishini tanlashdir. Operatsion tizimning oldingi versiyasini yangilash sifatida bajarilgan o‘rnatishda yangi operatsion tizim oldingi versiya joylashgan katalogga o‘rnatiladi. Agar operatsion tizim «toza» diskka o‘rnatilsa, o‘rnatish dasturi ikkita variantni taklif qiladi: standart katalogga o‘rnatish (C:\Windows) yoki boshqa yerga o‘rnatish. Standart katalogdan foydalanish afzalroq, chunki ba’zida boshqa katalogga o‘rnatish vaqtida ishonchli hal qilib bo‘lmaydigan g‘alati muammolarga duch kelinadi. Windows 2000/XP operatsion tizimlari ko‘p tizimli muhitda qo‘llanilishi mumkin va avval yaratilgan tizimlar bilan parallel o‘rnatish imkoni bor. Bu usuldagi o‘rnatishdan keyin operatsion tizimni tanlash dastlabki yuklanish boshlanganda ochiladigan maxsus menyudan bajariladi. Ko‘p tizimli kompyuterni yaratishdan oldin yangi operatsion tizimni o‘rnatish uchun boshqa katalogni tanlash kerak, aks holda yuklanuvchi tizimni tanlash imkoni yo‘qoladi.
O‘rnatish variantini tanlash. Keyingi qadam – o‘rnatish variantini tanlashdan iborat. Agar Windows 98/Me operatsion tizimi o‘rnatilayotganda qattiq diskda nisbatan avval yaratilgan operatsion tizim mavjud bo‘lsa, o‘rnatish dasturi avtomatik tarzda yangilash ish tartibiga o‘tadi. Bunday vaziyatda
o‘rnatish ish tartibi shunday tanlanadiki,
unda operatsion tizim
komponentlarining joriy to‘plami saqlanadi.
Windows 2000/XP operatsion tizimini o‘rnatish jarayoni bir
necha farqlarga ega. Ulardan eng muhimi, ikkilangan yuklamali
tizimni tashkil
qilib, yangi operatsion tizimning eski operatsion
tizim bilan birga parallel ishlash imkonining mavjudligidir.
Shuning uchun foydalanuvchi
yuklanishning boshlang‘ich
bosqichida eski tizimni yangilashni
yoki yangi tizimni
o‘rnatishni tanlashi mumkin. Eski tizimni yangilashning maqsadi
– mavjud bo‘lgan dasturni, ma’lumotlarni va sozlashlarni
saqlab qolishdir. Operatsion tizim ishlab turganda yangi tizimni
o‘rnatishdan foydalanish esa ikkilangan yuklamali tizimni tashkil
qilish uchun qo‘llaniladi.
Windows XP ni o‘rnatish dasturi moslashuvchanlikka qat’iy
talablarni ko‘rsatadi. Eski tizimni yangilash imkonini hamma
konfiguratsiyalarga ham taqdim qilavermaydi.
Keyingi bosqich har qanday o‘rnatilayotgan tizim uchun
fayllarni nusxa ko‘chirishdan iborat. Nusxa ko‘chirish
foydalanuvchining aralashuvisiz, avtomatik tarzda bajariladi.
Bu bosqich 15–20 minut davom etab, kompyuterning avtomatik
qayta yuklanishi bilan tugaydi. Kompyuter qayta yuklanganidan
keyin yangi operatsion tizim ilk marotaba ishlashni boshlaydi.
Kompyuter bir marta qayta yuklangandan so‘ng yangi tizim
o‘rnatilgan, ammo konfiguratsiyalanmagan bo‘ladi. U o‘zini-o‘zi
sozlaydi va kompyuterning apparat komponentlariga bog‘liqlikni
bajaradi. Drayverlarni o‘rnatish, Bosh menyuni (Главное меню)
shakllantirish va shunga o‘xshash operatsiyalarni bajarishni
amalga oshiradi. Bu bosqich bajarilish vaqtida kompyuter bir
necha marta qayta yuklanadi. Natijada foydalanuvchi operatsion
tizimning ishlashi uchun «yangi» Ishchi stolga ega bo‘ladi.
162
|
| |