o'quvchilarning iqtidorlari,
malakalari, bilimlari va qiziqishlari kengroq boladi. Chet
tilini o'rganish, shuningdek, o'rganuvchining yaxshi
tushuna olish qobiliyatiga
bog'liqdir. Chet tilini o'rgatish mobaynida har bir bolani harakati uchun rag'batlantirib
borish talab etiladi. Ularda akustik, kinestetik, ritmik va vizual farqlashni rivojlantirish
kerak. Bolalar tez o'rganishadi, lekin tezda unutishadi. Shuning uchun, nutqni bir necha
bor takrorlab, shu mavzuga doir o'yin yoki tarqatmalar orqali bolalarning esida qolishiga
yordamlashish mumkin. Kurslar doim bo'lib, muntazam takrorlashlar ajralmas qismdir.
Xorijiy tillarni muvaffaqiyatli o'rgatish keng qamrovli usullarni talab qiladi. Bunga yana
bir misol sifatida, bolalarga ingiliz tilidagi yoki o'zlari o'rganayotgan tildagi "listening"
ya'ni eshittirishlarni qo'yib berish hamda bu bolaga qanchalik ta'sir qilishini kuzatish
zarur. Agar ularga bu eshittirishlar tushunarsiz bo'lsa undanda osonroqlarini tinglatish
zarur. Shuningdek "listening" dagi so'zlarni avval tarjimasini yozdirib ularga ma'nosini
tushuntirish hamda nutqiy faoliyatda qanday qo'llanilishini tushuntirish lozim.