• II. Bob. Korxona resurslarini hisobga olish va tahlil qilish uchun axborot tizimini loyihalash.
  • III. Korxona resurslarini hisobga olish va tahlil qilish uchun axborot tizimini ishlab chiqish.
  • Xulosa Adabiyotlar ro‘yxati Ilovalar KIRISH
  • Mavzu: Korxona resurslarinI hisobga olish va tahlil qilish uchun axborot tizimini ishlab chiqish Kirish




    Download 0.73 Mb.
    bet1/8
    Sana27.04.2024
    Hajmi0.73 Mb.
    #208797
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    manzura kur ishi
    AT 3mav, Esse, Doc1, 1111111111, КНИГА ИС, Loyixaviy o\'qitish texnologiyasi, AXBOROT XATI

    Mavzu: Korxona resurslarinI hisobga olish va tahlil qilish uchun axborot tizimini ishlab chiqish
    Kirish.
    I. Bob.Korxona resurslarini hisobga olish va tahlil qilish uchun axborot tizimini ishlab chiqish.
    1.1.Korxona resurslarini hisobga olish va tahlil qilish uchun axborot tizimining rivojlanishining nazariy asoslari.
    1.2. Korxona resurslarini hisobga olish va tahlil qilish uchun axborot tizimini tahlili va kamchiliklari.
    1.3. Masalani qo‘yilishi.
    II. Bob. Korxona resurslarini hisobga olish va tahlil qilish uchun axborot tizimini loyihalash.
    2.1. Axborot tizimini loyihalashga mo‘ljallangan dasturiy vositalar imkoniyatlari.
    2.2. Korxona resurslarini hisobga olish va tahlil qilish uchun axborot tizimini UML diagrammalarini ishlab chiqish.
    2.3. Ma’lumotlar bazasi strukturasini ishlab chiqish.
    III. Korxona resurslarini hisobga olish va tahlil qilish uchun axborot tizimini ishlab chiqish.
    3.1. Axborot tizimini ishlab chiqish uchun dasturiy vosita va uning imkoniytlari.
    3.2. Axborot tizimini ishlab chiqish texnologiyasi.
    3.3. Dasturdan foydalanish yo‘riqnomasi.
    Xulosa
    Adabiyotlar ro‘yxati
    Ilovalar
    KIRISH
    Insonning axborotni qayta ishlash bo’yicha imkoniyatlarini kuchaytiruvchi zamonaviy texnologiyalar bilan qurollantirish - axborotlashtirish sanoatini jadal rivojlantirishni talab etuvchi eng muxim texnik, iqtisodiy vazifa hisoblanadi.
    Iqtisodiyotda axborot texnologiyalaridan foydalanish iqtisodiy axborotlar sifati, uning aniqligi, ob’ektivligi, tezkorligini va buning natijasi sifatida esa boshqaruv qarorlarini o’z vaqtida qabul qilish imkoniyati oshishini ta’minlaydi.
    Axborot tizimlari fanini o’qitish – davr talabidir. Mazkur fanning maqsadi – talabalarga axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va jamiyat xayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llashni nazariy hamda amaliy asoslarini o’rgatishdan iborat. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda mazkur fanning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
    - axborot, axborot texnologiyasi, axborot tizimi va ularning tuzilishi, turkumlanishini o’rganish;
    - axborot texnologiyasini yaratish tamoyillarini aniqlash; - axborot texnologiyasini rivojlanish bosqichlarini belgilash;
    - axborot tizimlari evolyutsiyasini belgilash;
    - axborot texnologiyasini kontseptual va funktsional modeli bilan tanishish;
    - kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalaridan tashkiliy, iqtisodiy sohadagi masalalarni echishda foydalanish;
    - axborot tizimlarini dasturiy, texnik ta’minotlarini o’rganish va milliy iqtisodiyotning turli sohalariga qo’llash;
    - O’zbekiston Respublikasi axborotlashtirish milliy tizimini shakllantirishning xuquqiy bazasini o’rganish;
    - jahon axborot resurslaridan foydalanishni kengaytirish;
    - fuqorolarning axborotga ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini yanada to’llaroq qondirish va boshqalardan iboratdir.
    Hattoki qonunchilik hujjatlarining saralangan ro’yxati ham axborotlashtirishni huquqiy ta’minlash muammosining murakkabligi va ko’p tarmoqliligi to’g’risida tasavvur bera olmaydi.
    Axborotlashtirish faoliyati sohasida qonunchilik yaratish yo’lidagi muhim qadam sifatida - 1995 yil 25 yanvarda qabul qilingan «Axborot, axborotlashtirish va axborotni himoya qilish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishini va kuchga kiritilishini ko’rsatish lozim.
    Bu Qonun ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o’rtasidagi munosabatlarni quyidagicha tartibga soldi:
    1.Axborot resurslarini yaratish, yig’ish, qayta ishlash, to’plash asosida shakllantirish va undan foydalanish va iste’molchilarga taqdim etish;
    2.Axborot texnologiyalarini va ularni ta’minlash vositalarini yaratish va undan foydalanish;
    3.Axborotni, axborot jarayonlari va axborot almashuvida ishtirok etuvchi sub’ektlar, xuquqlarini himoya qilish.
    Axborot texnologiyalarini rivojlantirishning olti ustivor yo’nalishi quyidagilardan iborat:
    1. Davlat statistika tizimi, kredit-moliya va bank tizimlari.
    2. Elektron ma’lumotlar bazasi.
    3. Fan-texnika axborot tarmog’i.
    4. Ta’lim, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, ijtimoiy muxofaza va sog’liqni saqlash sohalari axborot tizimlari.
    5. Ma’lumotlarni uzatish va aloqa tizimlari.
    6. Favqulotda holatlarning oldini olish va xabar berishning axborot tizimlarini yaratish.
    Mazkur dasturda Vazirlik va Mahkamalarning axborot tarmoqlari, Milliy axborotni hisoblash tarmog’ini yaratish, kompyuterlar va hisoblash texnikasi vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish, hujjatlashtirishning me’yoriy-uslubiy va huquqiy tizimini yaratish va boshqalar joy olgan. Yuqoridagi ko’rsatilgan vazifalarni bajarish bir necha bosqichda amalga oshirish ko’zda tutilgan.


    Download 0.73 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0.73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Korxona resurslarinI hisobga olish va tahlil qilish uchun axborot tizimini ishlab chiqish Kirish

    Download 0.73 Mb.