• Purkash va o’t oldirish jarayonlari birlashtirgan Mono-Motronic tizimi.
  • Benzinni bevosita stilindr ichiga sepish
  • Mavzu: l-jetronic Yonilg’i purkash tizimi




    Download 16.44 Kb.
    Sana09.10.2023
    Hajmi16.44 Kb.
    #87439
    Bog'liq
    Mavzu L- jentra
    boshqarish sistemalarini kompyuterli modellashtirish asoslari, эмулятор, 37-43 MNT, Present va Past Perfect Continuous, Hayot faoliyati 132-161, MEHNAT VA ISH HAQI HISOBI, Ma`ruza №2 Mavzu Ruda va konsentratlarni kuydirish. Reja 1, Eshevga, Документ Microsoft Word, Murakkab masalalar, Ochiq darslar, PF-6275 09.08.2021, 12 мак темурбеклар олий талим, Algoritm 3

    Mavzu: L-Jetronic Yonilg’i purkash tizimi
    «L-Jetronic» - bu elektron blok yordamida boshqariladigan, ko’p nuqtali, taqsimlangan yonilg’i uzib-uzib pur-kaladigan tizimdir. Bu tizimning K-Jetronic va KE-Jetronic tizimlaridan asosiy farqi unda me’yorlovchi-taqsimlagich va boshqaruvchi bosim rostla-gichining yo’qligidir. Hamma forsunkalar (ishchi va ishga tushiruvchi) elek-tromagnit boshqaruvli.
    «L-Jetronic» yonilg’i purkash tizimi quyidagicha ishlaydi: Elektr ben-zin nasosi yonilg’ini bakdan olib yonilg’i tozalagich orqali 2,5 kg/sm2 bosim bilan taqsimlagich quvuriga uzatadi. Taqsimlagich quvuri maxsus shlanglar yordamida ishchi forsunkalar bilan tutashtirilgan. Taqsimlagich quvurining ikkinchi uchiga joylashtirilgan bosim rostlagichi tizimdagi yonilg’i bosi-mini belgilangan qiymat darajasida ushlab turish va ortiqcha yonilg’ini bakga qaytarish uchun xizmat qiladi
    Purkalanayotgan yonilg’i miqdori elektron boshqarish bloki tomonidan stilindrlarga kiritilayotgan havo hajmi, bosimi va harorati, shuningdek tirsakli valning aylanishlar chastotasi, dvigatel yuklamasi va sovitish suyuqligi haroratini hisobga olgan holda aniqlanadi. Purkash daqiqasida kiritish klapan yopiq holatda bo’lsa yonilg’i klapan oldidagi bo’shliqda to’planadi va klapanning keyingi ochilishida stilindrga havo bilan birgalikda kiradi. Qo’shimcha havo uzatish klapani drossel to’siqchasiga parallel ishlangan havo kanaliga o’rnatilgan bo’lib, sovuq dvi-gatelni ishga tushirish va qizdirishda dvigatelga qo’shimcha havo uzatadi va tirsakli valning aylanish chastotasini oshirish imkonini beradi.
    Sovuq dvigatelni ishga tushirishni yengillatish uchun, yuqorida ko’ril-gan purkash tizimlari kabi «L-Jetronic» tizimida ham ishga tushirish forsunkasi ishlatiladi. Ishga tushirish forsunkasining ochilish davomiy-ligi sovitish suyuqligining haroratiga bog’liq bo’lib uni termo-rele belgi-laydi.
    Purkash va o’t oldirish jarayonlari birlashtirgan Mono-Motronic tizimi.
    Mono-Jetronic purkash tizimi va o’t oldirish jarayonlari birlashti-rilgan tizimdir.
    Purkash va o’t oldirish jarayonlarini birlashtirilgan elektron boshqarish tizimlari quyidagi afzalliklarga ega:
    - agregat va datchiklarning funkstiyasini birlashtirilishi ularning umumiy sonini ancha kamaytiradi.
    - o’t oldirish va purkash jarayonlari birgalikda optimallashtiriladi va bu burovchi moment, yonilg’i sarfi, chiqindi gazlar tarkibi kabi ko’rsat-kichlarni yaxshilashga, sovuq dvigatelni ishga tushirish va uni qizdirishni ancha yengillashtiradi;
    Benzinni bevosita stilindr ichiga sepish
    Birinchi bo’lib benzinni bevosita stilindr ichiga sepib berishni 1996 yili Mistubishi firmasi amalga oshirdi. Hozir esa bunday usulda ishlay-digan dvigatelli avtomobillarni Pejo – Sitroyon, Reno, Toyota va Daymler-Kraysler firmalari ishlab chiqarmoqdalar.
    Bunday usulda ishlaydigan dvigatellarda yoqilg’i 10% kam sarflanadi, tashqariga chiqarib tashlanadigan uglerod oksidi 20% na kamayadi va dviga-telning quvvati 10% ga ortadi.
    Bevosita benzinni stilindr ichiga purkab berishning eng yaxshi usulini Orbital kompaniyasi yaratdi. Bu usul quyidagidan iborat. Maxsus for-sunkada 6,5 atmosfera bosim ostidagi havoga 8,0 atmosfera bosim ostida benzin purkaladi va u havo bilan aralashadi va shu bosim ostida yonuvi ara-lashma stilindr ichiga purkab beriladi. Stilindr ichiga quruq benzin emas yonuvchi aralashma purkalgani uchun detonastiya ro’y bermaydi.



    Download 16.44 Kb.




    Download 16.44 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: l-jetronic Yonilg’i purkash tizimi

    Download 16.44 Kb.