|
Mavzu: Maktabgacha taʼlim davrida yosh davrlarining òziga xos xususiyatlari fan o‘qituvchisi: abdusharipova shaydo
|
bet | 1/3 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #235438 |
Bog'liq Zoirova H. Maktabgacha taʼlim davrida yosh davrlarining òziga xos xususiyatlari - UNIVERSITY OF BUSINESS AND SCIENCE MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETI MAKTABGACHA TA’LIM YO‘NALISHI TALABASI ZOIROVA HILOLANING MAKTABGACHA TA’LIM-TARBIYANI TASHKIL ETISH FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI
MAVZU: Maktabgacha taʼlim davrida yosh davrlarining òziga xos xususiyatlari Reja: KIRISH - Innovatsion texnologiyalar jadallik bilan rivojlanib borayotgan bugungi davrda, ushbu texnologiyalar maktabgacha ta'limda ham ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa yurtimizda keyingi yillarda ko'plab izlanishlar natijasi sifatida yangicha yondashuvdagi ta'limiy faoliyatlar amaliyotga tadbiq etilmoqda. Chunki innovatsion texnologiyalar ta'lim samaradorligini ta'minlabgina qolmay, bolalarda tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishda ham beqiyos o'rinni egallaydi. Zero, yurtboshimiz Sh. Mirziyoyev aytganlaridek: "Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo'liga o'tmoqdamiz. Bu bejizga emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g'oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi.
Innovatsion yondashuv tarixi - Zamonaviy ta’limga xos muhim jihatlardan biri – pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish sanaladi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish masalasi o‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab jiddiy o‘rganila boshlagan. Xususan, X.Barnet, J.Basset, D.Gamilton, N.Gross, R.Karlson, M.Maylz, A.Xeyvlok, D.Chen, R.Edem, F.N.Gonobolin, S.M.Godnin, V.A.Kan-Kalik hamda V.A.Slastenin kabi tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan ishlarda innovatsion faoliyat, pedagogik faoliyatga innovatsion yondashish, innovatsion g‘oyalarni asoslash va ularni amaliyotga samarali tatbiq etish, xorijiy mamlakatlar hamda respublikada yaratilgan pedagogik innovatsiyalardan xabardor bo‘lish orqali pedagog faoliyatida ulardan faol foydalanish borasidagi amaliy harakatlar mazmuni yoritilgan.
|
| |