• Tarmoqlarning klassifikatsiyasi.
  • Mavzu: Korporativ tarmoqqa mobil texnologiyalarning kirib kelish xususiyatlari




    Download 277,61 Kb.
    bet5/6
    Sana16.05.2024
    Hajmi277,61 Kb.
    #238389
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Mavzu Korporativ tarmoqqa mobil texnologiyalarning kirib kelish

    Fayllarni uzatish xizmati (FTP). Internet xizmatlarining orasida fayllarni qabul qilish va uzatish ancha katta foizini tashkil etadi. Dastur fayllarini, katta hajmdagi hujjatlarni (masalan, kitoblarni) hamda arxiv ma`lumotlarni (katta hajmdagi yoshintirilgan ma`lumotlar) fayllar ko`rinishida uzatishga zaruriyat tug’iladi.
    FTP xizmati dunyo tarmog’ida o`zlarining serverlariga ega bo`lib, unda arxiv ko`rinishidagi ma`lumotlar saqlanadi.
    FTP protokoli server va klientlar o`rtasidagi ikkita TCP qo`shilmalar (soedineniya) bilan bir vaqtda ishlaydi. Birinchi qo`shilma bilan ma`lumotlar uzatiladi. Ikkinchi qo`shilma bilan ma`lumotlarni boshqarishda foylaniladi. FTP protokol serverga murojaat qilgan klientning qayd etish vositasini ham taklif qiladi. Bu usul bilan odatda komertsiyali serverlar va chegaralangan serverlar o`zlarida qayd etilgan klientlarga foydalanuvchining ismini va u bilan bog’liq parolni kiritishini talab qiladi. Ammo o`n minglab FTP serverlar mavjudki, ular anonim ko`rinishda o`zlarining xizmatini taklif etadi. Bu holda foydalanuvchilar ism sifatida anonymous so`zini va parol sifatida elektron aloqa xizmatini kiritishlari kifoya. Ko`p holatlarda FTP xizmati buni avtomatik ravishda bajaradi.

    • Tarmoqlarning klassifikatsiyasi.

    Hozirda komp’yuterlarni qo`llashda ko`pgina foydalanuvchilar uchun yagona axborot makonini ta`riflovchi tarmoqlarni tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Buni butun dunyo komp’yuter tarmog’i hisoblanmish Internet misolida yaqqol ko`rish mumkin.
    Uzatish kanallari orqali o`zaro bog’langan komp’yuterlar majmuiga komp’yuterlar tarmog’i deyiladi. Bu tarmoq undan foydalanuvchilarni axborot almashuv vositasi va apparat, dastur hamda axborot tarmog’i resurslaridan jamoa bo`lib foydalanishni taminlaydi.
    Komp’yuterlarning tarmoqqa birlashishi qimmatbaho asbob-uskunalar - katta hajmli disk,printerlar, asosiy xotiradan birgalikda foydalanish, umumiy dasturli vositaga va ma`lumotga ega bo`lish imkonini beradi. Global tarmoqlar tufayli olisdagi komp’yuterlarning apparat resurslaridan foydalanish mumkin. Bunday tarmoqlar millionlab kishilarni qamrab olib, axborot tarqatish va qabul qilish jarayonini butunlay o`zgartirib yubordi, xizmat ko`rsatishning eng keng tarqalgan tarmog’i - elektron pochta orqali axborot almashuvni amalga oshirishdir. Tarmoqning asosiy vazifasi foydalanuvchining taqsimlangan umumtarmoq resurslariga oddiy, qulay va ishonchli himoyalangan holda axborotdan jamoa bo`lib foydalanishni tashkil etish.Shuningdek, foydalanuvchilar tarmoqlari o`rtasida ma`lumotlarni uzatishning qulay va ishonchli vositasini ta`minlash. Umumiy axborotlash davrida katta hajmdagi axborotlar lokal va global komp’yuter tarmoqlarida saqlanadi, qayta ishlanadi va uzatiladi. Lokal tarmoqlarda foydalanuvchilar ishlashi uchun ma`lumotlarning umumiy bazasi tashkil etiladi. Global tarmoqlarda yagona ilmiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy axborot makoni shakllantiriladi.
    Komp’yuter tarmoqlarini ko`pgina belgilar, xususan hududiy ta`minlanishi jihatidan tasniflash mumkin. Bunga ko`ra global, mintaqaviy va lokal (mahalliy) tarmoqlar farqlanadi.

    Download 277,61 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 277,61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Korporativ tarmoqqa mobil texnologiyalarning kirib kelish xususiyatlari

    Download 277,61 Kb.