Mavzu Ma’lumotlar ombori. Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari.
MS Accessda 2010 ma’lumotlar omborini yaratish usullari.
Reja
1.
Ma’lumotlar ombori. Ma’lumotlar omborini loyahalash asoslari
.
Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari
2.
Ma'lumotlar omborini loyihalashning asosiy bosqichlari
Ma’lumotlar ombori. Ma’lumotlar omborini loyahalash asoslari
.
Ma’lumotlar
omborini boshqarish tizimlari.
Ma‟lumotlar ombori (MB) to„g„risida so„z
yuritishdan avval MB nima
ekanligini ifodalovchi bir nechta ta‟riflarni keltirib o„taylik:
ISO/IEC 2382-1:1993 ta‟rifi: “Ma‟lumotlar ombori bu – Bir yoki ko„p tarmoqlarda
foydalanish mumkin bo„lgan ma‟lumotlarning xususiyatlari
va ular orasidagi
munosabatlarni tasvirlab, konseptual struktura orqali tashkil qilingan ma‟lumotlar
to„plamidir.”
ISO/IEC TR 10032:2003 ta‟rifi: “Ma‟lumotlar ombori bu - ma‟lumotlarni
qoidalarga muvofiq amalaga oshirish vositasi va sxemalar
orqali saqlanadigan
ma‟lumotlar to„plami.”
M.R.Kogalovskiyning ma‟lumotlar omboriga bergan ta‟rifi: “Ma‟lumotlar ombori
bu - Aniq qoidaga muvofiq tashkil etilgan va foydalanuvchilarning
axborot
ehtiyojlarini qondirish uchun ishlatiladigan ma‟lumotlar majmui.”
K.Dj.Deytning ma‟lumotlar omboriga bergan ta‟rifi: “Ma‟lumotlar
ombori bu -
Har qanday korxonaning amaliy dasturiy ta‟minot tizimlari majmui uchun doimiy
ma‟lumotlar majmui.”
T.Konnolli va K.Beggning ma‟lumotlar omboriga bergan ta‟rifi: “Ma‟lumotlar
ombori bu - Tashkilotning axborot ehtiyojini qondirish uchun mo„ljallangan,
mantiqan bog„langan ma‟lumotlarning birgalikdagi majmuidir.”