Linux operatsion tizimi imkoniyatlari.Linux distributivlari




Download 0,83 Mb.
bet4/18
Sana21.05.2024
Hajmi0,83 Mb.
#248567
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
AMRULLOYEV FIRDAVS KURS ISHI

1.2 Linux operatsion tizimi imkoniyatlari.Linux distributivlari.


So'ngi yillarda Linux OT, Unix oilasiga mansub OT ning innovatsion mahsulotlari ichida eng yaxshisi bo'lib kelmoqda. Linux OT ning avzalliklari: Ilovalar: Linux OT ning pullik va pulsiz versiyalari uchun keng ko'lamda ilovalarning mavjudligi hamda web server, tarmoq havsizligi, administratsiyalash, grafik instrumentlarining keng mashtabdaligi bilan avzal hisoblanadi. Dunyoning yirik kompaniyalari Linux ilovalarining doimiy yangilab borishini, Linuxning yadrosiga doimiy qo'shimchalar kiritib borish qiziqishlarini bildirishgan. Masalan IBM kompaniyasi Linuxning doimiy hamkori hisoblanadi. Linux POSIX standartining barcha talablariga javob beradi. Periferiya qurilmalari: Barcha kompyuter qurilmalari bilan tez oson ulanishi bilan ajralib turadi. Dasturiy ta'minot: Foydalanuvchilarga dasturiy mahsulotlardan foydalana olish imkoniyati, nafaqat dastur kodi (source code) balki uning kompilyatsiyalangan versiyasi, dasturlarning oson or'natilishi va tezda ishga tushishi bilan muhim hisoblanadi. Bunday dasturlarga Java ni qo'llab quvatlovchi ochiq kodli dasturiy ta'minot Netscape ni keltirishimiz mumkin. Shu bilan birgalikda Mozilla, Thunderbird, Firefox ham ular qatorig kiradi. Platforma: Linux nafaqat Intel bazasidagi platformalar uchun balki, Apple (PPC Linux), Compaq's alfa, MIPS, Motorola 68K asoslangan mashinalar, 64 bitli tizimlar va IBM S/390x platformalari uchun mo'ljallangan. Linux ko'p protsessorli hisoblash mashinalarida ishlaydi.
Linux ixcham (portable) tizim hisoblanib, har xil hisoblash mashinalarida ishlashi mumkin. Linux oilasiga mansub barcha OT ning 95 foizi C dasturlash tilida yozilgan bo'lib, hisoblash mashinasiga bo'g'liq bo'lmagan dasturlash tili hisoblanadi. Linux portativ hisoblangani uchun, turli xil hisoblash mashinalarning asosiy talablariga to'liq javob bergan holda moslashadi. Masalan Linux mobil telefonlar, Televizor kabel qurilmalari kontrollerlariga o'rnatish mumkin. Fayl tizim strukturasi qattiq disk bilan tez ishlashi uning ustunligi hisoblanadi. Linux OT ko'pfoydalanuvchi OT sifatida qaraladi.
Linux bir vaqtning o'zida ko'p foydalanuvchilarga hizmat ko'rsata oladi. Qurilmalarning imkoniyati va ularning vazifalari turidan kelib chqib bir vaqtning o'zida 1000 tagacha foydalanuvchiga hizmat qlishi mumkin. Ko'pfoydalanuvchi OT tizim resurslarini bir vaqtning o'zida foydalanishga imkon beradi. Har bir foydalanuvchi tomonidan ishlatilgan vazifalar bir-biri bilan bog'liq holda ishlasada ularning bir biridan himoyasi tizim tomonidan ta'minlanadi, shu bilan birgalikda tizim yadrosi ham barcha protsesslardan himoyalangan bo'ladi. Bir nechta vazifalar bilan ishlagan vaqtda, asosiy e'tiborda bo'lgan vazifadan tashqari qolgan vazifalarni orqa fonga o'tkazgan holda ishlash mumkin. Agar X Window tizimida ishlayotgan bo'lsak, ishga tushirilgan bir nechta dasturlarni bir oynada ko'rib ishlash mumkin bo'ladi. Fayl o'zida hisobot, rasm, qo'shiq yoki bajarilayotgan dastur holati kabi ma'lumotlarni saqlashi mumkin. Har bir fayl ma'lumotlar saqlanish qurilmasida universal identifakotor orqali saqlanadi. Linux fayl tizimi, fayllarning qaysi katalog ichida joylashganini strukturasini ta'minlab beradi. Har bir katalog o'zida fayl yoki katalogni saqlashi mumkin. O'z navbatida har bir katalog boshqa bir derektoriyada ichida joylashgan bo'lishi mumkin, struktura shu tarzda ketib daraxt ko'rinishiga keladi. Ushbu struktura foydalanuvchilarga fayllarni bir katalog ostida birlashtirib ishlatishga yordam beradi. Har bir foydalanuvchi o'zining asosiy katalogiga ega bo'ladi. (1.1-rasm)




Download 0,83 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 0,83 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Linux operatsion tizimi imkoniyatlari.Linux distributivlari

Download 0,83 Mb.