|
Drayverlarni o‘rnatish va apparat komponentlarining ishlash xususiyatini tekshirish
|
Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 30,01 Kb. | | #114523 |
Bog'liq Drayverlarni o
Drayverlarni o‘rnatish va apparat komponentlarining ishlash xususiyatini tekshirish
Windows operatsion tizimining boshqaruvi ostida kompyuterning
apparat komponentlarining ravon ishlashi uchun uni o‘rnatishning o‘zi kifoya emas. Ular ham xuddi shunday mos keluvchi drayverni o‘rnatish va sozlashning tarkibida bo‘lgan mantiqiy «ro‘yxatdan o‘tish»lari kerak.
Drayver – bu operatsion tizim bilan qurilmalarning o‘zaro
aloqasi uchun qo‘llaniladigan dasturiy vositachidir. Agar qurilma
Windows tizimiga ulangan va mos keluvchi drayver bilan
ta’minlangan bo‘lsa, bu qurilmaga har qanday ilova bemalol
murojaat qila oladi. Bundan tashqari, yangi qurilma va unga mos bo‘lgan drayver o‘rnatilganda, ular operatsion tizimning hamma ilovalari uchun bu qurilmadan foydalanishni ta’minlaydi. Operatsion tizim drayversiz qurilmadan foydalana olmaydi, chunki operatsion tizim uchun u mavjud emas. Shuning
uchun drayverni o‘rnatish qurilmani ulash uchun eng muhim
bosqichdir. Avvalo, mos keluvchi drayverni topish, keyin esa uni
o‘rnatish va sozlash kerak. Qurilma tomonidan foydalaniladigan apparat konfiguratsiyalari elementlari bilan bir qatorda Windows operatsion tizimi
resurs terminidan foydalanadi. Windows tarkibida to‘rt xil
resurs mavjud:
–– kiritish-chiqarish portlari (I/O);
–– uzilishlar liniyalari (IRQ);
–– qayd qilingan manzilli tezkor xotira hududi;
–– xotiraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish kanallari (DMA).
Standart Plug and Play. Bu standart dasturiy vositalar
yordamida resurslardan foydalanishni nazorat qilish imkonini
beradi. Plug and Play standarti barcha zamonaviy qurilmalar
tomonidan quvvatlanadi. Plug and Play mexanizmi operatsion
tizimga drayverlarni ziddiyatsiz sozlashni avtomatik tarzda
bajarish imkonini beradi.
Windowsning standart drayverlari. Windows oilasiga
mansub bo‘lgan barcha operatsion tizimlar mavjud bo‘lganqurilmalar uchun ichki ma’lumotlar omboridan olingan «joylashtirilgan» drayverlarni o‘rnatadi. Windows ma’lumotlar ombori tarkibida har qanday qurilmalar uchun standart drayverlar
to‘plami mavjuddir va har bir ishlab chiqarilgan yangi versiyasida qurilmalarning yangi drayverlari bilan doimiy ravishda to‘ldirilib boriladi. Microsoft korporatsiyasi vaqt-vaqti bilan yangi qurilmalar qo‘shilgan drayverlarning kengaytirilgan omborini ishlab chiqaradi. Afsuski, standart to‘plam har doim eskirib qolgan drayverlarni ham saqlaydi va eng yangi qurilmalarni quvvatlamaydi. Bundan tashqari, qurilmalarning faqat asosiy funksiyalarini quvvatlash hollari ham ma’lum (masalan, ba’zi bir videokartalarning drayverlari 3D-tezlatkichning mavjudligini e’tiborga olmaydi). Ko‘pincha boshqa manbalarning drayverlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

| |