|
I BOB. MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNI UMUMINSONIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASHNING ILMIY - NAZARIY ASOSLARI
|
bet | 2/4 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 160,04 Kb. | | #134283 |
Bog'liq Maktabgacha ta\'lim yoshidagi bolalarni muhit tasirida tarbiyalashI BOB. MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNI UMUMINSONIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASHNING ILMIY - NAZARIY ASOSLARI
1.1. Umuminsoniy qadriyatlarning mohiyati, jamiyatdagi o‘rnini pedagogika-psixologiyada o‘rganilishi
Mustaqillik mevasi bo‘lgan, biz qurayotgan huquqiy, demokratik jamiyatning ma’naviy binosi mustahkam bo’lishi kerak. Bu esa avvalo, avlodni chuqur bilimli, teran fikrli o’z o‘tmish durdonalaridan va ma’naviy qadriyatlaridan xabardor, vatanparvar, xalqparvar, fidoiy qilib tarbiyalashni taqozo etadi. Komil inson shaxsini tarbiyalash ishi esa eng murakkab qiyin jarayondir. Bu jarayonni amalga oshirishda ular ongiga milliy va ma’naviy qadriyatlarni singdirish maqsadga muvofikdir. Demak, yosh avlod qachonki o‘z tarixini, madaniyatini, milliy qadriyatini, tilini, dinini va urf - odatlarini mukammal bilgandagina mustaqillikning tub mohiyatini yanayam chuqurrok anglaydi . Milliy istiqlol mafkurasi xam ana shu milliy qadriyatlarga asoslanib yaratilishi bejiz emas, albatta. Bu borada Prezidentimiz I.Karimovning « Xar bir fuqaro ajdodlarimizning bebaxo merosi, milliy qadriyat va an’analarimizga munosib bo’lishga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchanlik ishlarida da’vat qilish, shu mukaddas zamin uchun fidoiylikni hayot mezoniga aylantirish - milliy istiqlol mafkuramizning bosh maqsadidir»- deganlari ayni muddaodir . Prezidentimiz I.A. Karimovning bir qancha asarlarida, «Ta’lim to‘g‘risida» gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va boshqa manbalarda Respublikamiz yoshlarini qanday insonlar qilib maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlari lozimligi aniq belgilab berilgan. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashdan asosiy maqsadi - yosh avlodni har tomonlama yetuk, jamiyatimiz taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan barkamol insonlar etib shakllantirishdir. Barkamol inson o‘zida ma’naviy va jismoniy yetuklikni mujassam etadi. Yoshlarimizni qadriyatlar asosida tarbiyalash uchun birinchi galda sharq mutafakkirlarining meroslari dasturi amal bo‘lib xizmat qiladi. Al - Farobiy, A.Yassaviy, B.Naqshbandiy, Al - Buxoriy, Beruniy, Ibn Sino, Al -Xorazmiy, Al - Farg‘oniy, Firdavsiy, A.Temur, A. Navoiy va Bobur singari jahonga taniqli bir necha aql egalarining ijtimoiy - siyosiy, falsafiy qarashlariga tayanib ish ko‘rilsa maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlari ta’sirchanligi yanada mukammallik kasb etadi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash, ma’naviy qadriyatlar va istiqlol istiqboli xamda mafkuraviy ong, yashash tarzi haqida, ya’ni avlodlar mushtarakligi to‘g‘risida fikr yuritar ekanmiz , uni uch toifaga bo‘lish lozim : Keksa avlod istiqlolni ardoqlab shunday erkin va ozod kunlarga yetib kelgani uchun shukronalar aytayotgan bo’lsa,o’rta avlod talabchan, ochig‘ini aytish kerakki, hayotda o’z o’rnini topayotir, ayrim hollarda, iste’molchilik kayfiyatida xam yelib