8956
Abdullayeva
Nozima
Xoshimovna
01. 01. 74
6498
Turdiyev
Otabek
Po‟latovich
05. 12. 88
6595
Zokirov
Anvar
Xolmatovich
15. 05. 89
Zamonaviy MO texnologiyasida MOni
yaratish, unga xizmat ko„rsatish va
foydalanuvchilarni MO bilan ishlashiga imkon yaratish maxsus dasturiy uskunalar
yordamida amalga oshiriladi. Bunday dasturiy uskunalar majmuasi Ma‟lumotlar
omborini boshqarish tizimlari (MOBT) deb ataladi.
MOBT-MOni yaratish, uni dolzarb holatda ushlab turish,
kerakli axborotni
topishni tashkil etish va boshqa xizmat ko„rsatish uchun zarur bo„ladigan dasturiy
va til vositalari majmuasidir. Boshqacha qilib aytganda MOBT bu - ma‟lumotlar
bazalarini yaratish va foydalanish uchun boshqarishni ta‟minlovchi, maxsus
lingvistik vositalar majmuiga ega bo„lgan dasturiy ta‟minot.
MOBT misoli sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
-DBASEdasturi, Microsoft Access, Microsoft For Pro For DOS, Microsoft For Pro
For WINDOWS,
Paradox for DOS, Paradox for WINDOWS, OpenOffice.org
Base, Cache, CouchDB, IMS, DB2, Firebird, MS SQLServer, MongoDB, MySQL,
mSQL, Neo4j, Oracle Database va hakozo.
MOBTlarni ishlash prinsiplariga ko„ra quyidagicha yo„nalishlarga bo„lib
o„rganish mumkin:
Klient-server texnologiyasi asosida ishlovchi MOBT: InFormix, Ingres, Interbase,
MS SQLServer, MongoDB, MySQL, mSQL, Neo4j, Oracle Database.
Fayl-server
texnologiyasi
asosida
ishlovchi
MOBT:
DataFlex,
dBase,
OpenOffice.org Base, Paradox
Engines texnologiyasi asosida ishlovchi MOBT: BDE, Berkeley DB,
C-Store ,
db4o, HSQLDB, Rdb, SQLite, ZODB
MO bilan ishlashga kirishishdan oldin ma‟lumotlarni tasvirlash modelini tanlab
olish kerak. U quyidagi talablarga javob berishi lozim:
–
axborotni ko’rgazmali tasvirlash;
–
axborotni kiritishda soddalash;
–
axborotni izlash va tanlashda qulaylik;
–
boshqa omborga kiritilgan ma’lumotdan
foydalanish imkoniyatining
mavjudligi;
–
MOning ochiqligini ta’minlash (yangi ma’lumotlar va maydonlar qo‘shish,
ularni olib tashlash imkoniyatlari va hokazo).
MO bitta yoki bir necha modellarga asoslangan bo„lishi mumkin. Xar qanday
modelga o„zining xossalari (parametrlari) bilan tavsiflanuvchi
obyekt sifatida
qarash mumkin. Shunday obyekt ustida biror amal bajarsa bo„ladi. MO
modellarining uchta asosiy turlari mavjud: