Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5
34
kasallikni davolashda qo‘llaniladigan vositalar sulfodimizen va antibiotik
preparatlardir. Bu preparatlar asalarilarni oziqlantirish uchun ishlatiladigan
davolash
siroplari yoki suv eritmalari holida ishlatiladi. Suv eritmalar asalari uyalariga
sepiladi. Davolash siropini tayyorlash uchun quyidagi
preparatlardan birini olish
mumkin: norsulfazol natriy, sanazin, sulfantrol, sultsimid, streptomitsin, terromitsin,
tetratsiklin va hokazo.
Kurash choralari
. Yevropa chirish kasalligi gacha bo‘lgan hududlarga karantin
e’lon qilinadi. Yevropa chirish kasalligi yo‘q qilinganidan keyin bir yil o‘tgach
arixona karantindan chiqadi.
Invazion kasalliklar va ularni davolash
Nozematoz
. Bu asalarilarning yuqumli kasalligi bo‘lib,
uni apis nozemasi
qo‘zg‘atadi. Nozematoz bilan katta asalarilar, ona
va erkak arilar kasallanadi,
lichinkalarga esa ta’sir qilmaydi. Kasallikni qo‘zg‘atuvchi nozema apis bir hujayrali
organizm bo‘lib, asalarining o‘rta ichagida parazitlik qiladi. Bu yerga u zararlangan
oziq bilan tushadi. Nozema sporalar hosil qilib o‘sishi natijasida amyobalar chiqadi.