|
Tabiat qo‘ynida
|
Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 14,74 Kb. | | #252606 |
Bog'liq 4- sinflar uchun diktant matnlari
Tabiat qo‘ynida
Tun bo'yi yog'gan yomg'ir ertalab tindi. Bulut tarqalib, osmon tiniq moviy tusga kirdi. Yomg'irda to'yib suv ichgan asalarilar xushbo'y atirgullar atrofida parvona bo'la boshladilar.
Mana, arilardan biri endi ochilgan binafshaga qo'ndi. Undan simirib-simirib sharbat ichdi.
Gulnora quvonch bilan arilarni kuzatardi. Ana boshqalari xushbo'y o'tlar orasidan mayda gullarni axtarardi.
Tabiat yanada jonlandi. Quyosh mo‘l nur sochdi. Gulnora qo'shiq aytib, bog'ni aylandi. Qoqigullardan boshiga gulchambar taqdi. U juda go‘zal bo'lib, uyiga qaytdi.
(70 ta so’z)
Bug‘doy
Iyun oyida bug‘doylar sarg'ayib yetiladi va o'riladi. Bug'doyni o'rganda boshoqlari shimol tomonga, poyasi esa janub tomonga qaratib qo'yiladi. Nimaga deb so'rarsiz? Quyosh janub tomondan tushadi. Poyadagi namlik boshoq tarafga qarab intiladi. To'lmagan donlar to'lishadi. Bug'doy poyasiga ilashgan o‘t va pechaklar tez quriydi. Qurigan boshoqlarni xirmonga erta tongdan kun qiziguncha olib chiqish kerak. Bo‘lmasa donlar to'kilib, isrof bo'ladi.
Bolalar, faraz qiling-a, non bizga yetib kelguncha qancha mehnat qilinadi? Nonni isrof qilmang!
(70 ta so’z)
Suv — ob-hayot
Suv — hayot manbayi. Inson uchun eng aziz tabiiy ne’mat. Obi hayotdan oqilona foydalanish lozim. Suvni musaffo saqlash kerak. Shunda inson salomatligi ham yaxshi bo'ladi.
Suvni isrof qilmaslik har bir insonning burchi. Atrofimiz go'zalligi, noz-ne’matlarning serob bo'lishi ham suvga bog'liq. Keyingi paytlarda suvga e’tibor susaydi. Ariqlardan toza suv oqmay qo'ydi. Chunki ariqlarga iflos narsalarni tashlaydilar. Bu ish esa katta gunoh. Suvga munosabatni o'zgartirish kerak.
Biz sinfimizda suv haqida suhbat o’tkazdik.
(69 ta so‘z)
Quyosh avtomobil yurgizadi
Quyosh nuridan hamma ishlarda foydalanish mumkin. Konstruktor va olimlarimiz quyosh nurlari yordamida kemalarni, avtomobillarni yurgizishga muvaffaq bo’ldilar.
Quyosh energiyasidan, asosan, ikki yo‘1 bilan foyda- laniladi.
Birinchidan, quyosh nurlari quyosh batareyalariga tushirilib, to‘g’ridan-to'g'ri elektr energiyasiga aylantiriladi. Olingan elektr energiyasi radiopriyomnik, mashina va boshqa qurilmalarni ta’minlash uchun yuboriladi. Bu usullarni qo'llash orqali qancha avtomobillarni tez va oson yurdirish imkoni yaratiladi.
Aynan hozir aholini elektr energiyasi bilan ta’minlashda quyosh panellaridan foydalanilmoqda
(67 ta so’z)
|
| |