|
Mavzu: Maktab kutubxonalari fondini shakllantirish va butlash Reja
|
bet | 6/6 | Sana | 01.12.2023 | Hajmi | 21,7 Kb. | | #109455 |
Bog'liq Maktab kutubxonalari fondini shakllantirish va butlash Xulosa.
Men Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki axborot-kutubxona fondi. Kutubxona fondini tashkil qiladigan materiallarning mustahkam bolishiga ularni himoya qatlami bilan ta’minlash orqali erishiladi. Odatdagi qalin muqova, super muqova, papka, quti, g‘ilof, muqovani o'raydigan kleyonka, kitob tashiladigan idish ana shunday qoplamlar vazifasini o‘taydi. Nashrlarning normal fizik holati asrashning to‘g‘ri usullari bilan saqlanadi. Kitoblarning aksariyat turlari tikka qo‘yiladi, ularning orasida, albatta, havo o‘tib turadigan tirqish bo‘lishi shart. Stelaj tokchalarida bo‘sh joy bo‘lsa, turli xil tuzilgan tutqichlardan foydalaniladi. Faqat katta kitoblar gazeta va boshqa katta hajmli materiallar uchun yotqizilib saqlashga ruxsat beriladi.
Fondlarning umrini uzaytirish qator omillar bilan belgilanadi. Ulardan muhimlari — tabiiy va kutubxona fondi turadigan tashqi muhit vujudga keltiradigan sun’iy omillardir. Tashqi'muhitning asosiy ko‘rsatkichi bu havo va uning fizik xossalari (namlik, harorat) qismlarning doimiy kimyoviy tarkibi va tashqi gaz, mexanikaviy aralashmalar (chang, tutun, qurum), mavjud bakteriyalar bilan ifloslanishdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
О. Alimova. Kutubxonashunoslik. 3 jildli. Т., «ILM ZIYO», 2007.
E. Yo’Idoshev. Kutubxona va yosh kitobxon. Т., 2003.
B.I. Ganiyeva Axborot-kutubxona katologi va fondi. T 2017 “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashiryoti”
O. Qosimova, T. Yesimov. Umumiy kutubxonashunoslik. Т., « O’qituvchi», 1994.
Internet saytlari:
https://ziyouz.uz/
https://n.ziyouz.com/
https://e-library.namdu.uz/
http://fayllar.org
|
| |