Mavzu: Magnit materiallar




Download 291,67 Kb.
bet1/3
Sana02.12.2023
Hajmi291,67 Kb.
#109854
  1   2   3
Bog'liq
Magnit materiallar


Mavzu: Magnit materiallar
Magnit materiallar turli elektrotexnik qurilmalar va asboblarning asosini tashkil qilib, ularning aktiv qismi hisoblanadi. Xususan, transformatorlarda sterjen va yarmo, elektr mashinalarida stator, rotor, yarmo kabi qismlar magnit materiallardan yasaladi. Magnit oqimidan past kuchlanishli toklar yuqori kuchlanishli toklarga, yoki elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirishda va elektr energiyasini shunga o‘xshash tarzda generatsiyalashda foydalaniladi. Tashqi magnit maydoni ta’sirida magnitlanish xossasiga ega materiallar magnit materiallari deb ataladi. Asosiy magnit materiallarga nikel, kobalt va toza temir asosidagi turli qotishmalar misol bo‘ladi. Texnika ahamiyatga ega magnit materiallarga ferromagnit materiallar va ferromagnit kimyoviy birikmalar (ferritlar) kiradi. Ferromagnit moddalarning monokristallari magnit anizotropiyasi bilan xarakterlanadi. Magnit anizotropiyasi turli o‘qlar yo‘nalishida magnitlanishning turli qiymatlari bilan ifodalanadi. Polikristall magnetiklarda anizotropiya keskin ifodalangan hollarda ferromagnetik magnit teksturaga ega bo‘ladi. Kerakli magnit tekstura olish orqali materialda ma’lum yo‘nalishda yuqori magnit xarakteristikaga erishishi mumkin(1-rasm).

1-rasm. Ferromagnit materiallarning magnitlanishi.
Tashqi magnit maydoni ta’sirida ferromagnit materialning magnitlanish jarayoni quyidagicha kechadi:
1) magnit momenti maydon yo‘nalishi bilan kichik burchak hosil qilgan domenlar kattalashadi va boshqa domenlar o‘lchami kichrayadi;
2) magnit momentlari maydon yo‘nalishi bo’yicha buriladi va bir xil yo‘nalishga ega bo‘ladi.
Magnit to‘yinishi domenning kattalashishi to‘xtaganda va o‘z-o‘zidan magnitlangan barcha monokristall qismlarning magnit momenti maydon bo’yicha yo‘nalganida sodir bo‘ladi. Ferromagnit monokristallari magnitlanayotganda ularning chiziqli o‘lchamlari o‘zgaradi. Bu hodisa magnit­striksiya deyiladi. Temir monokristallining magnit-striksiyasi kristallning har xil yo‘nalishlarida turlicha bo‘ladi. Materiallarning nisbiy magnit singdiruvchanligi magnit induksiyasi (B) ning magnit maydoni kuchlanganligiga nisbati bilan aniqlanadi:

Ferromagnit materiallarning magnit singdiruvchanligi haroratga bog‘liq bo‘lib, Kyuri nuqtasiga yaqin qiymatlarda o‘zining yuqori qiymatiga erishadi. Kyuri nuqtasidan yuqori haroratlarda spontan magnitlanish sohasida issiqlik harakati buzilib, materialning magnit xossasi yo‘qoladi. Chulg‘amda magnit o‘zak bo‘lmaganda magnit induksiya qiymati undan o‘tayotgan tok hisobiga sodir bo‘ladi. Agar chulg‘amga magnit o‘zak kiritsak, elektr toki hisobiga sodir bo‘ladigan magnit maydoni o‘zakni yanada magnitlab, qo‘shimcha kuch chiziqlari hosil bo‘lishi natijasida magnit induksiyasining yoki magnit oqimining keskin oshishiga olib keladi. O‘zak kesim yuzasidan hosil bo‘ladigan qo‘shimcha kuch chiziqlari qayta magnitlanish deyiladi va i bilan belgilanadi.
Magnit materiali sifatini aniqlashda nisbiy magnit singdiruvchanlik kattaligidan foydalaniladi:

Magnit singdiruvchanlik chulg‘amga magnit o‘zak kiritilganda magnit oqimining kuchayishini bildiradi. Bu yuksalish bir necha o‘n ming martagacha ortadi. Uzunligi L, kesim yuzasi S bo‘lgan o‘zakning magnit qarshiligi quyidagicha aniqlanadi:

Magnit singdiruvchanligi bo‘yicha barcha qattiq jismlar sust (diamagnit m<1, paramagnit m>1) va kuchli magnit materiallarga (ferromagnit m>>1) bo‘linadi. Magnit materiallari sifatida kuchli magnit materiallar qabul qilinib, ular magnit maydon kuchlanganligiga kuchli ravishda bog‘liq bo‘ladi. Magnit induksiyasi B va magnit maydon kuchlanganligi H o‘rtasidagi bog‘liqlik [B=f(H)] magnit materialining magnitlanish egri chizig‘i deb ataladi. Bunda magnit materiali H=HT qiymatda to‘yinadi. Magnit singdiruvchanlikning haroratga qarab o‘zgarishi magnit singdiruvchanlikning harorat koeffitsiyenti bilan aniqlanadi:

Agar ferromagnit tashqi magnit maydoni ta’sirida asta-sekin magnitlansa va ma’lum qiymatdan so‘ng maydon kuchlanganligi pasaytira borilsa, induksiya ham kamaya boradi. Lekin bu kamayishi asosiy chiziq bo‘ylab emas, balki ma’lum kechikish bilan (gisterizis hodisasi tufayli) ro‘y beradi. Maydon kuchlanganligi teskari yo‘nalishda oshirilganda material magnitsizlanishi, o‘ta magnitlanishi mumkin va magnit maydon yo‘nalishi yana o‘zgartirilsa, induksiya yana asl holatiga qaytadi, ya’ni gisterizis halqasi paydo bo‘ladi. Magnit materiali bo‘lmaganda o‘ramlari soni n ta bo‘lgan sim chulg‘amidan tok o‘tkazish orqali magnit oqimi hosil qilish mumkin. Agar o‘ramdagi simning kesim yuzasi S, chulg‘am uzunligi L bo‘lsa,magnit oqimi F quyidagicha aniqlanadi:

Magnit oqimining zichligi yoki magnit induksiyasi:


Download 291,67 Kb.
  1   2   3




Download 291,67 Kb.