Qattiq magnit materiallar




Download 291,67 Kb.
bet3/3
Sana02.12.2023
Hajmi291,67 Kb.
#109854
1   2   3
Bog'liq
Magnit materiallar

Qattiq magnit materiallar
Qattiq magnit materiallar tarkibi, holati va olinish usullariga ko‘ra quyidagicha tasniflanadi:
1) legirlangan martensit po‘latlari;
2) quyma qattiq magnit qotishmalari;
3) kukunlardan tayyorlangan magnit;
4) qattiq magnitli ferritlar;
5) egiluvchan qotishmalar va magnit tasmalari.
Qutblar orasida havo bo‘shlig‘i mavjud bo‘lganida energiyaning bir qismi magnit materiali hajmidan tashqaridagi maydon bilan bog‘liq bo‘ladi. Mazkur energiyaning qiymati bo‘shliqning uzunligiga bog‘liq. Magnit qutblarining magnitsizlanishi hisobiga oraliqdagi induksiya Bd qoldiq induksiya Br ga nisbatan kichikroq bo‘ladi. Elektr texnikada magnit materiali sifatida ilk bor qo‘llanilgan qotishma alni deb atalgan. Uning tarkibi 11–16% Al, 24–30% Ni, 54–65% Fe elementlaridan iborat. Alnining Hc qiymati uglerodli po‘latnikiga nisbatan 10 barobar yuqori. Juda qattiq material bo‘lganligi sababli, alniga mexanik ishlov berib bo‘lmaydi. Alnidan magnit quyish usuli bilan olinib, kerakli tuzilish sovitish jarayonida hosil qilinadi. Qotishma magnit xossalarining yaxshilanishi, uning tarkibi bilangina emas, balki maxsus ishlov berish – quymani kuchli sovitish jarayoni bilan ham aniqlanadi. Alni, alniko va magniko qotishmalarining kamchiligi ulardan aniq o‘lchamli kichik mahsulotlar tayyorlashning mushkulligidir. Platinali qotishmalar temir yoki kobalt tarkibiga 77–78% platina qo‘shish orqali olinadi. Bu materialda Hc qiymati keskin oshib, induksiya qiymati esa pasayadi. Narxi balandligi sababli, bu materiallar maxsus apparatlarda juda kichik hajmli magnitlar tayyorlashda qo‘llaniladi.
Download 291,67 Kb.
1   2   3




Download 291,67 Kb.