|
ma'lumotlar bazasini ishlab chiqishni rejalashirish
|
bet | 3/8 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 141,82 Kb. | | #139474 |
Bog'liq Ma\'lumotlar bazasini rejalashtirish, loyihalashtirish va administratorlash ma'lumotlar bazasini ishlab chiqishni rejalashirish Bu - ma'lumotlar bazasi ilovalari hayot tsiklini maksimal mumkin bo'lgan samaradorlik bilan amalga oshirishga imkoniyat yaratuvchi tayyorgarlik amallaridir. Ma'lumotlar bazasini ishlab chiqishni rejalashtirish tashkilotning axborot tizimini ishlab chiqish strategiyasi bilan bevosita bog'langan bo'lishi kerak. bunday strategiyani ishlab chiqishda quyidagi asosiy masalalarni echish kerak: - Tashkilotning biznes reja va maqsadlarini, axborot texnologiyalariga bo'lgan talablarini aniqlash;
- Kuchli va ojiz tomonlarini aniqlash maqsadida mavjud axborot tizimlarining ko'rsatgichlarini baholash;
- Konkurentlarga nisbatan afzalliklarga erishish maqsadida axborot texnologiyalarini qo'llashdagi imkoniyatlarni baholash
MB ni loyihalash jarayoni - Ma'lumotlar bazasini loyixalash. tashkilot faoliyatini qo'llab quvvatlovchi va qo'yilgan maqsadlarni amalga oshirishga imkoniyat yaratuvchi ma'lumotlar bazasini loyixalash jarayoni.
Ma'lumotlar bazasini lloyixalash yondoshuvlari. ma'lumotlar bazasini loyixalashning 2 ta yondoshuvi mavjud quyidan yuqoriga (bottom-up) va yuqoridan quyiga (top-down). Quyidan yuqoriga (bottom-up) yondoshuvi - Quyidan yuqoriga (bottom-up) yondoshuvda ish artibutlarning (ya'ni, mohiyat va aloqalarning xossalari) eng quyi darajasidan boshlanadi. ular orasidagi mavjud aloqalarni taxlil etish asosida munosabat tiplarini va ular orasidagi aloqalarni tasvirlovchi munosabatlarga (jadvallarga) guruxlanadi. normallashtirish – quyidan yuqoriga yondoshuv variantlaridan biridir. unda talab etilgan atributlarni identifikatsiyalash va ulardan navbati bilan atributlar orasidagi funktsional bog'lanishlarga asoslangan normallashtirilgan jadvallar yaratiladi.
- Quyidan yuqoriga yondoshuvi ko'proq atributlar soni nisbatan kam bo'lgan oddiy ma'lumotlar bazasini loyixasini uchun qulay.
|
| |