Mavzu: Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning chet tilini o’zlashtirish




Download 183,33 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana29.05.2024
Hajmi183,33 Kb.
#256819
1   2   3
Bog'liq
chet tili orgatish

MUHOKAMA 
Yana bir samarali metodlardan biri bu ularning o'zlari yoqtirgan va sevib 
o'ynaydigan narsalaridan foydalangan holda o'rgatishdir. Ma'lumki, ota-ona farzandi 
uchun kerakli birinchi raqamli shaxslardir. Shu uchun ham ularning ta'lim tarbiyasi 
hamda bilim olishlari uchun avvalo ular javobgar hisoblanishadi. Shuningdek, ularda ilk 
qiziqishni uyg'otish, ma'lum bir yo'nalish tomoga boshlash uchun ham ularning 
ahamiyati kattadir. Bunda biz ko'rishimiz mumkinki, bola o'zning sevimli o'yinchog'iga 
yoki kitobiga qiziqishi boshqa narsalardan ko'ra ko'proq bo'ladi. Va shu orqali bola yangi 
so'z yoki terminni o'rganyotgan vaqtda, o'sha yoqtirgan narsasi orqali o'rganadi. Va o'sha 
sevimli o'yinchog'i orqali o'sha so'z ham sevimliga aylanadi. Umumiy qilib aytganda, 
aslida chet tilini o’rganishni bolaning juda ham yosh davirlardan boshlagan ma’qul 
hisoblanadi. Kichik yoshdagi bolalarning miyya faoliyati to’xtovsiz o’sish rivojlanishda 
davom etayotgani uchun ular miyya faoliyati to’liq shakllanib bo’lgan, katta shaxslarga 
nisbatan yangi ma’lumotni ancha tezroq qabul qilish qobiliyatiga egadirlar. Ushbu 
o’ziga xosliklarni inobatga olgan holda darsni rejalashtirish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. Masalan, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga chet tilini o’qitishda 


asosan o’yin, rasmlar, qo’shiq va she’rlardan, multfillardan foydalanish samarali usul 
hisoblanadi. Chunki ulardagi asosiy tushuncha miyasida rasmli holda tasvirlanadi. Bu 
esa o'z navbatida bizdan barcha o'rgatiladigan narsalarni shunga ko'ra tasvirlashni talab 
etadi. Maktabgacha ta’limda tahsil olayotgan bolalarning psixikasi qizqish va yoqtirish 
kategoriyasiga asoslangan. Yosh bolalar tabiatan yorqin va chiroyli narsalarga juda ham 
qiziqishadi va ko’p e’tibor berishadi. Buni yosh bolalarning chiroyli ustozlarni, 
xushmuomala pedagoglarni yoqtirishidan ham yaqqol sezish mumkin. Shuning uchun 
ularga uzatilayotgan ma’lumotlar, albatta, ularning qiziqishini inobatga olgan holda 
yetkazilishi va rangli materiallar, rasmli qo’llanmalar bevosita ta’lim jarayonida 
qo’llanishi lozim. Bu degani maktabgacha ta’lim muassassadagi yoshlarni o’qitish 
metodikasi, avvalo, ularning qiziqishlariga bog’liq.
So'nggi bir necha yil ichida chet tilini o'rganish o'z-o'zini rivojlantirishning bir usuli 
emas, balki zarurat bo'lib qoldi. Chet tili nafaqat maktablar va universitetlarda, balki 
ko'plab qo'shimcha maktabgacha ta'lim muassasalarida ham ta'limning majburiy tarkibiy 
qismiga aylandi. Jamiyatda chet tiliga bo'lgan talab, bir tomondan, shuningdek, ota-
onalar tomonidan til nafaqat zamonaviy insonni tarbiyalashning omili, balki uning 
jamiyatdagi ijtimoiy va moddiy farovonligining asosi ekanligini tushunishi boshqa 
tomondan bu lahza chet tilini erta o'rganishni ayniqsa mashhur va dolzarb qilish. Agar 
20 yil oldin tilni bilish faqat ba'zi sohalar ishlarida talab qilinadigan bo'lsa, endi kamida 
bittasini o'zlashtirish kerak edi. Chet tilini o'qitishning asosiy muammosi talabaning 
yoshi. Ma'lumki, bolalar o'rganish uchun qulayroqdir. Yaqin vaqtgacha o'qitish 
metodikasi bolalarga qaratilgan edi maktab yoshi, endi ota-onalar chet tilini o'rganishni 
iloji boricha erta boshlashga intilmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalarni chet tiliga 
o'rgatishning asosiy maqsadlari:

