• Drayverni almashtirish.
  • Dasturlarni o‘rnatish va o‘chirish ( Установка и удаление программ )
  • O‘chirish ( Удалить ) tugmasini bosish kerak. 3. Yangi qurilma uchun yangi drayverni o‘rnatish. Drayverlarni o‘rnatishning to‘g‘riligini tekshirish.
  • Mavzu: Kompyuterni ishga tayyorlash




    Download 43.15 Kb.
    bet9/14
    Sana08.09.2022
    Hajmi43.15 Kb.
    #25691
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    Mavzu Kompyuterni ishga tayyorlash
    Excel2010, pedagogik-kompetentlik-talim-zharayoni-rivozhlanishining-mu-im-omili-sifatida (1), 2-Mavzu Kasbiy faoliyat motivasiyasi (1), Operatsion tizimlar 2-amaliy ish, Sayt yaratishning asosiy bosqichlari, Elektr-olchash-asboblari
    O‘rnatilgan jihozlar (Установленное оборудование) muloqat
    oynasidan yangi qurilmani Qo‘shish (Добавление ново-
    го устройства) bandini tanlash kerak. So‘ngra usta chuqur
    qidiruvni boshlaydi.
    Drayverni almashtirish. Drayverni almashtirishga bo‘lgan
    ehtiyoj kompyuterni yangilaganda yoki eskirgan apparat komponentini
    vazifasi bir xil bo‘lgan, yangi drayverni o‘rnatishni
    talab qiladigan nisbatan
    zamonaviy qurilmaga almashtirganda
    vujudga keladi. Bajariladigan
    harakatlarning optimal ketmaketligi
    quyidagicha bo‘ladi:
    1. Yangi qurilma uchun operatsion tizimning standart drayverini
    o‘rnatish.
    2. Ilgari o‘rnatilgan drayverni o‘chirish. Buni bir necha
    joyda amalga oshirish kerak. Avval ushbu drayverni Dasturlarni
    o‘rnatish va o‘chirish (Установка и удаление программ)
    muloqat oynasining dasturlar ro‘yxatida qayd qilinganini
    165
    tekshirish kerak. Agar qayd qilingan bo‘lsa, uni o‘chirish uchun
    standart vositalardan foydalanish lozim. Keyingi qadamda
    kompyuterda o‘rnatilgan qurilmalar ro‘yxatidan bu qurilmaning
    nomi yo‘qligini tekshirishdan iborat. Agar qurilma nomi bor
    bo‘lsa, uni sichqoncha yordamida tanlab, O‘chirish (Удалить)
    tugmasini bosish kerak.
    3. Yangi qurilma uchun yangi drayverni o‘rnatish.
    Drayverlarni o‘rnatishning to‘g‘riligini tekshirish. Bunday
    tekshiruvning eng sodda usuli eksperimentdan iborat. Agar
    qurilma ravon ishlayotgan bo‘lsa, demak, drayverni o‘rnatish
    muvaffaqiyatli o‘tgan. Agar qurilma ishlamayotgan yoki noto‘g‘ri
    ishlayotgan bo‘lsa, uning quyida keltirilgan sabablarini topish
    kerak:
    1. Tashqi qurilmalarni to‘g‘ri va ishonchli o‘rnatish uchun
    qurilmalar yoqilgan bo‘lishi kerak. Kompyuter o‘chirilgan
    tashqi qurilmalarni topa olmaydi, shunga muvofiq talab qilingan
    drayverni tanlab o‘rnata olmaydi.
    2. Ba’zan o‘rnatishdan voz kechishga yoki operatsion tizim
    tomonidan
    avtomatik tarzda topilgan qurilmani o‘rnatishni
    to‘xtatishga to‘g‘ri keladi. Bunday vaziyatda operatsion tizimda
    tugatilmagan o‘rnatish jarayonining izlari qayd qilingan bo‘ladi,
    buning natijasida mos keluvchi qurilmaning drayverini to‘laqonlik
    bilan o‘rnatish va me’yorida ishlashiga halaqit beradi.

    Download 43.15 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 43.15 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kompyuterni ishga tayyorlash

    Download 43.15 Kb.