• 3. «Chiqindi»lar to‘planishi.
  • Operatsion tizimni o‘rnatish usullari.
  • Mavjud bo‘lgan Windows operatsion tizimi ustidan o‘rnatish.
  • Operatsion tizimni xuddi shu versiyasi ustiga o‘rnatish.
  • Kompyuterning «osilib» qolishi




    Download 43.15 Kb.
    bet4/14
    Sana08.09.2022
    Hajmi43.15 Kb.
    #25691
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    Mavzu Kompyuterni ishga tayyorlash
    Excel2010, pedagogik-kompetentlik-talim-zharayoni-rivozhlanishining-mu-im-omili-sifatida (1), 2-Mavzu Kasbiy faoliyat motivasiyasi (1), Operatsion tizimlar 2-amaliy ish, Sayt yaratishning asosiy bosqichlari, Elektr-olchash-asboblari
    2. Kompyuterning «osilib» qolishi. Windows operatsion tizimini mutlaqo ishonchli deb bo‘lmaydi. U foydalanuvchining qo‘pol xatosi yoki buzg‘unchi dasturlarning (kompyuter viruslari) ta’siri natijasida tiklab bo‘lmaydigan holatda ishdan chiqishi mumkin. Uning ish faoliyatini qayta tiklash uchun tizimni qaytadan o‘rnatish talab etiladi.
    3. «Chiqindi»lar to‘planishi. Ishlash jarayonida Windows operatsion tizimida uni samarali ishlashini pasaytiradigan «chiqindi » to‘planib boradi. Bundan qutilishning yagona usuli operatsion tizim o‘rnatilgan diskni «tozalash» va tizimni qayta o‘rnatishdan iborat.
    Windows tizimidan o‘rtacha foydalanish muddati – tizimni keying qayta o‘rnatishgacha bo‘lgan vaqt taxminan bir yilni tashkil qiladi. Shuning uchun operatsion tizimni o‘rnatish yoki qayta o‘rnatishni bilish barcha foydalanuvchilar uchun kerak bo‘ladi.
    Operatsion tizimni o‘rnatish usullari. Yangi kompyuterga operatsion tizimni «toza» qattiq diskka o‘rnatiladi. Quyida operatsion tizimni o‘rnatishning umumiylashtirilgan usullari keltirilgan. «Toza» qattiq diskka o‘rnatish. Bu usuldan yangi kompyuterga o‘rnatish uchun yoki oldin to‘plangan ma’lumotlarni yo‘qotish bilan tizimni qaytadan o‘rnatish uchun foydalaniladi. Bu operatsiyani bajarishda yuklovchi disk talab etiladi.
    Mavjud bo‘lgan Windows operatsion tizimi ustidan o‘rnatish. Bu turdagi o‘rnatish mavjud bo‘lgan ilovalarning ishlash xususiyatini saqlab qolish bilan tizimning yangilanishini ifodalaydi. Bu kompyuterni «tozalash» nomaqbul yoki sermashaqqat jarayon bo‘lganda optimal variant bo‘lib hisoblanadi. Bugungi kunda Windows oilasiga ko‘plab operatsion tizim va ularning turlari kiradi. Shu sababli tizimni bunday o‘rnatish har doim ham mumkin emas. Ba’zida bunday o‘rnatishni bajarish uchun qo‘shimcha shartlarga rioya qilish talab qilinadi.
    Operatsion tizimni xuddi shu versiyasi ustiga o‘rnatish. Bu usul qiyin topiladigan xatolarni to‘g‘rilash va ishlash barqarorligini oshirish uchun xizmat qiladi. Bunday o‘rnatish
    davomida tizimli fayllarni va operatsion tizimning ichki aloqasini qayta tiklash mumkin. Ilovalarning ishlash xususiyati saqlanadi, muammolar yo‘q bo‘ladi. Windows operatsion tizimini o‘rnatish jarayoni har qanday usulda ham deyarli bir xil. Birinchi bosqich – o‘rnatish ustasini (master ustanovki) tayyorlash va ishga tushirish. Bunda foydalanuvchi qatnashmaydi
    va joriy operatsion muhitning doirasida amalga oshiriladi.

    Download 43.15 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 43.15 Kb.