bolalarda chet tilida boshlang‘ich muloqot qobiliyatlarini shakllantirish;

o'z maqsadlariga erishish, hayotiy aloqa sharoitida fikr va hissiyotlarini ifoda etish 
uchun chet tilidan foydalanish qobiliyati;

chet tillarini yanada o'rganishga ijobiy munosabat yaratish;

boshqa mamlakatlar hayoti va madaniyatiga qiziqishni uyg‘otish.


Maktabgacha yoshi, ayniqsa, chet tilini o'rganishni boshlash uchun juda 
qulaydir. Bu yoshdagi bolalar til hodisalariga nisbatan sezgirligi bilan ajralib turadi, ular 
o'zlarining nutq tajribalarini, tilning "sirlarini" tushunishga qiziqishadi. Chet tilni 
o'rganish uchun erta yosh afzalroq bo'lishining yana bir sababi bor. Bola qancha yosh 
bo'lsa, shuncha kamroq bo'ladi. So'z boyligi yilda mahalliy til, ammo shu bilan birga 
uning nutqiga bo'lgan ehtiyojlari ham kam: kichik bolada aloqa sohalari katta 
yoshdagilarga qaraganda kamroq, u hali murakkab aloqa muammolarini hal qilishi shart 
emas. Bu shuni anglatadiki, u chet tilini o'zlashtirganda, ona va chet tillaridagi 
imkoniyatlar orasidagi bunday katta farqni sezmaydi va uning muvaffaqiyat hissi 
kattaroq bolalarnikiga qaraganda yorqinroq bo'ladi. Bolalarni o'qitish - bu maktab 
o'quvchilari va kattalarga qaraganda mutlaqo boshqacha uslubiy yondashuvni talab 
qiladigan juda qiyin masala. Agar kattalar chet tilida gaplashsa, bu uning boshqalarga 
o'rgatishi mumkin degani emas. Uslubiy jihatdan nochor darslarga duch kelganda, 
bolalar uzoq vaqt davomida chet tilidan nafratlanishlari va o'z qobiliyatlariga bo'lgan 
ishonchlarini yo'qotishlari mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan faqat tajribali 
mutaxassislar ishlashi kerak.
Bolalar kattalarnikidan farqli ravishda kelajakni, ertani o’ylab o’rganishmaydi. 
Ingliz tilidagi dars «shu yerda va aynan hozir» ma’nosida o’tkazilishi, bo’lishi kerak. 
Bolalar chet tilni hikoyalarni tushunish yoki o’yinlarda g’alaba qozonish xohlagan 
holda, ularda o’zlari ham ishtirok etib yaxshi o’rganishadi. Bir tomondan, til bilan 
ifodalangan kontent bolalar hayoti, kundaligi bilan bog’liq bo’lishi kerak, boshqa 
tomondan, bolalarni muloqotga chorlaydigan faoliyat yoki vazifalar ular uchun qiziqarli 
va muhim bo’lishi kerak. O’quvchilar dars davomida o’zlarini darsning bir qismi sifatida 
tushunishadi va dars jarayonida xuddi asar qahramonidek o’zlarini tutishadi, harakat 
qilishadi. Boshlang’ich sinflarda, odatda, chet tillarni o’rganish hayotiy situatsiya va 
o’yinlarga asoslangan
harakat usullaridan foydalangan tarzda o’rganilganda juda samarali hamda 
muvaffaqiyatli bo’ladi. Agar o’yinli-syujetli situatsiyalar orqali chet tili o’rgatilsa, 
barcha bolalar bajonu-dil ishtirok etishadi, sababi ular shu tarzda o’sha situatsiyaning 
bir bo’lagi ekanligini his etishadi. O’quvchilar chet tili bilan, birinchi navbatda, o’z sinf 


