|
Fayllar va fayllarni boshqarish” mavzusida qilgan kurs ishiga taqriz
|
Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 15,77 Kb. | | #145949 |
Bog'liq Taqriz
Andijon davlat universiteti
Axborot texnologiyalari va kompyuter injinering fakulteti
Informatika va axborot texnologiyalari yo’nalishi
4 kurs 414-gruh talabasi Sayfiddinov Behozodbek To’lqinjon o’g’lining
“Fayllar va fayllarni boshqarish”
mavzusida qilgan kurs ishiga
TAQRIZ
Mustaqilik yillarining dastlabki kunlaridan boshlab mamlakatimizda axborotlashgan jamiyat qurish borasida keng isloxotlar olib borilayotgan davrda yoshlarning axborot madaniyatini shakllantrish ta’lim tizimining muhim vazifalaridan biridir. Barchamizga ma’lumki, XXI asr-Globallashuv davri, texnika asri deyiladi. Bugungi kunda fan va texnika jadal suratda rivojlanib bormoqda bu esa dasturlash tillarini yuqori saviyada o’rganish, yangi imkoniyatlari bilan tanishish va amaliyotda qo’llay olish uning imkoniyatlaridan to’loqonli foydalanish bugungi kunda korxona xodimlari, o’qituvchi va talabalar, shu soha bilan shug’illanuvchi mutaxassislar, dasturchilar oldida turgan eng muhim va asosiy vazifalardan biridir. O’zbekiston Respublikasi Prizidenti tomonidan axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni itindustiriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4851-son qarori va shu bo’yicha qilinadigon chora tadbirlar tashkil etish zarurligi ta’kidlangan.
Respublikamizda kompyuter va axborot texnologiyalari telekommunikatsiya ularni dunyo standartlariga yetkazish va shu asosida axborotlashgan jamiyat sari jadal intilish maqsadida keng ko’lamli chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O’quvchilarning << Informatika >> fani mazmunini mustaqil o’zlashtirishlarda va o’quv jarayon sifatining oshishida nazorat topshiriqlarning o’z o’rni bor O’qituvchi tomonidan ishlab chiqilgan dasturchilar bevosita Python dasturi bilan ishlashga o’rgatilib borilsa ularning bilim darajasi oshadi dastur bilan ishlay olish malakalari yanada ortadi. Buyuk faylasuf olim Konfutsiy aytganidek, Eshitganimni unutaman, Ko’rsam eslay olaman, Mustaqil bajarsam, tushunib etaman.
Bu o’z o’rnida aytilgan fikrlardan bo’lib, albatta o’quvchilarga mustaqil ishlashlari uchun turli ko’rinishdagi topshiriqlar berib borilsa Python dasturi imkoniyatlarini eslab qolish bilan birga ular bilan ishlay olish malakasi ortadi.
Umuman olganda ushbu kurs ishi referativ xarakterga ega bo’lib, kurs ishiga qo’yilgan barcha talabalarga javob beradi deb hisoblayman.
Sayfiddinov Behozodbek To’lqinjon o’g’lining o’z ishini mustaqil ravishda bajarganligi, pedagogik dasturiy vositalar, internet ma’lumotlaridan keng foydalanganligini hisobga olib, ushbu kurs ishini ijobiy bahoga himoya qilishiga ishonch bildiraman.
Taqriz yozuvchisi ___________________
|
| |