|
Xissadorlik jamiyatlarida xususiy kapital hisobining xususiyatlari
|
bet | 5/7 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 122,5 Kb. | | #160965 |
Bog'liq 1515140699 698772.1. Xissadorlik jamiyatlarida xususiy kapital hisobining xususiyatlari.
Kapitalni hisobga olish masalasida aksionerlik jamiyatlarining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud.
Aksionerlik jamiyatlari Ustav kapitali hisobi bo‘yicha ishlatiladgina asosiy atamalar ta’rifini berish lozimdir.
Aksiyalar nima, ular nima uchun chiqariladi, aksionerlik jamiyatlari yoki korporatsiyalar nima :
Aksiyalar - egalik xuquqini aks ettiruvchi qimmatbaho kagozdir. Aksiyalarni korporatsiyalar xususiy kapitalni shakllantirish yoki kuaytirish maqsadida chiqaradilar. Korporatsiyalar - ma’lum bir qonuniy xuquqlarga ega bo‘lgan mustaqil xuquqiy shaxslar bo‘lib, ularning imtiyozlari hamda xuquqlari korporatsiya egalarining imtiyozlari va xuquqlaridan farq qiladi.
Aksionerlik jamiyatlari Ustav kapitali - chiqarilgan aksiyalarning nominal yoki e’lon qilingan qiymatiga to‘g‘ri keluvchi kapitaldir. Aksiyalarning nominal qiymati - bu qimmatbaho qog‘ozda aks ettirilgan va ustav kapitali qiymatini aniqlash uchun ishlatiladigan qiymatdir.
Ko‘p korporatsiyalar ikki xil aksiyalar chiqarishadi: oddiy va imtiyozli. Oddiy aksiyalar - bu korporatsiyaning qoldiq kapitalini ifoda etuvchi vositalardir. Ularga ovoz berish xuquqi berilgan bo‘ladi. Bu esa oddiy aksiyalar egalarining direktorlar kengashi a’zolarini saylash imkoniyatini anglatadi.
Imtiyozli aksiyalar bir yoki bir necha pozitsiyalar bo‘yicha imtiyozlarga egadirlar. Masalan, ularga dividendlar moliyaviy natijalardan qat’iy nazar urnatilgan stavkalar bo‘yicha to‘lanadi, bundan tashqari, korporatsiya yo‘qotilayotganda uning mulkiga egalik qilish bo‘yicha ham imtiyozlar beriladi.
Aksiyalar bo‘yicha aksiya egalariga hisobot yili yakunlari asosida dividendlar to‘lanadi. Dividendlar - aksionerlar orasida, odatda, pul mablag‘lari ko‘rinishida, korporatsiya foydasining (aniqrog‘i aktivlarining bir qismining) taqsimlanishidir.
2.2. Aksiyalarga dividendlar hisoblash va to‘lash muomalalari hisobi.
Dividendlar kompaniya foydasining uning aksionerlari O‘rtasida o‘zaro taqsimlanishini bildiradi. Odatda dividendlar nakd pul yoki qo‘shimcha aksiya chiqarish bilan to‘lanishi mumkin. Dividendlarning boshqa shakli bo‘lib, natural shakldagi dividendlar bo‘lishi ham mumkin, masalan dividendlar tayyor maxsulot: tovar yoki boshqa korxona aksiyalari ( bunday dividendlar taqsimlanmagan aktivlar bozor qiymatida baholanadi) kabi natural formada to‘lanishi mumkin.
1. Pul dividendlari
Pul dividendlari kompaniya sof foydasining aksionerlarga pul shaklida taqsimlanishini bildiradi. Masalan, 21 yanvar 1997 y. Direktorlar Kengashi 100,000 summadan 2% li choraklik pul dividendlari to‘g‘risida e’lon qildi (nominal qiymati 100 bo‘lgan 8%li imtiyozli aksiyaning bir yillik dividendning 1/4 qismi) . Dividendlar 1 mart 1997 y. to‘lanadi.
2. Aksiyalar bilan to‘lanadigan dividendlar
Aksiyalar bilan to‘lanadigan dividendlar kompaniya aktivlari yoki majburiyatlarida o‘zgarishlarga olib kelmaydi,chunki dividendlar pul mablag‘lari shaklida to‘langanligi kabi mablag‘larning taqsimlanishi sodir bo‘lmaydi. Aksiyalar bilan to‘lanadigan dividendlar faqat kapital tuzilishining o‘zgarishiga olib keladi.