xonalarida birga “yashaydilar”. Shuning uchun sinfda muloqot imkoni bo’lsa, o’sha chet 
tilida bo’lishi kerak [1]. Bolalar nafaqat yo’riqnomalarni tushunish bilan 
cheklanmasdan, balki chet tilida o’z ehtiyojlarini ifodalashlari ham mumkin. Shu nuqtai 
nazardan, ingliz tilida gaplashadigan odam(ona ili ingliz tili bo’lgan)lar bilan muloqot, 
sinfga taklif etish ham foydali.
Konstruktiv yondashuvga ko’ra, bolalar imkon qadar ko’proq tilda o’zlari so’zlar 
mazmunini, qoidalarni bilib olishlari kerak. Bu shuningdek, ularning asosiy fikrlash 
qobiliyatini rivojlanishiga yordam beradi. Barcha o’quvchilar singari, bolalar ham turli 
xil ta’lim uslublariga ega.
Bolalar uchun mo’ljallangan ta’lim barcha ta’lim uslublarini hisobga oladi. 
Taktik va kinestetik o’quvchi turlari alohida e’tibor talab qiladi. Boshlang’ich 
maktablarda o’quvchilarning iqtidorlari, malakalari, bilimlari va qiziqishlari kengroq 
bo’ladi. Chet tilini o’rganish, shuningdek, o’rganuvchilarning yaxshi tushuna olish 
qobiliyatiga bog’liqdir. Ularni har bir bolada boshdan boshlab rag’batlantirish kerak. 
Ularda akustik, kinestetik, ritmik va vizual farqlashni rivojlantirish kerak. Bolalar tez 
o’rganishadi, lekin tezda unutishadi. Shuning uchun, nutq doimo takrorlanadi va yana 
bir kontekstda qayta ishlatiladi. Kurslar spiral bo’lib, muntazam takrorlashlar ajralmas 
qismdir. Xorijiy tillarni muvaffaqiyatli o’rganish keng qamrovli usullarni talab qiladi. 
Muloqotga kirishishning miqdori va sifati tilni tezroq o’rganishning asosiy sabablari 
hisoblanadi. Dars jarayonida o’quvchilarning e’tibori asosan tilning mazmuniga, 
ahamiyatiga qaratilishi kerak. O’quvchilar e’tiborini birinchi navbatda tilning kontent 
mazmuniga qaratishi kerak. Xorijiy tillarni muvaffaqiyatli o’rganish yana 
o’rganganlarni qo’llash uchun imkoniyat bor-yo’qligiga ham bog’liqdir. O’quvchilarga 
shunday vazifalar berish kerakki, toki ular o’rgangan bilimlarini dars jarayonida amaga 
oshirish, qo’llashga majbur bo’lishsin. O’zaro muloqot qilish imkoniyatlari til 
ko’nikmalarining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy munosabat, ayniqsa 
o’quvchilar tilning ma’nosini amalda qo’llay olishsa, tilni o’rganish muvaffaqqiyatli 
o’rganishga imkon yaratadi. O’qituvchi tomonidan ushbu jarayon uchun ma’no va 
muzokaralar o’tkazish imkoniyati muvaffaqiyatli o’qitishning asosiy shartlari 
hisoblanadi.