yugurmoqda, yosh avlod esa hayotga faol kirib kelmokda, ularning yashash tarzi to‘g‘risidagi qarashlarning shakllanishida milliy va ma’naviy qadriyatlarning aloxida o’rni va ahamiyati borligini ta’kidlash mumkin va ayni paytda, ularning hayotdagi ma’naviy - ma’rifiy o‘zgarishlarni, ya’ni mafkuraviy talablarni idrok etishdagi burchi va mas’uliyatini anglash tuyg‘usi tobora o’sayotganliga guvohmiz. Xo’sh, ma’naviy qadriyatlarimiz xususida sharq mutafakkirlarimizning ilmiy, ma’rifiy merosi borasida yoshlarimizning tasavvur va bilim darajasi qanday? Qayd qilish lozimki o‘rta asrlar uyg’onish davri, bunyodkorlari bo’lmish allomalar bizning ajdodlarimiz ekanligidan faxrlanamiz. Bu borada Ibn Sinoning ma’naviy merosida qator muammolar tizimida axloq-odob masalalari e’tiborli saloxiyatga egadir . Uning «Burch haqida risola» , «Aqloq haqida risola» , «Insof haqida risola» kabi asarlarida ahloq - odobning g’oyat muxim qirralari bayon etilgan. Mutafakkirlarning asarlarida, jumladan « Tadbiri manzil» risolasida ham inson tabiati azaldan axloqli yoki axloqsiz bulmaydi, degan g‘oya muxim ahamiyat kasb etadi. Aslida odamlar tayyor fazilat, odat va hayotiy ko‘nikmalar bilan tug‘ilmaydilar. Bunday xususiyatlar ularning ijtimoiy hayotida shaxsiy va o‘zgalar tajribasi, ajdodlar an’analari, ta’lim - tarbiyaning faol ta’siri ostida asta - sekin shakllana boradi. Ta’lim - tarbiya o‘zgalarning ma’naviy ta’siri ostida inson uzida ijobiy axloqiy fazilatlarni shakllantiradi yoki «yomon do’stlar» ya’ni salbiy odatlar sohibiga aylana boradi. Jahonda XII asrdan boshlab xanuzgacha algebra fani asoschisi sifatida Al- Xorazmiy nomi ulug‘lanadi. Hozirgi zamonda kosmik kemalar, havo transporti, hisoblash texnikasi, ishlab chiqarishning texnologik jarayonlar algoritmi qoidasi asosida ishlaydi. Abu Nasr Farobiy inson aqliy va ijodiy faoliyatining takomillashuvida musiqiy ohanglarning fizikaviy holatiga asos soldi. U musiqaning matematik nazariyasini yaratdi. Bunday yaratuvchanlik milliy va ma’naviy qadriyatlarimiz sifatida ulug‘lanar ekan, ularni o‘rganish, o‘zlashtirish yosh avlodning muhim burchi bo‘lmog‘i kerak. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash, bu yosh avloddan milliy g‘oya asosidagi tafakkur, chuqur bilim va ixtisoslikni talab qilmokda. Uning negizi - milliy qadriyatlarimizdir. « Yangicha yashash, ozod va obod Vatan erkin va farovon hayot qurish tuyg’usi esa yosh avlod oldiga keksa avlodga qaraganda mas’uliyatliroq vazifalarni qo‘ymoqda. Xususan, ong va tafakkur hamda ma’naviy qadriyatlardagi o’zgarishlar hayot talabidan orqada qolayotganligi ma’naviy salohiyatdagi qusurlar bilan bog‘liqdir. Shunday qilib, qadriyatlar - harakat usuli, metodikasi va uning individual yetimga aylanishi uchun shart-sharoit yaratish degan ma’noni bildiradi. Mustaqillik milliy ma’naviyatimizning zaminini tashkil qiluvchi «qadriyatlar», «milliy istiqlol», «milliy iftixor», «milliy g‘urur», «milliy ong» kabi tushunchalarning ijtimoiy siyosiy va kundalik hayotimizdagi asosiy ahamiyati va o‘rnini qayta tiklab berdi. Bu bizning ma’naviy hayotimizda qo‘lga kiritgan katta yutuqlarimizdandir. Xo’sh, qadriyatlar o‘zi nima? Ularning mohiyati, asosiy jihatlari nimadan iborat? Eng avvalo, shuni qayd qilish kerakki, qadriyatlar juda sermazmun va ko‘p qirrali tushunchadir. Shuning