Korxonalar bankrotligi va uni bashorat qilish mezonlari




Download 53,84 Kb.
bet2/12
Sana11.12.2023
Hajmi53,84 Kb.
#116024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mavzu Korxonalar bankrotligini oldini olish va uni moliyaviy so-hozir.org

1. Korxonalar bankrotligi va uni bashorat qilish mezonlari
Mamlakatimizda bozor munosabatlarini takomillashib borishi munosabati bilan Respublikada faoliyat olib borayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarini barqaror va samarali faoliyat ko’rsatishi uchun etarli shart-sharoitlar vujudga keltirilmoqda.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik jamiyat qurish maqsadida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Jamiyatni boshqarishning yangi tizimi ishlab chiqilib, yo’lga qo’yildi. Iqtisodiyotni boshqarish va tartiblashtirishda davlatning rolini pasaytirish hamda ushbu jarayonning asosan turli iqtisodiy vositalar orqali amalga oshirilishi bozor iqtisodiyotining asosiy talablaridan biridir. Islohotlarni huquqiy jihatdan mustahkamlash uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qonunlar, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek turli tegishli me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.
Bozor infratuzilmasi mexanizmlarining faoliyati yo’lga qo’yilgach, u o’z samarasini bera boshladi. Chet el investitsiyalari kirib keldi, qo’shma korxonalar barpo etildi, ishlab chiqarishning yangi tarmoqlari ishga tushirildi va hokazo. Shu bilan birga iqtisodiyotga bozor qonunlari o’z ta’sirini o’tkaza boshladi. Aksariyat korxonalar bozor qonunlarini mukammal o’rganmasligi, bozor talablari doirasida faoliyat ko’rsatmasligi natijasida iqtisodiy inqirozga yuz tuta boshladi. Ushbu holatda jamiyatda yana bir institutni yaratish zarurati tug’ildi. Shunday yangi yo’nalishlardan biri xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy nochorligi, bankrotlik bilan bog’liq bo’lgan jarayon hisoblanadi.

Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni bankrot deb e’lon qilinishiga ya’ni korxonalari faoliyatining tugatilishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni shartli ravishda ob’ektiv va sub’ektiv omillarga ajratib olish zarur bo’ladi. Ob’ektiv omillar sirasiga, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning hatti-harakati, faoliyat doirasi va shart-sharoitlaridan qat’iy nazar, mavjud iqtisodiy qonunlarning amal qilishi natijasida vujudga keluvchi hamda ta’sir ko’rsatuvchi omillar kiradi. Odatda ob’ektiv omillar ta’sirining oldini olish yoki boshqarish imkoniyat darajasidan tashqarida bo’ladi. Kichik tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy tabiatini belgilab beruvchi o’ziga xos xususiyatlarning aksariyati ushbu soha sub’ektlari faoliyatining tugatilishida ob’ektiv omillar sifatida namoyon bo’ladi. Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan bankrotlik darajasi juda yuqori va yuqori bo’lgan korxonalar O’zbekiston Respublikasining 1994 yil 5 mayda qabul qilingan «Bankrotlik to’g’risida»gi (2003 yil 23 aprelda o’zgartirihsh kiritilgan) Qonuniga muvofiq iqtisodiy nochor deb topildai va tugatiladi. O’zbekiston Respublikasining 2003 yil 24 apreldagi «Bankrotlik to’g’risida» gi Yangi tahrirdagi Qonunda bankrotlik va asosiy foydalaniladigan atamalarga quyidagicha tarif berilgan1:



bankrotlik (iqtisodiy nochorlik) - xo’jalik sudi tomonidan e’tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo’yicha kreditorlar talablarini to’la hajmda qondirishga va (yoki) majburiy to’lovlar bo’yicha o’z majburiyatini to’la hajmda bajarishga qodir emasligi;


Download 53,84 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 53,84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Korxonalar bankrotligi va uni bashorat qilish mezonlari

Download 53,84 Kb.