• Xo‘jalik amaliyotida asosiy fondlar natural va qiymat ko‘rinishida hisobga olinadi.
  • Asosiy fondlarning yemirilishi va amartizatsiyasi




    Download 31.91 Kb.
    bet4/10
    Sana25.09.2023
    Hajmi31.91 Kb.
    #84072
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Abdullayev J. S28-20
    share(3), Kiberxavfsizlik fanidan yakuniy nazorat test savollari fayllar org (2), Kiberjinoyatchilik (2), GIRL AND
    2. Asosiy fondlarning yemirilishi va amartizatsiyasi.
    Hozirgi kunda asosiy fondlar turli tasnifga muvofiq va ishlab chiqarish vazifasining xilma-xilligi va tabiiy-moddiy belgilariga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

    1. Zarur mehnatsharoitlarini ta’minlaydigan bino va me’morlik-qurilish obyektlari. Binolarga tsexlarning ishlab chiqarish korpuslari, depolar, garajlar, omborxonalar, ishlab chiqarish xonalari va laboratoriyalar kiradi.


    2. Inshootlar - ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur va mehnat buyumlari o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lmagan birorta texnik vazifalarga belgilangan muhandislik-qurilish obyektlari (nasos stansiyalar, tunnellar, ko‘priklar va x.k.).
    3. Har xil energiya, suyuqva gazsimon moddalar uzatadigan uzatuvchi uskunalar.
    4. Mashinalar va asbob-uskunalar; shu jumladan: energiyani, suyuq va gazsimon moddalarni ishlash va almashtirishga mo‘ljallangan kuch mashinalari va asbob-uskuna­lar (generatorlar va gazogeneratorlar, elektrogeneratorlar, bug‘ qozonlari, havo kompressorlari);
    5. Ishchi mashinalari va asbob-uskunalar. Ular mehnat buyumlariga bevosita ta’sir o‘tkazadilar. Bularga dastgohlar, presslar, konveyyerlar va boshqa turli yordamchi asbob-uskuna­lar: o‘lchov va to‘g‘rilash asbob-uskunalari, laboratoriya asboblari, hisoblash mashinalari, kompyuterlar kiritiladi.
    6. Transport vositalari.
    7. Ishlab chiqarish inventarlari va boshqalar.
    Xo‘jalik amaliyotida asosiy fondlar natural va qiymat ko‘rinishida hisobga olinadi. Agar asosiy fondlarni natural baholash - ишлаб чиқаришни texnik jihatdan qayta qurollantirish va zamonaviylashtirish masalalarini hal qilish, asbob-uskunalarni ta’mirlash uchun ularning guruh va turlari boyicha grafiklar tuzish, shuningdek, ta’mirlash vositalariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash imkonini bersa, qiymat boyicha baholash esa, asosiy fondlarni qayta ishlab chiqarishni rejalashtirish, ularning mavjud hajmini aniqlash, -amortizatsiya hajmini belgilash, asosiy fondlar va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini tahlil qilish va hokazolarda muhim ahamiyat kasb etadi.
    Korxona iqtisodiyotida ekspluatatsiya qilinayotgan asosiy fondlarning yoshi, birinchi o‘rinda mashina va asbob-uskunalarning yoshi muhim ahamiyatga ega. Hozirgi paytda mashina va sanoat uskunalarini yosh boyicha guruhlashda tahminan quyidagi muddatlardan kelib chiqiladi: 5 yilgacha, 5 yildan 10 yilgacha, 10 yildan 15 yilgacha, 15 yildan 20 yilgacha, 20 yildan 25 yilgacha va hokazo. Mashina va uskunalarning ekspluatatsiya muddati qanchalik yuqori bo‘lsa, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari shunchalik past bo‘ladi, mahsulotlar sifati pasayadi, bekor turib qolish va talofatlar ko‘payadi hamda aksincha.
    Ishlab chiqarish fondlari strukturasiga asosiy ta’sir qiluvchi omillar:
    Ishlab chiqarilayotgan mahsulot – xarakteri;
    Mahsulot ishlab chiqarish hajmi;
    Mexanizatsiya va avtomatlashtirilganlik darajasi;
    Korxonaning iqlim va geografik joylashishi va xususiyatlari hisoblanadi.
    Birinchi omil binolarning qiymati va o‘lchamiga, transport vositalari va o‘tkazish qurilmalarining hissasiga ta’sir qiladi .
    Mahsulot ishlab chiqarish hajmining oshishi –maxsus ishchi mashina va jihozlari hissasining oshishiga olib keladi. Xuddi shunday uchinchi va to‘rtinchi omillar ham asosiy fondlar tuzulishiga ta’sir ko‘rsatadi. Asosiy fondlar tarkibidagi bino va inshootlar hissasi iqlim sharoiti bilan ham bog‘liq.
    Quyidagilar asosiy ishlab chiqarish fondlari tuzilishining yaxshilanishga olib keladi:
    • Uskunalarningishlashiniyaxshilash;


    • zamonaviylashtirish;


    • uskunalarni avtomatlashtirish;


    • uskunalarni universallashtirish;


    • uskunalarni dasturlashtirish imkoniyatini yaratish va takomillashtirish;


    • bino va inshootlardan optimal foydalanish;


    • ortiqcha va kam foydalaniladigan uskunalarni tugatish.




    Asosiy fondlarni baholashning quyidagi usullari mavjud:
    Boshlang‘ich qiymat boyicha baholash – asosiy vositalarni yaratish yoki sotib olish uchun sarflangan xarajatlar yig‘indisidan iborat bo‘lib, asosiy fondlar yoki ularning alohida qismlarini foydalanishga topshirish uchun yaroqli holga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan – ularni keltirish, o‘rnatish kabi xarajatlarni hisobga olgan holda yuzaga keluvchi qiymat.
    Tiklanish qiymati – asosiy fondlar yoki ularning biror-bir qismini (bino, inshoot, uskuna) hozirgi paytdagi inflyatsiya va boshqa omillarni hisobga olgan holda baholash.
    Qoldiq qiymati bo‘hicha baholash – asosiy fondlarning eskirishini hisobga olgan holda baholash. Boshqacha qilib aytganda, bu asosiy fondlarning ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga hali o‘tkazilmagan qismi. Korxonalar tomonidan foydalanilmaydigan, hisobdan chiqarish hamda sotib yuborishga mo‘ljallangan asosiy fondlar ham, ko‘pincha qoldiqqiymat boyicha baholanadi.
    Tugatish qiymati boyicha baholash – asosiy fondlarning belgilangan muddatda ishlab chiqarishda qatnashib, o‘z qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga to‘la o‘tkazib bo‘lgandan so‘ng qolgan qiymat bahosi. Tugatish qiymati dalolatnoma asosida belgilanadi.
    Balans qiymati – bu korxona balansi va hisobotlarida aks ettirilgan qiymat. Balans qiymatdan eskirish qiymati olib tashlansa, qoldiqqiymat qoladi.
    Asosiy vositalar qayta baholanadi. Bunda asosiy vositalarning eskirishi, ishlab chiqarish, inflyatsiya va boshqa sharoitlar etiborga olinadi.

    Download 31.91 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 31.91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Asosiy fondlarning yemirilishi va amartizatsiyasi

    Download 31.91 Kb.