Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5
31
ASALARI KASALLIKLARI VA UNGA QARSHI KURASH CHORALARINI
TASHKIL ETISH
Murodova Hilola Zafarjon qizi
Namangan Davlat Universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.6718907
Annotatsiya:
Ushbu maqolada asalarichilik fermer va sanoat xo’jaligidagi
infeksion va invazion kasalliklari va unga samarali yechimlarni qo’llash,
zararkuranda turlarni o’rganish mobaynida ularni fermer va sanoat xo’jaligida
biologik, kimyoviy va mexanik usullarni o’rganib, kushandalarni oldini olish va
xalqimizga sifatli asal yetishtirish haqida soʻz yuritiladi.
Kalit so’zlar
asalari oilasi, infeksion kasalliklar,
invazion kasalliklar,
nomzematoz, zararkuranda hasharotlar, pestitsidlar,
dezinfeksiya, integral himoya
qilish usuli.
Abctract:
This article discusses infectious and invasive diseases in beekeeping
and industrial farming and the application of effective solutions to it, the study of pest
species in biological and chemical and mechanical
methods in agriculture and
industry, the prevention of bee stings and the cultivation of quality honey for our
people. We are talking about.
Keywords
bee family, infectious diseases,
invasive diseases, nomzematosis,
pests, pesticides, disinfection, integrated protection method.
Аннотация:
В данной статье рассматриваются инфекционные и
инвазионные болезни в пчеловодстве и промышленном животноводстве и
применение эффективных
средств борьбы с ней, изучение видов вредителей
биологическими и химико-механическими методами в сельском хозяйстве и
промышленности, профилактика укусов пчел и выращивание качественного
меда для наш народ.Мы говорим o.
Ключевые
пчелиная семья, инфекционные болезни, инвазионные болезни,
номзематоз, вредители, пестициды, дезинфекция, комплексный метод защиты.
Asalari oilasining sog‘lomligi, u yoki bu kasalliklarga
chidamliligi tuxumdan
chiqqan lichinka va yetuk asalarilarni doimiy ravishda ko‘rib chiqish va veterinariya-
bakteriologik laboratoriyalarda tahlil qilish yo‘li bilan aniqlanadi. Nasldor oilalar esa
mutloq sog‘lom bo‘lishi kerak. Asalarilar har xil kasalliklar bilan kasallanishi
mumkin. Ular infeksion, invazion va yuqumsiz kasalliklarga bo‘linadi.
Infeksion
kasalliklarning qo‘zg‘atuvchisi kelib chiqishi o‘simlikda bo‘lgan bakteriya, virus va
zamburug‘lardir. Invazion kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilari bir hujayrali va ko‘p
hujayrali parazit hayvonlardir. Yuqumsiz kasalliklar asalari oilasining hayoti uchun