|
Mavzu: koordinatsion birikmalarning sinflanishi va nomenklaturasi
|
bet | 5/6 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 424,28 Kb. | | #243148 |
Bog'liq 1-MA’RUZAYechish: Cd (OH) 2 va CdS cho‘kmalarining hosil bo‘lish shartlari:
[Cd2+][OH-]2 > EK (Cd (OH) 2) = 4,5 · 10-15;
[Cd2+][S2-] > EK (CdS) = 8 · 10-27.
Berilgan sharoitda kompleks birikma eritmasidagi kadmiy ionlari konsentratsiyasini hisoblaymiz:
[Cd (CN) 4]2- Cd2+ + 4 CN-;
Kadmiy gidroksid cho‘kmasi hosil bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan OH- ionlari konsentratsiyasini hisoblaymiz:
Demak, eritmada OH- ionlarining konsentratsiyasi 1 mol/l dan kam bo‘lsa, cho‘kma hosil bo‘lmaydi. Quyidagi reaksiyada muvozanat kompleks ion hosil bo‘lish tarafiga siljigan bo‘ladi:
[Cd (CN) 4]2- + 2 OH- Cd (OH) 2 + 4 CN-.
Kadmiy sulfid cho‘kmasi hosil bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan sulfid ionlari konsentratsiyasini hisoblaymiz:
2 · 10-12 juda kichkina son, demak eritmada ozgina sulfid ionlarining bo‘lishi cho‘kma hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Quyidagi reaksiyada muvozanat cho‘kma hosil bo‘lish tarafiga siljigan bo‘ladi:
[Cd (CN) 4]2- + S2- CdS↓+ 4 CN-.
Savоl va tоpshiriqlar
1. Quyidagi kompleks birikmalarda kompleks hosil qiluvchi ionning valentligi, koordinatsion soni va kompleks ion zaryadini aniqlang.
K2[Cd (CN)4] Na2[Fe(CN)5NO]
Na3[Ag(S2O3)2] [Pt (NH3) 2Cl2]
K[AuCl4] H[Co(CN)4(H2O)2]
[Pt(NH3)5Cl]Cl3 K[Pt(NH3)3Br3]
2. Quyidagi koordinatsion formulalardan hosil bo‘luvchi kompleks birikmalarni yozib, markaziy ionni, ichki va tashqi sohalarni aniqlang:
3 NaF · AlF3; BaF2 · SiF4; 2 Ca(CN)2 · Fe(CN)2
3 NaCl · InCl3; 3 KCN · Fe(CN)3 Cd(OH)2 · 4 NH3
KCN · Co (CN) 3 · 2 H2O.
3. Beqarorlik konstantasi jadvalidan foydalanib, (14-javdval, ilovada berilgan) quyidagi kompleks ionlarning eng beqaror va eng barqarorlarini ajratib yozing.
[Cd (NH3)4]2+; [Cu (CN)4]2-; [Co (NH3)6]2+; [Co (NH3)6]3+;
[Fe (CN)6]3-; [Fe (CN)6]4-; [HgI4]2- [Zn (NH3)4]2+.
4. Quyidagi kompleks birikmalarda tashqi sohaning zaryadini aniqlang.
[Bi3+J4]; [Fe3+F6]; [Cd2+ (SCN) 4];
[Co3+ (NH3) 2 (NO2) 4]; [Pt4+ (NH3) 2Cl2I2].
5. Quyidagi kompleks birikmalarning nomini aytib bering:
[Pt (NH3) 4]Cl2; H3[Fe (PO4) 2]; [Cu (NH3) 4] (OH) 2.
6. Quyidagi kompleks birikmalarning eritmada dissotsiatsiyalanish tenglamalarini hamda beqarorlik konstantalari ifodalarini yozing:
K2[Cu (CN) 4]; H2[PbCl4]; [Ag (NH3) 2]Cl;
[Cr (H2O) 4Cl2]Cl; K2[Zn(OH) 4]; [Ni(NH3) 6](OH) 2.
7. Qanday birikmalar qo‘sh tuzlar deyiladi? Тemir, alyuminiy va xromkaliy achchiqtoshlar olinish reaksiyalarini yozing. Bu tuzlarning dissotsiyalanish tenglamalarini yozing.
8. Al (OH) 3 ning kompleks birikma hosil bo‘lish hisobiga erish tenglamalarini yozing.
9. K2[Ni (CN) 4] ning 0,1 m eritmasida Ni2+ ionlari konsentratsiyasini hisoblang. Kbeq[Ni (CN) 4]2- =3·10-26
|
| |