|
Mavzu: Korporativ tarmoqqa mobil texnologiyalarning kirib kelish xususiyatlari
|
bet | 3/6 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 277,61 Kb. | | #238389 |
Bog'liq Mavzu Korporativ tarmoqqa mobil texnologiyalarning kirib kelishTCP protokoli. TCP protokoli yordamida uzatilayotgan ma`lumotlar katta bo`lmagan paketlarga «kesiladi» va ularning har biri maxsus markerlar bilan belgilanadi. Ushbu markerlar orqali uzatilgan hujjat adresatning komp’yuterida to`g’ri yig’iladi.
IP protokoli. (Internet Protocol). Bu protokolning mazmuni shundan iboratki har bir internetga ulangan kishining unikal (yagona) adresi bo`lishi lozim (IP adres). Bu adressiz TCP protokolning paketlarini kerakli adresga etkazish masalasini echish mumkin emas. Bu adres oddiy ko`rinishda bo`lib, u 4 baytdan tashkil topgan bo`ladi. Masalan, 186.34.64.11. Ushbu adres shunday tashkil qilinganki, har bir komp’yuter orqali o`tayotgan TCP paket bu to`rt son orqali eng «yaqin» qo`shnilarining qaysi biriga paketni uzatish kerakligini aniqlaydi. Natijada bir nechta uzatishlardan so`ng TCP paket adresatga etkaziladi. Bu erda «yaqin» so`zi geografik ma`noda ishlatilmay balki, aloqa sharti va aloqaning o`tkazish (ta`minlash) (propusknaya sposobnost’) qobiliyati bilan aniqlanadi. O`zaro kosmik aloqa bilan bog’langan va mintaqaning har xil joyida joylashgan ikki komp’yuterlar qo`shni shaharchada joylashgan telefon aloqasi orqali bog’langan komp’yuterlardan «yaqin» hisoblanadi. «Uzoq» yoki «yaqin» ekanligini aniqlash «marshuritizator» deb nomlanuvchi maxsus vositalar orqali amalga oshiriladi. «Marshuritizator» vazifasini maxsus komp’yuter yoki tarmoqning serveridagi maxsus dasturiy vosita bajarishi mumkin.
Bir bayt 256 ta har xil qiymatni qabul qilish imkoniyatiga ega. Bundan kelib chiqan holda to`rt bayt orqali to`rt milliarddan ziyod IP-adreslarni ifoda etish mumkin (2564). Amalda bo`lsa adreslashning xususiyatilardan kelib chiqqan holda ikki milliardga yaqin adreslar ishlatiladi.
Internet xizmati
Internetda har bir xizmat o`ziga mos protokollarga ega. Ular amaliy protokollar (prikladnie protokoli) deb yuritiladi. Ular maxsus dasturlar orqali ta`minlanadi va qo`llab-quvvatlanadi. Bundan kelib chiqadiki, komp’yuterda Internetning biror xizmatidan foydalanish uchun kerakli xizmatning protokoli bilan ishlaydigan dasturiy vositasini o`rnatish lozim. Bunday dasturlar «klientlar» deb yuritiladi.
|
| |