|
Bolalarni tejamkorlik sifati, shuningdek, oldi-sotdi munosabatlarini samarali tashkil etish ko’nikma va malakalarining tarbiyalanishiga jiddiy e’tibor qaratish
|
bet | 2/3 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 404,13 Kb. | | #240937 |
Bog'liq тежамкорлик7. Bolalarni tejamkorlik sifati, shuningdek, oldi-sotdi munosabatlarini samarali tashkil etish ko’nikma va malakalarining tarbiyalanishiga jiddiy e’tibor qaratish.
8. Bolalarni mehnat faoliyatining mahsuli bo’lgan pul (moddiy boylik)ga nisbatan to’g’ri munosabatni qaror toptirish hamda oila xo’jaligini oqilona yuritish malakasini shakllantirish.
Maktabgacha talim tizimida tejamkorlikni shakllantirish quyidagi didaktik qonuniyatlar asosida amalga oshiriladi:
1. Yuqori darajali murakkablikda o’qitish. Materialni taqdim etishning qiziqarli va hammabopligiga qaramay, iqtisodiy atama va tushunchalarni o’zlashtirish Maktabgacha talim tizimida uchun birmuncha qiyin vazifa hisoblanadi. Bu vazifani bajarish uchun bola tirishqoq bo’lishi, ba’zida boshqa = shaxslarning yordamiga murojaat etishiga to’g’ri keladi.
2. Materialning tezkorlik bilan o’zlashtirilishi. Har bir darsda bola yangi iqtisodga oid material bilan tanishadilar yoki ilgari o’zlashtirilgan iqtisodga oid materialning yangi qirralariga duch keladilar.
3. Nazariy bilimlarning yetakchi o’rin egallashi hamda iqtisodiy hodisalar bilan muvofiqligi. Nazariy bilimlarning yetakchiligi o’rganilayotgan savollar poydevori bo’lgan iqtisodga oid asosiy tushuncha va kategoriyalarning mohiyatini aniqlash va tushunib yetish hamda zaruriy malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishdan iboratdir.
4. O’qitish jarayonini to’g’ri yo’lga qo’yish bolalarda o’rganilayotgan iqtisodga oid materiallarni boshqa o’quv fanlari hamda atrof-muhit bilan o’zaro aloqadorlikda amalga oshirishdan iboratdir.
5. Barcha bolalarning samarali rivojlanishi. Iqtisodga oid tushunchalar doirasida, har bir o’quvchiga uning hayoti uchun zarur bo’lgan iqtisodiy bilimlar taqdim qilinadi. Bu jarayonda ular qobiliyatlarining rivojlanishi va individualliklarining ochilishiga erishish, sinfda o’zaro ishonuvchanlik muhitini vujudga keltirish uchun o’quvchilarni pedagogik jihatdan qo’llab-quvvatlash lozim.
O’quvchilarda tejamkorlikni shakllantirish maqsadida o’yin, munozara, hikoya qilib berish, test savollari, boshqotirma va boshqa metodlardan foydalanish maqsadga erishishda katta ahamiyatga ega.
Bolalarda tejamkorlikning shakllanishi natijasida ular ijtimoiy hayotga jadal moslashib boradilar. Yoshlikdan boshlab o’quvchilar tanlov muammosini, ya’ni qaysi kitobni o’qish, kim bilan do’stlashish, uy ishini nimadan boshlash, qayerga borish kerak va boshqalarni o’zlari hal qila boshlaydilar. Tanlov muammosini mustaqil hal qila olmagan o’quvchi «boqimandalikka» o’rganib qoladi.
Maktabgacga ta’lim uchun taqdim etiladigan iqtisodga oid bilim va tushunchalarning o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi natijasida quyidagi vazifalar hal qilinadi:
1. Iqtisodga oid bilim va tushunchalarni bilish o’quvchilarga atrof-muhit, jamiyat hamda unda sodir bo’layotgan voqyea-hodisalarni idrok etishga ko’maklashadi.
2. Bolaning umumiy rivojlanishi, ya’ni fikrlashi, emosional-irodasi hamda ruhiy-axloqiy sifatlarini shakllanishiga yordam beradi.
3. Bolalarga hayotda hamda keyinchalik yuqori sinflarda iqtisod asoslari fanini o’qishni davom ettirish uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantiradi.
4. Bolalarga iqtisodiy munosabatlarda ishtirok etish ko’nikmasini hamda iqtisodiy tafakkur madaniyatini rivojlantiradi.
5. Bolalarga iqtisodiy bilimlarni amaliy faoliyatda qo’llay olish ko’nikmasini shakllantiradi.
Ta’lim jaryonida bolalarga tejamkorlikni shakllantirishga yo’naltirilgan ta’limiy materiallar tizimi quyidagi prinsiplarni o’z ichiga olgan modulli texnologiyalar orqali shakllanishi kerak:
- O’zaro bog’liqlik prinsipi.
- Oddiydan murakkabga tomon yo’nalganlik prinsipi.
- Fanlararo aloqadorlik prinsipi
- Bolalarga fikrlash, o’zini ko’rsatish usullarini taqdim etish prinsipi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Bolalarni tejamkorlik sifati, shuningdek, oldi-sotdi munosabatlarini samarali tashkil etish ko’nikma va malakalarining tarbiyalanishiga jiddiy e’tibor qaratish
|