• Yevropa chirish kasalligi.
  • Kasallik tarqalish yo‘llari.
  • Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5




    Download 0,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/6
    Sana11.06.2024
    Hajmi0,78 Mb.
    #262553
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    asalari-kasalliklari-va-unga-qarshi-kurash-choralarini-tashkil-etish

    Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5 
    33 
    Va yana ko’pgina olimlar asalari va ularni ko’payishi, rivojlanishi, ularga xavfli 
    kasalliklarni davolash choralarini ishlab chiqishdi. 
    Asalarilarni zararkurandalarini aniqlash va ularni oldini olishdagi samarali 
    usullardan biologik, kimyoviy, mexanik va yana integral himoya qilish 
    hisoblanadi.Integral himoya usulining asosiy vazifasi ishlov berish vositalari, usullari, 
    muddatlarini zararkunanda hasharotlar va kasallik qoʻzgʻatuvchilarni koʻplab 
    yoʻqotadigan, shu bilan birga ularning kushandalari — entomofaglarda zarar 
    yetkazmaydiganlarini tanlashdan hamda odam, issiqqonli hayvonlar, asalari, ipak 
    kurti va boshlarni pestitsidlarning zaharli taʼsiridan himoya qilish choralarini izlab 
    topishdan iborat. Hozirgi zamon tushunchasiga koʻra, integral himoya usuli — 
    maʼlum agrobiotsenoz doirasida ichki va populyasiyalararo munosabatlarni 
    boshqaruvchi sistemadir.Asalarilarga zararkurandalar xavf solganda integral himoya 
    usulini qo’llash taqazo etadi.[5] 
    Yevropa chirish kasalligi. 
    Yevropa chirish kasalligi yuqumli kasallik bo‘lib, 
    avvalo ochiq, so‘ngra yopiq naslda bo‘ladi. Kasallik, asosan, asalarining tuxumdan 
    chiqqan naslini shikastlantiradi, erkak naslini kamroq zararlantiradi. Kasallanish 
    lichinkalar tuxumdan chiqqach, 3–4 kundan keyin boshlanadi. Kasallikning kelib 
    chiqishiga ob-havoning bulutligi, namli bo‘lishi, arixonaning sovuqda qolishi
    oziqning yetarli bo‘lmasligi va shunga o‘xshash asalari oilasining kuchsizlantiradigan 
    omillar sabab bo‘ladi. Bu kasallikni pluton sreptokokklari qo‘zg‘atadi. Kasallik 
    qo‘zg‘atuvchi streptokokklar pergada butun qish, mumkatak va asalda yil davomida 
    saqlanib qolishi mumkin. 
    Kasallik tarqalish yo‘llari.
    Kasal asalari oilalari kasallikni tarqatuvchi asosiy 
    manba hisoblanadi. Kasal bo‘lgan butun oila asalarilari kasallikni qo‘zg‘atuvchi 
    streptokokkni olib yuruvchilar bo‘ladi. Chunki bunday oilada pluton streptokokklari 
    asalarida, asalda, perga va mum inlarda bo‘ladi.Lichinkalar zaharlangan asal va perga 
    bilan oziqlanadi. Ona asalari Yevropa chirish kasalligini o‘zining nasliga yuqtiradi. 
    Bir oiladan ikkinchi oilaga kasallik o‘g‘ri ishchi asalarilar, erkak arilar, umumiy suv 
    idishi orqali va rom almashtirish vaqtida o‘tishi mumkin.[3:76] 

    Download 0,78 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 0,78 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

    Download 0,78 Mb.
    Pdf ko'rish