|
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning prinsiplari va usullari
|
bet | 3/4 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 160,04 Kb. | | #134283 |
Bog'liq Maktabgacha ta\'lim yoshidagi bolalarni muhit tasirida tarbiyalash1.2. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning prinsiplari va usullari
Davlatimizning mustaqillikka erishuvi ta’lim va maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlarining milliy shakllarini rivojlantirishga keng imkoniyatlar ochib berdi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlari - ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlari nazarda tutgan holda, tarbiyachilarning tarbiyalanuvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o‘zaro amaliy va nazariy muloqatidir. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashda uning mohiyatini tushunib yetish kerak. Qadriyatlar o‘zining mohiyatiga ko‘ra bir necha turga bo‘linadi. Jumladan, inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yo’q joyda biron narsaning qadr qimmati haqida so‘zlash bema’nilikdir. Shuning uchun ham inson qadr qimmatini e’zozlash, uning turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini rivojlantirish, sog‘lig‘ini saqlash, hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining asosiy yo‘nalishini tashkil etadi. Jamiyatimizda ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlarning, islohotlarning barchasi kishilar hayoti to‘q, boy, go‘zal bo‘lishi, inson o‘zini chinakam erkin his etishi, o‘z mehnati natijasining, o‘z taqdirining, o‘z mamlakatining egasi bo‘lishini ta’minlashga qaratilgandir. Inson ehtiyojlarini qondirishda tabiiy qadriyatlar katta ahamiyat kasb etadi. Tabiiy qadriyatlarga yer va yer osti boyliklari, suv, xavo, o‘rmonlar, o‘simliklar, hayvonot dunyosi va boshqalar kiradi. Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston zamini xilma - xil qazilmalarga boy. Yer yuzasiga yaqin yotgan qazilmalarning aksariyati ochilgan va ular xalq xo‘jaligi, fan va texnika tarakqiyoti uchun xizmat qilmoqda. Shu bilan birga xali ochilmagan, ro’yobga chiqmagan konlar ham ko‘p. Bu konlarning juda oz qismi bevosita yer yuziga chiqqan bo‘lsa, aksariyati yer ichkarisida yashirinib yotibdi. Iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan tabiiy xomashyo uyumlari «foydali qazilmalar» O‘zbekiston Respublikasining milliy boyligi, uning asosiy qadriyatlaridandir. O‘zbekiston behisob tabiiy boyliklarga, qulay jug‘rofik muxitga ega. Tabiat tabiiy resurslar manbaidir. Tabiiy resurslar, ya’ni yonilg‘i, har xil metallar, rudalar, havo, suv, o‘simliklar, xayvonot dunyosi bo‘lmasa insoniyat yashay olmaydi. Tabiat biz uchun moddiy ne’matlarning bosh manbai sifatida ham, sog‘lik, shodlik, turmushga mehr-muxabbatning va har bir kishidagi ma’naviy boyliklarning bitmas tuganmas omili sifatida ham o‘zining g‘oyat zo‘r ahamiyatini hech qachon yuqotmaydi. Ona Yer kishilar uchun moddiy ne’matlar manbai, dastlabki mehnat vositalarining xazinasidir, inso niyat taraqqiyotining beshigidir. Yerdan inson o‘zi uchun zarur narsalarni undiradi. Yer insonni boqadi. Taniqli ingliz iqtisodchi olimi Vilzm Petti aytganidek, mehnat boylikning otasi bo‘lsa, Yer uning onasidir. Insonning kundalik hayoti va sevinchlari ham Yer tufaylidir. Shunday ekan, inson uchun g‘oyat darajada muxim va zarur bo‘lgan hayot manbai Yerni qadrlamaslik e’zozlamaslik mumkin emas! Zotan, O‘zbekistan Konstitutsiyasining 55-moddasida yozib qo‘yilgan: «Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muxofazasidadir» maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashda ularga birinchi