|
Mazkur normativ-huquqiy hujjatlar orqali Respublikada klasterlar va kooperatsiyalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan
|
bet | 3/4 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 2 Mb. | | #153002 |
Bog'liq Isomiddinov S. Investitsiya huquqi-mustaqil ish Mazkur normativ-huquqiy hujjatlar orqali Respublikada klasterlar va kooperatsiyalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Paxta-to‘qimachilik klasterlari
O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan klasterlar
G‘allachilik klasterlari
Meva-sabzavotchilik klasterlari
KLASTER BIZGA NIMA BERADI? Klaster tizimida yer egasi, tayyor mahsulotlar, oʻgʻitlar ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda ularga turli xizmatlar koʻrsatuvchi tuzilmalar iqtisodiy, hududiy, logistika va boshqa rishtalar bilan chambarchas bogʻlanadi, bir-birini astoydil qoʻllab-quvvatlashdan manfaatdor boʻladi, birining yutugʻi ikkinchisi, uchinchisining ham ishi yurishishini anglatadi. - Klaster tizimida yer egasi, tayyor mahsulotlar, oʻgʻitlar ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda ularga turli xizmatlar koʻrsatuvchi tuzilmalar iqtisodiy, hududiy, logistika va boshqa rishtalar bilan chambarchas bogʻlanadi, bir-birini astoydil qoʻllab-quvvatlashdan manfaatdor boʻladi, birining yutugʻi ikkinchisi, uchinchisining ham ishi yurishishini anglatadi.
XOʻSh, KLASTER BIZGA QANDAY NAF KELTIRADI? - 1. Xomashyo yetishtirish, uni tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish – bularning barchasi bitta subʼekt tomonidan amalga oshiriladi. Mahsulot arzon va sifatli boʻladi.
- 2. Xoʻjaliklar, korxonalarning tizimli zanjiri tashkil qilinishi evaziga turli yoʻqotishlar kamayadi va xomashyoga muhtojlik singari holatlar barham topadi.
- 3. Qishloqqa sanoatning kirib borishi tufayli odamlar industrial mehnat bobida ham koʻnikma, malaka hosil qiladi. Innovatsion gʻoyalarning aynan qishloqlarda shakllanish imkoniyati yuzaga keladi.
- 4. Qishloqlarda aholining ish bilan taʼminlash imkoniyati kengayadi.
- 5. Klaster tarkibidagi xoʻjaliklar, korxonalar va boshqa subʼektlarning barqaror ishlashi taʼminlanadi.
- 6. Klasterga asoslangan ish yuritish mexanizmi har qanday sharoitga moslasha oladi, shuning barobarida iqtisodiy, ijtimoiy muammolar hal qilinishiga koʻmaklashadi.
- 7. Bir qancha sohalar mutaxassislari kooperatsiyasi vujudga keladi. Bu, oʻz navbatida, innovatsion iqtisodiyotga oʻtish uchun yoʻl ochadi.
|
| |