uchun ham adabiyotlarda mazkur tushunchaning mohiyatini ifodalashda turlicha yondashuvlarni uchratishimiz mumkin. Masalan, «Falsafiy ensiklopediya»ning beshinchi jildida qadriyatlar quyidagicha tavsiflangan: «Qadriyat fal safiy va sotsiologik tushuncha. U, birinchidan, biror obyektning ijobiy yoki salbiy qimmatini, ikkinchidan, ijtimoiy ongning normativ, belgilovchi —bag‘ishlovchi jihati (subyektiv qadriyatlar yoki ong qadriyatlari)ni ifoda etadi. Shunga ko‘ra obyektiv (ashyoviy) va subyektiv (ong) qadriyatlari bir biridan farqlanadi» Mazkur manbada yozilishicha, tabiiy boyliklar va tabiat hodisalari (bular yaxshilik va yomonlik nuqtai nazaridan baholanadi) mehnat mahsullarining iste’mol qiymati (umuman foydalilik); ijtimoiy hodisalarda mujassamlashgan ijtimoiy ezgulik va yovuzliklar; tarixiy hodisalarning progressiv yoki reagion ahamiyati, hozirgi zamon kishilarining boyligi sifatida namoyon bo‘luvchi moziyning madaniy merosi, ilmiy haqiqatning foydali samarasi yoki nazariy ahamiyati, kishilarning hatti harakatlarida ifodalanuvchi axloqiy, yaxshilik yoki yomonlik, tabiiy va ijtimoiy obyektlarning hamda san’at asarlarining estetik jihatdan tavsiflanishi, sajdagohlar, diniy ibodat buyumlari va boshqalar ashyoviy qadriyatlarga kiradi. Ong qadriyatlariga normativ tasavvurlar (yaxshilik va yomonlik adolat, go‘zallik va xunuklik haqidagi, tarixning ma’nosi va insonning vazifasi haqidagi tasavvurlar, ideallar, harakat meyorlari va tamooyillari tarzida ifodalangan ijtimoiy ko‘rsatmalar va baholar, talab va ta’qiqlar, maqsad va loyihalar kiradi. Qadriyatlarni mazmuni va xarakteriga ko‘ra progressiv va reagion tiplarga ajratish mumkin». Bu esa, mazkur kategoriyani o‘ta sig‘imdor qilish bilan birga uni izohlashni mushkullashtiradi. Turli chalkashliklar keltirib chiqaradi. Shu jihatdan taniqli faylasuf olim V.P.Tugarinovning fikri e’tiborga loyiqdir: «Qadriyatlar muayyan jamiyat yoki guruhga mansub kishilar turmushi va madaniyatining haqiqiy yoki ideal ne’matlari bo‘lgan tabiat va jamiyat hodisalarining mohiyati (yoki hodisaning bir jihati)dir. Bu ne’matlarning qadriyatlar deyilishiga sabab kishilar ularni qadrlaydilar, chunki bu qadriyatlar ularning shaxsiy va ijtimoiy turmushini boyitadi. Shuning uchun ham kishilar o‘z tasavvurlaridagi qadriyatlarni himoya qiladilar va o‘zlari uchun maqsad yoki ideal bo‘lgan qadriyatlarni amalga oshirishga intiladilar. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashda, qadriyatlar ichida eng birinchi va eng umumiysi hayotning o‘zidir, chunki hayotdan mahrum bo‘lish qolgan barcha qadriyatlardan foydalanishni yo‘qqa chiqaradi. Qadriyatlarning boshqa turlari, aslini olganda, hayot ne’matlarining mohiyatidir, madaniy qadriyatlardir». V.P.Tugarinov «qadriyat» va «baho» tushunchalarini bir biridan farqlash zarurligini uqtiradi. U yoki bu hodisani qadriyatlarga mansub hisoblash, ya’ni uni qadriyatlarga qo‘shish yoki qo‘shmaslik ana shu munosabatga, ijobiy yoki salbiy bahoga bog‘liq. Yosh avlodni maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlarini shakllantirish – bizning burchimizdir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
I BOB. MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNI UMUMINSONIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASHNING ILMIY - NAZARIY ASOSLARI
|