navbatda inson mehnati, xatti - harakati, aql zakovati bilan yaratilgan «ikkinchi tabiat», ya’ni turli tuman moddiy boyliklar, zavod va fabrikalar, ishlab chiqarish kuchlari, transport vositalari, asbob-uskunalar, turar joy, mol - mulk, noz - ne’mat va shu kabilar moddiy qadriyatlar ekanligini tushuntirish lozim. Ma’lumki, moddiy qadriyatlarning asosini jamiyatimizning moddiy texnika bazasi tashkil qiladi. Insoniyat jamiyatining har biri o‘ziga xos moddiy texnika bazasiga ega. Ular bir - biridan sifat jihatidangina emas, balki miqdor jihatdan ham farq qiladi. Tosh va yog‘ochdan yasalgan sodda qurollarni ishlatish, yoyning ixtiro qilinishi va ov qilish, olovdan foydalanishning kashf etilishi, metalldan mehnat qurollarini yasash va boshqa shu kabilar hammasi ibtidoiy jamiyat moddiy texnika bazasi uchun harakterlidir. Biroz takomillashgan mehnat qurollarini dexqonchilik, hunarmandchilik va qurilish ishlarida qo‘llash, og‘ir jismoniy mehnat talab qiladigan barcha sohalarda qullarning mehnatidan shafqatsizlarcha foydalanish quldorlik jamiyatining moddiiy texnika bazasi uchun xos belgilardir. Shamol va suv tegirmonlaridan foydalanish, metallarni eritish va ularni qayta ishlash yo‘llarini yaxshilash feodal jamiyatiga taalluqli moddiy texnika bazadir. Yirik va kuchli mashinalarni ixtiro qilish, ijtimoiy ishlab chiqarishda fan-texnika yutuqlaridan keng foydalanish, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish, yangi texnologiyani joriy etish, tabiiy, moddiy va mehnat resurslaridan har tomonlama foydalanish industrial jamiyatning moddiy texnik bazasini tashkil etadi. Respublikamizda taraqqiy etayotgan mashinasozlik, metallurgiya, kimyo, issiqlik energiyasi, transport va aloqa, kapital qurilishi, yengil, oziq-ovqat, agrar sanoati va boshqa milliy boyliklar majmuasi mustaqil O‘zbekiston xalqining moddiy qadriyatlarini tash kil etadi. Moddiy qadriyatlarning negizini mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqligini va huquqiy jihatdan bab - baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi Prezidentimiz ta’kidlaganidek mulkchilik munosabatlari masalalarida yaqin vaqtlar ichida qat’iy o‘zgarishlar amalga oshirilishi kerak. Mulk o‘zining haqiqiy egasi quliga o‘tishiga erishish zarur. Faqat ana shundagina uning egasi ushbu mulkni saqlash va ko‘paytirish uchun kurashadi. «Mulkning, - deydi I. Karimov, —mulkdorga tom ma’noda xizmat qilishiga, uning mulk egasiga, butun mamlakatga foyda keltirib, har bir fuqaroning farovonligiga xizmat qilishiga erishish zarur. Ana shundagina paydo bo‘layotgan mulkdorlar guruhi o‘z mamlakatining iqtisodiyotini mustahkamlashdan chinakam manfaatdor bo‘ladi, ijtimoiy tuzumni mustahkamlash va himoya qilish, ijtimoiy siyosiy barqarorlikni ta’minlash uchun barcha imkoniyatlarni yaratadi». Insonning hayotida madaniy-ma’naviy qadriyatlar katta o‘rin egallaydi. Unga ilmiy texnikaviy va intel lektual imkoniyatlar, maorif, ta’lim tarbiya, tibbiy xizmat, milliy meros, turli shakllarda namoyon bo‘ladigan madaniyat durdonalari, til, adabiyot, san’at, xalq hunarmandchiligi maxsulotlari, noyob tarixiy va madaniy yodgorliklar, arxitektura va hokazolar kiradi. Markaziy Osiyo azal-azaldan ilm-fan va madaniyatning, adabiyot va san’atning markazlaridan biri bo‘lib kelgan. Bu o‘lkada yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar jahon ilm fani va madaniyatini o‘z kashfiyotlari va o‘lmas asarlari bilan ijodiy boyitib, yuqori cho‘qqiga ko‘tardilar, uning keyingi taraqqiyotiga samarali ta’sir ko‘rsatdilar. Butun madaniy olamga taniqli olimlar va mutafakkirlar, Samarkand, Buxoro, Shahrisabz, Xiva singari