Mavzu: koordinatsion birikmalarning sinflanishi va nomenklaturasi




Download 424,28 Kb.
bet2/6
Sana18.05.2024
Hajmi424,28 Kb.
#243148
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-MA’RUZA

KOMPLEKS BIRIKMALARNI NOMLASH
Kompleks birikmalarda tuzlarga o‘xshash dastlab kation so‘ngra anion nomlanadi. Dastlab manfiy zaryadli ligandalarning soni (grekchasiga di (2) , tri (3) , tetra (4) , penta (5) , geksa (6) nomlanadi so‘ngra neytral ligandlar o‘qiladi. Manfiy zaryadli ligandlar oxiriga „O“ qo‘shimchasi qo‘shiladi (Cl- —xloro, Br- — bromo, I- yodo,SO42- - sulfato, S2O32- tiosulfato, OH-— gidrokso) . Neytral li­gand­lar: suv — akva, ammiak—ammin deb o‘qiladi.
Kompleks birikmalar kompleks ion zaryadiga qarab kation, anion va neytral kompleks birikmalariga bo‘linadi.
Kation kompleks birikmalarni nomlashda dastlab ligandlar soni va nomi o‘qilib, so‘ngra kompleks hosil qiluvchining o‘zbekcha nomi o‘qiladi va qavs ichida uning oksidlanish darajasi ko‘rsatiladi. Oxirida tashqi soha anionlari o‘qiladi.
Masalan, [Cu(NH3)4]SO4 — tetra­amminmis(II)sulfat; [Pt(NH3)5Cl]Cl3 — xloropen­taammin­platina(IV) xlorid; [Co(NH3)5Br]SO4 — bromopentaammin-kobalt (III) sulfat.
Markaziy atom o‘zgarmas oksidlanish darajasiga ega bo‘lsa, (Ag, Al, Zn) uning oksidlanish darajasini ko‘rsatmasa ham bo‘ladi.
[Ag (NH3)2]NO3— diamminkumush nitrat;
[Al(H2O)6]Cl3— geksaakvaalyuminiy xlorid.
Anion kompleks birikmalarni nomlashda dastlab tashqi soha kation o‘qilib, so‘ngra ligandlar soni va nomi o‘qiladi. Oxirida kompleks hosil qiluvchining lotincha nomiga —at qo‘shimchasi qo‘shib o‘qiladi va oksidlanish darajasi ko‘rsatiladi. Masalan:
K[Ag (CN)2] — kaliy ditsianoargentat;
K3[Fe(CN)6] — kaliy geksatsianoferrat (III) ;
K4[Fe(CN)6] — kaliy geksatsianoferrat (II) ;
H[CuCl2] — vodorod dixlorokuprat (I) ;
(NH4)2 [Pt (OH)2Cl4] — ammoniy tetraxlorodigidrok­soplatinat (IV)
Ba[Cr (NH3)2(SCN)4]2 — bariy tetrarodanodiam­min­xromat (III) .
Neytral kompleks birikmalarni nomlashda dastlab ligandlar soni va nomi o‘qilib, so‘ngra markaziy atomning o‘zbekcha nomi o‘qiladi, uning oksidlanish darajasi ko‘ra­sa­t­ilmaydi. Masalan:
[Cr(H2O)3PO4] — fosfatotriakvaxrom;
[Cu(NH3)2(SCN2] — dirodanodiamminmis;
[Fe(CO)5] — pentakarboniltemir;
[Pt(NH3)2Cl4] — tetraxlorodiamminplatina.

Download 424,28 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 424,28 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: koordinatsion birikmalarning sinflanishi va nomenklaturasi

Download 424,28 Kb.