|
Yumshoq magnit materiallar
|
bet | 2/3 | Sana | 02.12.2023 | Hajmi | 291,67 Kb. | | #109854 |
Bog'liq Magnit materiallarYumshoq magnit materiallar
Magnit materiallar yumshoq va qattiq turlarga bo‘linadi. Yumshoq magnit materiallardan magnitli o‘tkazgichlar tayyorlanadi. Bu materiallarning magnit singdiruvchanligining boshlang‘ich qiymati katta bo‘lishi kerak. Bu materiallarga sof temir, temirning kremniy, nikel va kobalt bilan qotishmalarini misol tariqasida keltirish mumkin. Texnik sof temir (qo‘shimchalari 0,1%) oddiy pechlarda olinadi. Uning ayrim magnit xossalari 1jadvalda keltirilgan. Bu temir o‘zgaruvchan tok zanjirida ishlatiladigan elektromagnit yoki rele uchun o‘zaklar tayyorlashda ishlatiladi. Ular varaq yoki silindr shaklda yupqa (0,2–4mm) qilib tayyorlanadi.
1-jadval. Temir asosli magnit materiallarning xossalari.
O‘zgarmas tokda ishlaydigan elektr mashinasida qo‘llaniladigan temir tarkibida C, Si, Mn kabi qo‘shimchalarning miqdori 1,2–1,5% gacha, kam legirlangan po‘lat tarkibida esa C, Ni, Cr larning miqdori 2,5–5% gacha bo‘ladi. Bu materiallarda mexanik mustahkamlik o‘sishi bilan bir qatorda, magnitlanish xususiyati yomonlashadi. Elektrolitik temir texnik sof temirni elektroliz qilish usuli orqali olinadi. Bunday temirning tarkibidagi qo‘shimchalarning umumiy miqdori 0,05% dan oshmaydi. Elektrolitik temirga ishlov berib, zarralarining o‘lchami 50–100mkm bo‘lgan kukun olinadi. Bu kukunni bosim ostida ishlash orqali undan o‘zaklar tayyorlanadi. Ular chastotasi 100–1000Gs atrofida bo‘lgan asboblarda qo‘llaniladi.
Kremniyli elektr texnik po‘lat temir va kremniy qotishmasidan iboratdir. Undan tayyorlangan listlar elektr texnik po‘lat listlar deyiladi. Bu po‘lat asosiy magnit materiallaridan biri bo‘lib, sanoat chastotasida ishlaydigan elektr mashina va apparatlarida keng qo‘llaniladi. Temir tarkibiga kremniy kiritishdan asosiy maqsad materialning solishtirma qarshiligini oshirish va undagi uyurma tok miqdorini cheklashdan iboratdir. Kremniy elementi temirning magnit xossalarini deyarli o‘zgartirmagan holda magnit maydonni sezilarli darajada oshiradi. Po‘lat o‘ram, varaq va tasma ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Ular izolyatsiya qoplamali qilib ham chiqariladi. Po‘latlar transformator, elektr mashinasi va asboblarning magnit zanjirlarida qo‘llaniladi. Teksturlangan po‘latlar transformatorlar o‘zagi uchun ishlatiladi. Bunday po‘latdan foydalanish quvvatli transformatorlar hajmi va tashqi o‘lchamini 20–25% kamaytirish imkonini beradi, radio transformatori hajmini esa 40% gacha kichraytiradi.
|
| |