muxtasham shaharlar yaratuvchilari bo‘lmish ulug‘ ajdodlarimizning ijodiyoti o‘zining ulug‘vorligi va go‘zalligi bilan hozirgacha hammani lol qoldirmoqda. «O‘zbekistonda yuz berayotgan progressiv o‘zgarishlar,— deydi I.Karimov, — uning juda katta tabiiy boyliklari, ishlab chiqarish, ilmiy texnikaviy va intellektual imkoniyatlari, noyob milliy madaniy merosi, xalqimiz tarixi va hozirgi hayoti bilan qiziqayotgan dunyoning barcha mintaqalaridagi siyosatchilar, bizneschilar, oddiy odamlarni o‘lkamizga tabora ko‘proq jalb etmoqda» Endilikda mintaqamizning boy ma’naviy madaniyati, uning noyob milliy qadriyatlari, bebaho falsafiy va ma’naviy merosi xalqimizning ruhiyati, ma’naviyatini yanada yuksak darajaga ko‘tarish uchun xizmat qilmoqda. Biz Sharq sivilizatsiyasi va madaniyatiga mansubligimiz bilan faxrlanamiz, deydi Prezidentimiz I.Karimov,- Sharq sivilizatsiyasi va madaniyati esa doimo xalqni bo‘lg‘usi o‘zgarishlarga ma’naviy va ruhiy jihatdan tayyorlashga intilib kelgan. Axloqiy qadriyatlar kishilarning bir birlariga, o‘zlari mansub jamoaga, vatanga nisbatan tarixan tarkib topgan munosabatlarini ifodalaydi. Axloq muayyan xulq atvor, odob, xatti harakat, meyor, qoida va tamoyillar majmuasidir. Axloqiy tushunchalarga yaxshilik va yomonlik burch, vijdon, sha’n (or-nomus), baxt, adolat, ideal qabilar kiradi. Insonning oila, jamiyat, xalq manfaatlarini anglab qilayotgan har qanday xatti harakati yaxshilik kategoriyasi nuqtai nazaridan baholanadi. Burch — kishining Vatan, xalq, jamoa, oila bilan o‘zaro munosabatlarida o‘z oldidagi majburiyat va mas’uliyatini sezishi, ularga nisbatan sadoqatni ifodalaydi. Vijdon kishining xatti harakatiga o‘zining munosabatini, kishining o‘z xulq odobi uchun ma’naviy mas’uliyat hissini ifodalaydi. Qadriyatlar amal qilish doirasiga ko‘ra milliy, mintaqaviy va umuminsoniy turlarga bo‘linadi. Milliy qadriyatlar - murakkab ijtimoiy ruhiy hodisa bo‘lib, u millatning tili, madaniyati, tarixi, urf odatlari, an’analarini, jamiki moddiy va ma’naviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy siyosiy hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi. Har bir ruhan sog‘lom kishida o‘z qadr qimmatini saqlash, o‘zini hurmat qilish tuyg‘usi mavjud. Har bir millatda ham xuddi shu holatni ko‘ramiz. Millatlarning o‘z o‘zini anglash jarayoni takomillashgan sari milliy manfaatlar ham, milliy qadriyatlar ham kuchayib, mustahkamlanib boraveradi. Milliy qadriyatlarning e’zozlanishi va kuchayib borishi zinhor milliy hudbinlikka, manmanlikka olib kelmasligi kerak Shuning uchun ham bu masalada xushyorlik, nazokat, insof, diyonat, bag‘rikengliq sahovat talab qilinadi. Zotan, milliy qadriyatlarning o‘zi ayni paytda, mintaqaviy yoki umuminsoniy qadriyatlarning uzviy qismi sifatida namoyon bo‘ladi. Mintaqaviy qadriyatlar iqtisodiyoti, madaniyati, tarixi, tili, dini, urf-odat va an’analari mushtarak bo‘lgan xalqlar manfaatlariga xizmat qiladigan tabiiy va ijtimoiy hodisalar majmuasini tashkil etadi. Mintaqaviy qadriyatlarga misol sifatida Markaziy Osiyo xududida istiqomat qiluvchi o‘zbeq qozoq, tojiq qirg‘iz, turkman xalqlariga xos bo‘lgan qadriyatlarni eslatib o‘tishimiz mumkin. Buyuk Turon diyorida unib o‘sgan mazkur xalqlarning0 0 1 Ftarixi, tili, mada niyati, dini, urf odat va an’analarida juda ko‘p umumiyli mavjud. Ular hamisha bir birlariga orasini, quda qudag‘ay bo‘lganlar,hozir ham bahamjihat, totuv hayot kechirmoqdalar. Mazkur xalqlarning iqtisodiy, madaniy, ma’naviy, savdo sotiq. munosabatlari juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Qadimdan bir ma’naviy ruhiy iqlimdan nafas olib kelgan xalqlarimiz