|
Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5Bog'liq asalari-kasalliklari-va-unga-qarshi-kurash-choralarini-tashkil-etishTalqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5
32
kerak bo‘lgan sharoitlarning buzilishi natijasida kelib chiqadi. Agarda bu sharoit
tiklansa, kasallik yo‘q bo‘lib ketadi. Asalari oilalarini sog‘aytirish uchun kasallikni
o‘z vaqtida aniqlab, unga qarshi kurashda davolash, sanitariya va profilaktika
tadbirlarining to‘liq majmuasini qo‘llash kerak.
Asalari zararkurandalari asalarilarni
yo’q qiluvchi va shu tufayli asalarichilik xo’jaliklariga katta zarar yetkazuvchi
hayvonlar.
Zararkurandalar turli xil sistematik guruhlarga bo’lingan bo’lib, ularning orasida
sutemizuvchilar, qushlar,sudralib yuruvchilar va amfibiyalar, antropod hasharotlar,
o’rgimchaklar, santipidlar bor. Zararkurandalar turli xil zonalarda tarqalgan bo’lib,
umumiy olganda asalarichilikka katta zarar yetkazadi. Lekin, har bir guruh
zararkurandalarining asalarilariga keltirishi mumkin boʻlgan zarari ushbu guruhning
biologik xususiyatlari va tarqalish darajasiga bogʻliq.
Asalarichilik tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish, tarmoqda
naslchilik ishlarini ilmiy asosda tashkil etish, asalarichilik xo‘jaliklari faoliyati
samaradorligini oshirish, asal mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va turlarini yanada
ko‘paytirish, asalni qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish,
sohaning eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, asalarichilik sohasidagi ilg‘or
tajribalarni respublikamizning barcha hududlarida tatbiq etish maqsadida
Prezidentimiz 2017-yil PQ-3327 sonli qarorida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq
xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Ekologiya
va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda Aksiyadorlik-tijorat
“Aloqabank”ning (keyingi o‘rinlarda AT “Aloqabank” deb ataladi) “O‘zbekiston
asalarichilari” uyushmasini (keyingi o‘rinlarda Uyushma deb ataladi) tashkil etish
to‘g‘risidagi qarorni farmoyish qildi va bu amaliyotda tatbiq qilindi.[1]
Koʻp yillik asalarichilik tarixini oʻrganish va asalari oilalarini parvarishlash,
rivojlantirish, asal olishni ko’paytirish borasida quyidagi insonlar mehnatini eslab
oʻtish lozim.
1.1814-yili Ukrainalik asalarichi Pyotr Ivanovich Prokopovich asalarilar
hayotini, daraxt g’ovaklarida mumkatak inchalarining joylashishi, mumkatak inchalar
tortishi kabi xususiyatlarini oʻrganib, dunyoda birinchi boʻlib, ramkalar joylashtirib,
ari oilasi boqiladigan asalari uyasini yaratdi.
2. 1827-yili nemis asalarichisi Iogan Mering birinchi boʻlib asalari inchalarini
tag qiyomni tushiradigan mumparda varoqlarini ramkalarga yaratgan.Mumparda
varaqalarini ramkalarga solib asalari oilalariga qo’yilsa, asalarilar mumpardaga
asalari inchalari devorlarini olti qirrali qilib tortadilar.
3.1865 -yil Chexoslovakiyalik asalarichi Frans Grush markazdan qochish kuchi
mumkatak
ramkalaridagi
asalni
olish
moslamasini
yaratdi
va
asalari
zararkurandalarini o’rgandi.[2:4]
|
| |