Chet tili ta’limi, birinchi navbatda, chet tilidagi kundalik uchraydigan, real bilim 
va ko’nikmalrni o’rganishga chorlashi kerak, lekin aniq bilimlarni ham rivojlanishiga 
beparvo qaramaslik kerak. Agar biz chet tili ta’limida qo’llaniladigan metodik-didaktik 
qarashlarga to’xtaladigan bo’lsak, quyidagilarni ta’kidlab o’tishimiz talab etiladi: Dars 
jarayoni bu nafaqat kommunikativ, balki kelajakda o’rgangan bilimlarni qo’llay olish 
imkoniyatini beradigan kompetensiyalarni qamrab olishi zarur. Bolalrning ko’pchiligi 
chet tillarni o’rganishga qishiqishadi. Ularning qishiqishlari, albatta, dars jarayonini 
tashkil etilishi va bolalarning bu dars jarayonida ma’lum muvaffaqqiyatga erisha olishi 
bilan bog’liqdir. Bu qiziqish yillar davomida birdek saqlanib qoladi deb zikr qilish- bu 
noto’g’ri, shu sababdan, pedagoglar bu haqida qayg’urishlari, ya’ni o’rgnuvchilar darsda 
quvonchga to’lib, muvaffaqqiyatlarga erishib qatnashishlarini ta’minlashi zarur. 
O’rganilayotgan mavzular ham, shu bilan birga savoltopshiriqlar ham o’rganuvchilar 
uchun ahamiyatli, qiziqarli va aktual bo’lsagina, dasrning mazmuni hamda maqsadi 
o’rganuvchilarga tushunarli va esda qolarli bo’ladi. Chet tili o’rganuvchilari chet tili 
ta’limida o’zga bir til, ma’daniyat bilan to’qnash keladilar. Shu sababdan, 
mashg’ulotlarda aynan o’sha chet tilga xos bo’lgan autentik materiallardan, o’sha 
madaniyatni yetkazib bera oladigan matn va dabiyotlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Hozirgi kunda Xitoydagi barcha bog‘chalar multimedia qurilmalari bilan 
ta’minlangan. Bolalar uchun ingliz tili qo‘shiqlaridan tortib she’r va hikoyalar, 
videoroliklar orqali o‘rgatib kelinmoqda. Bu zerkilarli til darslarini qiziqlarli
kunlik o‘yinga aylantiradi. Xitoy bog‘chalarida bir gruhda 10 ga yaqin tarbiyalanuvchi 
bo‘lib, tarbiyachi muntazam har bir bolani pisixologiyasidan kelib chiqqan holda ularga 
tarbiya usuli qo‘llaniladi. Bu tarbiyachidan faqatgina tarbiyachi bo‘lib qolishni emas bir 
vaqtning o‘zida rassom, musiqachi, chet tili o‘qtuvchisi, va yaxshigina psixolog ona 
bo‘lishni ham talab qiladi. Albatta hozirgi rivojlanib borayotgan zamonda Xitoyliklar 
yosh avlodlarga bu borada juda katta qulayliklarni yaratib berishmoqda. Multimedia 
orqali o‘qitish tarbiyachiga katta imkoniyatlarni beradi. Bunda bollalarning qiziqishini 
yuqori darajagacha ko‘tarish va ularning e’tiborini uzoq vaqt jalb qilib turish mumkin. 
Bu orqali bollarning tilga


bo‘lgan ko‘nikmalarini yanayam ortganini korishimiz mumkin. Agarda mavzuyimiz 
“Animals” bo‘lsa biz har xil hayvonlarni nomlarini o‘qitishda avval ularning 
tovushlaridan foydalanamiz bolalar bunga qattiq e’tibor qaratishadi, va shu zahotiyot cat

tiger

bear….deb hayvonlar nomlarini ayta boshlashadi.
Foydalanilgan adabiyot:
1.
David A. J, Eggen, P Kauchak. Methods for Teaching: Promoting student 
learning [M] 2002.
2.
Liu wang. ertong xinglixue kaocha[J]. 2017-18.
3.
Feng Wang

Applying Technology to Inquiry-Based Learning in Early 
Childhood Education [J]

Early Childhood Educ
4.
Kanton Aargou. Fremdsprachen Lernen und Lehren. Englisch an der 
Primarschule. Leipzig-2017. S.238–239.
5.
Eine neue Aufgaben- und Leistungsbewertungskultur, U.Gibitz in:Neue
Wege im Fremdsprachenunterricht am Beispiel des Rahmenplans für den
Englischunterricht in der Orientierungsstufe, L. I. S. A. Schwerin 2001.
6.
Sobirovna, U. M., & Irodaxon, T. (2022). TEXNOLOGIYA FANI
MASHG’ULOTLARINI
SAMARALI
TASHKIL
ETISH
METODLARI. 
PEDAGOGS jurnali

21
(1), 41-44.
 

Download 183,33 Kb.
1   2   3




Download 183,33 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning chet tilini o’zlashtirish

Download 183,33 Kb.
Pdf ko'rish