KОMPLЕKS BIRIKMАLАRNING BАRQАRОRLIGI




Download 424,28 Kb.
bet4/6
Sana18.05.2024
Hajmi424,28 Kb.
#243148
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-MA’RUZA

KОMPLЕKS BIRIKMАLАRNING BАRQАRОRLIGI
VА KIMYOVIY BОG’LАNISH TАBIАTI
Kоmplеks birikmаlаrning bаrqаrоrligi аnchаginа оmillаrgа bоg’liq bo’lаdi. Bundаy birikmаlаrdа tаshqi vа ichki dоirаlаrining bаrqаrоrligi hаr хil bo’lаdi. Tаshqi dоirаdаgi kоmplеks iоn elеkt­rоstаtik kuchlаr оrqаli bоg’lаnib, suvli eritmаlаrdа оsоn аjrаlа­di. Bundаy pаrchаlаnish birlаmchi dissоsiаsiyalаnish dеyilаdi vа u kuchli elеktrоlitlаr kаbi to’lа rаvishdа o’tаdi. Ichki sfеrаdа bo’lgаn ligаndlаr mаrkаziy аtоm bilаn аnchа kuchli bоg’lаngаn bo’lib, kаm dаrаjаdа аjrаlаdi. Kоmplеks birikmаning ichki sfеrаsidаgi pаrchа­lаnish ikkilаmchi dissоsiаsiyalаnish dеb yuritilаdi.
Kompleks birikmalar eritmalarda ichki va tashqi soha ionlariga to‘la dissotsiyalanadi. Bu jihatdan ular kuchli elektrolitlarga o‘xshash:
K3[Fe (CN) 6] 3 K++[Fe (CN) 6]3-.
O‘z navbatida kompleks ion kuchsiz elektrolitlarga o‘xshab juda oz miqdorda dissotsiyalanadi:
[Fe (CN) 6]3- Fe3+ + 6 CN-.
Bu jarayon qaytar bo‘lib muvozanat qaror topadi. Eritmadagi kompleks hosil qiluvchi va ligandlar konsentratsiyalari ko‘payt­masining, dissotsiyalanmay qolgan kompleks ion konsentrat­siyasiga nisbati beqarorlik konstantasi (K beq) deyiladi.

Beqarorlik konstantasining qiymati qanchalik kichik bo‘lsa, kompleks birikma shunchalik barqaror, ya’ni mustah­kam bo‘ladi. Ba’zi kompleks birikmalarning beqarorlik konstantalari 14- jadvalda berilgan.
Masalan, kumushning kompleks birikmalari ichida eng barqarori
[Ag (CN)2]-, eng beqarori [Ag (NO2) 2]-.
Bir kompleks birikmadan ikkinchi kompleks birik­mani hosil qilish mumkin, faqat hosil bo‘ladigan kompleks birikma dastlabki kompleks birikmadan barqaror bo‘lsa:
[Ag (NH3) 2]Cl + 2 KCN K[Ag (CN) 2] + KCl + 2 NH3.
Muvozanatning qay tarafga siljishini aniqlash uchun ionlarning eritmadagi muvozanat konsentratsiyalarini aniqlash lozim.
Misol. Kadmiy tuzlari eritmasiga ishqor qo‘shilsa, kadmiy gidro­k­sid Cd (OH)2, vodorod-sulfid qo‘shilsa, kadmiy sulfid CdS cho‘kmaga tushadi. Tarkibida 0,1 mol/l KCN bo‘lgan 0,05 M K2[Cd (CN)4] eritmasiga ishqor qo‘shilganda cho‘kma hosil bo‘lmasdan, vodorod sulfid qo‘shilganda kadmiy sulfidning cho‘kmaga tushishi sababini izohlang. Kompleks ionning [Cd (CN) 4]2- beqarorlik konstantasi qiymati 7,8 · 10-18.

Download 424,28 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 424,28 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



KОMPLЕKS BIRIKMАLАRNING BАRQАRОRLIGI

Download 424,28 Kb.