Korxonalarning bankrotligini oldini olish, ularni moliyaviy sog’lomlashtirish va reestrukturizatsiya qilish yo’nalishlari




Download 53.84 Kb.
bet8/12
Sana11.12.2023
Hajmi53.84 Kb.
#116024
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Mavzu Korxonalar bankrotligini oldini olish va uni moliyaviy so-hozir.org
Maruza 5
3. Korxonalarning bankrotligini oldini olish, ularni moliyaviy sog’lomlashtirish va reestrukturizatsiya qilish yo’nalishlari
Iqtisodiy nochor xo’jalik sub’ektlariga nisbatan bankrotlik tartibotini qo’llashda ularga o’z iqtisodiy ahvolini o’nglab olishlari uchun imkoniyat yaratish maqsadida respublika xo’jalik sudlari tomonidan sud sanatsiyasi hamda tashqi boshqaruv huquqiy institutidan foydalanishga e’tibor qaratilmoqda. Sud sanatsiyasi xo’jalik sudi tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning to’lov qobiliyatini tiklash hamda kreditorlar oldidagi qarzini uzish maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini sanatsiya qiluvchi boshqaruvchiga o’tkazmagan holda qo’llaniladigan bankrotlik taomili hisoblanadi. Restrukturizatsiyalash jarayonini quyidagi yo’nalishlarga bo’lishimiz mumkin:
- korxonanining ishlab chiqarishini yoki ishlab chiqarish quvvatlarini restrukturizatsiyalash.
Bunda korxonaning ishlab chiqarish strukturalarini tahlil qilish orqali, qaysidir qism ishlab chiqarish quvvatlarini saqlab qolish yoki kelajakda bozorini yo’qota borayotgan va korxonaga zarar keltiruvchi, ya’ni kelajagi yo’q ishlab chiqarish quvvatlarini to’xtatish belgilab olinadi. Bu to’xtalishi nazarda tutilgan ishlab chiqarish quvvatlarida bozor talabidan kelib chiqqan holda yangi ishlab chiqarishni tashkil qilish, yoki shu ishlab chiqarish quvvatlari bazasida boshqa ishlab chiqarishga mo’ljallangan (profilini o’zgartirgan holda) sho’’ba va qo’shma korxonalar tashkil qilish, yoki sotish nazarda tutiladi.
Qisqacha qilib aytadigan bo’lsak restrukturizatsiyalashning bu qismida korxona qanday mahsulot, ish xizmat ishlab chiqarishi va qaysi bozorni egallashi, ishlab chiqarish quvvatlarni qanday taqsimlanishi strategiyalari belgilab olinadi.
Korxonalarning 2-3 yilga mo’ljallangan ishlab chiqarish va korxonani yangi texnologiyalar bilan qayta jihozlash (rekonstruktsiya qilish) dasturlari ishlab chiqiladi, hamda bu dasturlarning samaradorligi aniqlanadi.

1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 53.84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Korxonalarning bankrotligini oldini olish, ularni moliyaviy sog’lomlashtirish va reestrukturizatsiya qilish yo’nalishlari

Download 53.84 Kb.