Direktorlar Soveti quyidagi maqsadlarda aksiyalar bilan to‘lanadigan dividendlarni e’lon qilishi mumkin: 1)kompaniya joriy aktivlarini tejash maqsadida; 2)aksiya miqdorini ko‘paytirish orqali aksiya bozor bahosini tushurish; 3)ikki karrali soliqqa tortishdan ko‘tilish, chunki bunday taqsimlanish daromad hisoblanmaydi va tegishli tartibda soliqqa tortilmaydi; 4)kompaniya to‘langan kapitalini taqsimlanmagan foyda mablag‘lari hisobidan ko‘paytirish.
Aksiyalar bilan to‘lanadigan dividendlar xususiy kapitalning umumiy miqdoriga ta’sir qilmaydi. Buning natijasida dividend summasini dividend e’lon qilingan sanada balansda “Taqsimlanmagan foyda” moddasidan “Oddiy aksiyalar” yoki “Imtiyozli aksiyalar” moddasiga o‘tkaziladi. Bu summa joriy bozor baholari bo‘yicha qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalar qiymati sifatida aniqlanadi.
25 fevralda Direktorlar Kengashi 15 martgacha ro‘yxatdan o‘tgan aksionerlar O‘rtasida 31 martda taqsimlanishi mo‘ljallangan muomalada bo‘lgan 10% miqdordagi aksiyalar bilan to‘lanadigan dividendlarni e’lon qildi. 25 fevralda aksiyalarning bozor qiymati 20 tashkil etdi.
Taksilanmagan foyda o‘zida aksionerlar orasida dividendlar sifatida taqsimlanmagan xususiy kapitalning bir qismini ifodalaydi. Chiqarilgan kapital bilan bir qatorda, taqsimlanmagan foyda aktivlarni sotib olish manbai hisoblanadi.
“Taqsimlanmagan foyda” schetining krediti bo‘yicha qoldiq kompaniya faoliyat ko‘rsatgan davrdagi zararlar,foyda va dividend to‘lovlari, chiqarilgan xissadorlik kapitali reinvestitsiya to‘lovi chiqarib tashlangandan so‘ng kolgan sof foyda summasini tashkil etadi. Ya’ni sof foyda taqsimlanmagan foyda summasini ko‘paytiradi, shu bilan birga dividendlar uni kamaytiradi, shuni ta’kidlash zarurki, taqsimlanmagan foyda korxona aktivi hisoblanmaydi, ularning mavjudligi : korxona aktivi foyda olingan operatsiyalar hisobiga ko‘payganligini bildiradi.
“Taqsimlanmagan foyda” scheti debet qoldiqka (Taqsimlanmagan foyda tankislig deyiladigan), ega bo‘lishi mumkin, agar zararlar va dividendlar to‘lovi, ho‘jalik faoliyatidan olingan foyda summasidan ko‘p bo‘lsa. Tankislik summasi balansning “Xususiy kapital” bo‘limida aks ettirilib, umumiy kapital summasidan ayirib tashlanadi.
Taqsimlanmagan foyda to‘g‘risidagi hisobot
Ko‘pgina kompaniyalar o‘zlarining yillik hisobotlarida 4 xil moliyaviy hisobotlarni ko‘rsatadi: balans,moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot,taqsimlanmagan foyda to‘g‘risidagi hisobot va pul mablag‘lari xarakati to‘g‘risida hisobot. Taqsimlanmagan foyda to‘g‘risidagi hisobotda hisobot davri mobaynida taqsimlanmagan foyda tarkibidagi o‘zgarishlar sabablari aks ettiriladi.
Masalan, taqsimlanmagan foyda to‘g‘risidagi hisobotning asosiy strukturasi quyidagichadir:
Ayrim operatsiyalar to‘g‘ridan-turgi taqsimlanmagan foydaga ta’sir qiladi, ular taqsimlanmagan foyda to‘g‘risidagi hisobotda ochib beriladi.
Hisob prinsiplarining o‘zgarishi.
Hisob prinsiplarining o‘zgarishi hisobiga sof foyda va moliyaviy holat jiddiy ravishda o‘zgarishi mumkin. Masalan: tovar - moddiy zahiralarning baholanishi yoki amortizatsiya hisoblash usullari hisobiga. Subyektlar bir xil usulni o‘zgarishlarsiz qo‘llashi kerak; agar yangi usul eskisiga karaganda, afzalrok bo‘lsa va bu o‘zgarishlar o‘z vaqtida moliyaviy hisobotda aks ettirilsa o‘zgarishlarni amalga oshirish mumkin.
|
| |