|
Mavzu: Maktabgacha taʼlim davrida yosh davrlarining òziga xos xususiyatlari fan o‘qituvchisi: abdusharipova shaydo
|
bet | 2/3 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #235438 |
Bog'liq Zoirova H. Maktabgacha taʼlim davrida yosh davrlarining òziga xos xususiyatlari - Mohiyatiga ko‘ra innovatsiyalar munosabat yoki jarayonga yangilik kiritishning dinamik tizimi sanaladi. O‘z-o‘zidan tizim sifatida yangilik kiritirish munosabat yoki jarayonning, birinchidan, ichki mantig‘ini, ikkinchidan, kiritilaytgan yangilikning muayyan vaqt oralig‘ida izchil rivojlanishi va atrof muhitga ko‘rsatadigan o‘zaro ta’sirini ifodalaydi. V.A.Slastenin innovatsiyani yangilik yaratish, keng yoyish va foydalanishga qaratilgan maqsadga muvofiq, yo‘naltirilgan jarayoni majmui deb biladi. Muallifning fikriga ko‘ra har qanday innovatsiya yangi vositalar yordamida ijtimoiy sub’ektlarning ehtiyojini qondirish va intilishlarini rag‘batlantirish maqsadini ko‘zlaydi.
Innovatsion yondashuv tarixi - Har qanday innovatsiyada “yangi”, “yangilik” tushunchalari muhim ahamiyatga ega. Turli munosabat va jarayonlarga kiritilayotgan yangilik mazmunan xususiy, sub’ektiv, mahalliy va shartli g‘oyalar tarzida namoyon bo‘ladi. Xususiy yangilik munosabat, ob’ekt yoki jarayonga tegishli elementlardan birini o‘zgartirish, yangilashni nazarida tutadi. Sub’ektiv yangilik ma’lum ob’ektning o‘zini yangilash zaruriyatni ifodalaydi.
Innovatsion jarayonlarni tashkil etishda o‘ziga xos yondashuvlar - Innovatsion jarayonlarni tashkil etishda o‘ziga xos yondashuvlar kuzatiladi. Ular:
- 1. Gnostik-dinamik yondashuv unga ko‘ra pedagoglar pedagogik innovatsiyalar, ularning turlari, yaratilishi, amaliyotga tadbiq etilishi, xorij mamlakatlarida yaratilgan ilg‘or pedagogik innovatsiyalar va ularni o‘rganish, mahalliy shart-sharoitlarni inobatga olgan holda amaliyotda ulardan foydalanishga doir bilim, ko‘nikma, malakalarni izchil o‘zlashtiradilar, o‘z faoliyatlarida pedagogik innovatsiyalarni faol qo‘llash borasidagi tajribalarni o‘zlashtiradilar.
Innovatsion jarayonlarni tashkil etishda o‘ziga xos yondashuvlar - 2. Individual faoliyatli yondashuv bunda pedagoglar o‘zlarining indiviual imkoniyatlari, qobiliyatlari, tajribalariga tayangan hola amaliy faoliyatda pedagogik innovatsiyalarni qo‘llashda muayyan izchillikka erishadilar.
- 3. Ko‘p sub’ektli yondashuv mazkur yondashuv pedagogik jarayonda innovatsiyalarni hamkasblarning o‘zaro, xususan, ko‘p yillik ish tajribasi, kasbiy mahorat va tajribaga ega pedagoglarning faoliyatlari bilan tanishish, ularning ta’lim innovatsiyalarini samarali, maqsadli va uzluksiz qo‘llashga doir tavsiya hamda ko‘rsatmalaridan foydalanishlarini ifodalaydi.
|
| |