tariximizning, ayniqsa, bugungi mas’uliyatli davrida aql, zakovat va shijoat, dunyoviy salohiyat va milliy g‘urur talab etadigan bir pallada yana ham yaqinroq, yana ham mehr oqibatliroq bo‘lishlari lozimligini hayotiing o‘zi taqozo qilmoqda. Mintaqaviy qadriyatlar turkumiga Markaziy Osiyoda yagona iqtisodiy hududni tashkil qilish, Orol muammolarini xal etish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, mintaqamizda yashovchi xalqlarni tibbiy, ijtimoiy jihatdan himoyalash, boy tarixiy, ma’naviy merosimizni avaylab asrash qabilar kiradi. Umuminsoniy qadriyatlar milliy va mintaqaviy qadriyatlardan mazmuni jihatdan chuqur va keng bo‘lib, umumbashariy ahamiyat kasb etadi. Umuminsoniy qadriyatlar barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad va intilishlariga muvofiq qoladi. Shuni ta’kidlash kerakki, jahondagi birorta xalq va millat o‘zidan boshqa xalq va millatlardan, umuman jahon sivilizatsiyasidan mutlaqo ajralgan, alohida madaniyatga ega emas. Millatlar boshqa xalqlarning madaniy ma’naviy yutuqlaridan foydalanmay turib rivojlana olmaydilar. Shu sababli, barcha xalqlarning ijtimoiy iqtisodiy, madaniy ma’naviy rivojlanishi, tarixi bir biri bilan chambarchas bo‘lib ketgan. Umuminsoniy qadriyatlar turkumiga insoniyat sivilizatsiyasining tarakqiyoti 0 0 1Fbilan bog‘lik bo‘lgan umum bashariy muammolar kiradi. Ulardan eng asosiylari yer yuzida ilm fanini taraqqiy ettirish, tinchlikni saqlash, yadroviy qurollarning poygasini to‘xtatish, xalqaro xavfsizlikni ta’minlash, turli kasalliklarning oldini olish, tabiatni muxofaza qilish, qashshoqlik va savodsizlikka barham berish, sanoat0 0 1 Fxom ashyosi, ener giya manbalari va oziq-ovqat bilan ta’minlash, koinotni va jahon okeani resurslarini o‘zlashtirish bilan bog‘lik bo‘lgan muammolar kirdi. 0 0 1 FJamiyatimizning iqtisodiyoti, mada niyati va ma’naviyatining ilgari qara rivojlanishiga, milliy axloq, odob, urf-odat negizlarida komil inonni tarbiyalashga mustaqil Respublikamizni har tomonlama ravnaq toptirib, jahon sivilizatsiysiga qo‘shishga astoydil hizmat qiladigan qadriyatlar — bu progressiv qadriyatlarni tashkil etadi. Aksincha, jumhuriyatimizning oldida turgan ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy. madaniy, ma’naviy muammolarni hal etishga tusqinlik qiladigan hodisalar reaksion qadriyatlarga kiradi. Shuning uchun tarbiyachi birinchi uchrashuvga alohida tayyorgarlik ko‘rib tarbiyalanuvchining mashg‘ulot tayyorlaydigan xonasi, uydagi xo‘jalik ishlariga ishtiroki, nimalarga ko‘proq qiziqadi, kun tartibi singari masalalar bo‘yicha fikr yuritishi zarur. Ba’zi Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlari ota-onalarni maktabgacha ta’lim muassasasiga kelishi uchun Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlariga xilof ish tutadi. Masalan, «Bolaning papkasi, kundalik daftarini olib qo‘yib, ota-onangni aytib kelsang beraman»-deydilar. Bunday muomala ota-onalar bilan Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlari o‘rtasidagi munosabatni yomonlashtiradi. Oilada bola Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlariga salbiy ta’sir qiladigan omillar asosan ota-onalarning pedagogic bilimlari yetarli emasligidan shaxsning rivojlanishi qonunlarini tushunmasligidan kelib chiqadi. Pedagogik tashviqotning barcha turlari ota-onalar Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlari sohasidagi kamchiliklarni bartaraf etishi, o‘z farzandlarini yanada yaxshiroq o‘rganishlariga yordam beradi. Bu Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlariishlarimizni talab darajsiga chiqishda muhim o‘rin tutadi [4, 6, 7, 9, 11, 12, 13, 30 ].
|
| |