Mavzu: Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning chet tilini o’zlashtirish
metodlari
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada maktabgacha ta'limda yosh avlodga samarali ta'lim metodlaridan
foydalangan holda chet tillarini o'rgatish hamda uni amalyotga tatbiq etish istiqbollari
hamda xorijiy tillarni yuqori malakali kadrlar va texnologiyalar orqali o'rganish va
o'rgatish usullari haqida so'z yuritilgan.
Kalit so'zlar:
Texnologiya, metod, o'qitish, bolalar, malakali, samarali ta'lim.
KIRISH
Bugungi kunda xorijiy tillarni bilish ko'nikmasi professional ta'limning ajralmas
qismlaridan biri bo'lib bormoqda. Bu maktabgacha ta'lim
jarayonini ham chetda
qoldirgani yo'q. Yoshlar ta'limi davomida xorijiy tillarni o'rgatishning ahamiyati
sezilarli darajada oshdi. Hozirgi kunda maktabgacha ta'limga etibor berish, davlatning
ijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy jihatdan rivojlantirish demakdir. Yoshlarimiz zamonaviy
va har taraflama yetuk malaka ega kadr bo'lib yetishishlari
uchun hamma sharoitlar
yaratilgan. Bundan tashqari yuksalish asrida bilim olishga anchagina ko'proq e'tibor
qaratilgan. Shuningdek, biz yoshlar O'zbekiston kelajagini
porloq qurishimiz uchun,
avvalo, samarali va sifatli bilimga ega bo'lishimiz zarur. Shu o'rinda chet tilini o'rganish
va o'rgatishni kuchaytirishimiz, xorijiy top universitetlar
bilan exchange dasturlarini
amalga oshirishimiz hamda bu orqali ko'plab metodlarni o'rganib tatbiq etishimiz zarur.
Maktabgacha ta’limning maqsadi- bolani maktabga tayyorlash, o’qishga bo’lgan
qiziqishini oshirish, uning qobiliyatlarini namoyon qilshika ko’mak berishdir. Shularni
inobatga
olgan holda, “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish
chora- tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori va shu
bilan birga “Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”
tasdiqlandi. Bu hujjatlarda maktabgacha ta’lim tizimi tarmog’ini yanada kengaytirish,
bollarni o’qitishning zamonaviy hamda samarali metodikalaridan foydalanish va
maktabgacha ta’lim muassalarini malakali kadrlar bilan ta’minlash,
bolalarni maktab
ta’limiga tayyorlash kabi masalalar aks etgan.