• Standart Plug and Play.
  • Windowsning standart drayverlari.
  • Drayverlarni o‘rnatish va apparat komponentlarining




    Download 43.15 Kb.
    bet7/14
    Sana08.09.2022
    Hajmi43.15 Kb.
    #25691
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
    Bog'liq
    Mavzu Kompyuterni ishga tayyorlash
    Excel2010, pedagogik-kompetentlik-talim-zharayoni-rivozhlanishining-mu-im-omili-sifatida (1), 2-Mavzu Kasbiy faoliyat motivasiyasi (1), Operatsion tizimlar 2-amaliy ish, Sayt yaratishning asosiy bosqichlari, Elektr-olchash-asboblari
    9.4. Drayverlarni o‘rnatish va apparat komponentlarining
    ishlash xususiyatini tekshirish
    Windows operatsion tizimining boshqaruvi ostida kompyuterning
    apparat komponentlarining ravon ishlashi uchun uni
    o‘rnatishning o‘zi kifoya emas. Ular ham xuddi shunday mos
    keluvchi drayverni o‘rnatish va sozlashning tarkibida bo‘lgan
    mantiqiy «ro‘yxatdan o‘tish»lari kerak.
    Drayver – bu operatsion tizim bilan qurilmalarning o‘zaro
    aloqasi uchun qo‘llaniladigan dasturiy vositachidir. Agar qurilma
    Windows tizimiga ulangan va mos keluvchi drayver bilan
    ta’minlangan
    bo‘lsa, bu qurilmaga har qanday ilova bemalol
    murojaat qila oladi. Bundan tashqari, yangi qurilma va unga mos
    bo‘lgan drayver o‘rnatilganda, ular operatsion tizimning hamma
    ilovalari uchun bu qurilmadan foydalanishni ta’minlaydi.
    Operatsion tizim drayversiz qurilmadan foydalana olmaydi,
    chunki operatsion tizim uchun u mavjud emas. Shuning
    uchun drayverni o‘rnatish qurilmani ulash uchun eng muhim
    bosqichdir. Avvalo, mos keluvchi drayverni topish, keyin esa uni
    o‘rnatish va sozlash kerak.
    Qurilma tomonidan foydalaniladigan apparat konfiguratsiyalari
    elementlari bilan bir qatorda Windows operatsion tizimi
    resurs terminidan foydalanadi. Windows tarkibida to‘rt xil
    resurs mavjud:
    –– kiritish-chiqarish portlari (I/O);
    –– uzilishlar liniyalari (IRQ);
    –– qayd qilingan manzilli tezkor xotira hududi;
    –– xotiraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish kanallari (DMA).
    Standart Plug and Play. Bu standart dasturiy vositalar
    yordamida
    resurslardan foydalanishni nazorat qilish imkonini
    beradi. Plug and Play standarti barcha zamonaviy qurilmalar
    tomonidan quvvatlanadi. Plug and Play mexanizmi operatsion
    tizimga drayverlarni
    ziddiyatsiz sozlashni avtomatik tarzda
    bajarish imkonini beradi.
    163
    Windowsning standart drayverlari. Windows oilasiga
    mansub bo‘lgan barcha operatsion tizimlar mavjud bo‘lgan
    qurilmalar uchun ichki ma’lumotlar omboridan olingan
    «joylashtirilgan» drayverlarni o‘rnatadi. Windows ma’lumotlar
    ombori tarkibida har qanday qurilmalar uchun standart drayverlar
    to‘plami mavjuddir va har bir ishlab chiqarilgan yangi versiyasida
    qurilmalarning yangi drayverlari bilan doimiy ravishda to‘ldirilib
    boriladi. Microsoft korporatsiyasi vaqt-vaqti bilan yangi
    qurilmalar qo‘shilgan drayverlarning kengaytirilgan
    omborini
    ishlab chiqaradi. Afsuski, standart to‘plam har doim eskirib
    qolgan drayverlarni ham saqlaydi va eng yangi qurilmalarni
    quvvatlamaydi. Bundan tashqari, qurilmalarning faqat asosiy
    funksiyalarini quvvatlash hollari ham ma’lum (masalan, ba’zi bir
    videokartalarning drayverlari 3D-tezlatkichning mavjudligini e’tiborga
    olmaydi). Ko‘pincha boshqa manbalarning drayverlaridan
    foydalanish maqsadga muvofiqdir.

    Download 43.15 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




    Download 43.15 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Drayverlarni o‘rnatish va apparat komponentlarining

    Download 43.15 Kb.