Mavzu: linux operatsion tizimida lokal tarmoq kompyuterlarini boshqarish




Download 0,83 Mb.
bet2/18
Sana21.05.2024
Hajmi0,83 Mb.
#248567
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
AMRULLOYEV FIRDAVS KURS ISHI

KIRISH.


Axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis – dunyodagi va O‘zbekistondagi eng talabgor kasblardan biridir. Hozirda deyarli barcha tarmoqlar axborot texnologiyalaridan foydalangan holda o‘z faoliyatini yuritadi. O‘zbekistonda soha rivojiga hamda insonlar hayotini yengillashtirish uchun taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida innovatsion yechimlarni tatbiq etish sifatini yaxshilashga katta e'tibor qaratmoqda. Axborot texnologiyalari kommunikatsiyada, boshqaruv sohasida, bank ishida keng qo‘llaniladi, ularning asosida ta'lim dasturlari, geologik-qidiruv va resurslarni qazib olish, zamonaviy sanoatda, tibbiyotda, xavfsizlikni ta'minlashda zarur bo‘lgan yuqori texnologiyalar ishlab chiqiladi va tadbiq etiladi.O‘zbekiston Respublikasida tarmoqlarni avtomatlashtirish ishlari muntazam olib borilgan. O‘rta Osiyo respublikalari ichida birinchi marta 1956-yilda O‘zFA matematika instituti qoshida hisoblash texnikasi bo‘limi ochildi.1958-yil 30-dekabrda O‘rta Osiyoda birinchi bo‘lib «Ural» elektron-hisoblash mashinasi (EHM) ishga turishirildi. Keyinchalik, 1962-yilda Toshkent shahrida M20 rusumli (Qozon avtomatlashgan mashinalar zavodi mahsuloti), yarim o‘tkazgichli M220 rusumli, «Minsk 22», «Ural 2», «BCM6 – 1», «BCM6 – 2» rusumli EHM lar ishga tushirildi. O‘zbekiston Respublikasida korporativ foydalanuvchilar (vazirliklar tarmoqlari, tashkilotlar, davlat boshqaruv organlari, mahalliy va mintaqaviy boshqarish tizimlari va h. k.) uchun xalqaro milliy mintaqaviy ko‘lamda uzatiladigan axborotlar hajmining uzluksiz ko‘payishi, ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘ini rivojlantirish va takomillashtirish zaruratini keltirib chiqardi. Ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘i respublikada mavjud ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘i respublikada mavjud va telekommunikatsiya (O‘zPAK) va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xo‘jaliklararo axborot-kompyuter xizmati (UzNet) hamkorligida yaratildi. Ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘ida milliy provayderlar vazifalari, shuningdek, internet xizmatlari UzPAK zimmasiga yuklatilgan. O‘zbekiston Respublikasi ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarining barcha provayderlari xalqaro tarmoqlarga faqat ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘i orqali ulanish huquqiga ega.
1997-yildan boshlab O‘zbekistonda internet provayderlar xizmat ko‘rsata boshladi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda 40 dan ortiq internet poydevorlar ishlamoqda. Bugungi kunda UzPAK axborotlarni uzatish va qabul qilish bilan cheklanib qolmasdan, masofali o‘qitishni rejali ravishda amalga oshirishga kirishgan. Texnika va uzatish vositalari rivojlangan asrda davlatlarning siyosiy chegarasi (ta’lim sohasida) ma’lumot olish uchun xalaqit bermaydi. Bugungi kunda internet orqali boshqa davlatlardagi eng nufuzli o‘quv dargohlarida bilim olish imkoniyatlar mavjud. Axborot hisoblash tarmoqlar qamrab oladigan hududga bog’liq ravishda lokal (LXT yoki LAN-Local Area Network), hududiy (XXT yoki MAN Metropolitian Area Network) va global (GXT yoki Wan-Wide Area Network) bo’lishi mumkin. Agar tarmoqning abonentlari bir-biridan uncha katta bo’lmagan masofalarda (10—15 km gacha) joylashgan bo’lsa, u holda bu tarmoq lokal tarmoq deb ataladi. LXT uncha katta bo’lmagan hudud oralig’ida joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Hozirgi vaqtda lokal hisoblash tarmog’i abonentlarining hududiy sochilib ketishiga aniq bir cheklanishlar mavjud emas. Odatda bunday tarmoq aniq bir ob’ektga bog’langan bo’ladi. LXT sinfiga alohida korxonalar, firmalar, banklar, ofislarning va x.k. tarmoqlari misol bo’la oladi.
Odatiy kompyuter foydalanuvchisi proksi-ulanishning nima ekanligini va nima uchun unga kerakligini bilmasligi mumkin. Haqiqatan ham, WWW manbalariga to'g'ridan-to'g'ri mijoz-server tizimidan foydalanish mumkin emas. Buning uchun proksi-qidiruv vositasi kerak. Shaxsiy kompyuterdan qilingan har qanday so'rov to'g'ri ma'lumotni olish uchun ma'lumotlaringizni yuborish hisoblanadi. U har doim vositachiga - so'rovni bajaradigan va dasturni manzilga yuboradigan kompyuter dasturlari kompleksiga keladi. Boshqacha qilib aytganda, serverlar, bir kishi, uning nomidan ishlaydigan vakolatli vakil orqali ulanadi.
Albatta, bular barchasi avtomatik tarzda bir necha soniyada amalga oshadigan narsa emas .Hozir shu mavzu haqida batafsil kurs ishimiz davomida bilib olamiz.


Download 0,83 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 0,83 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: linux operatsion tizimida lokal tarmoq kompyuterlarini boshqarish

Download 0,83 Mb.