yozuvlar deb ataladi.
Maydonlar MOning tuzilmasini, yozuvlar esa, unda
joylashgan ma‟lumotlarni tashkil etadi.
Maydonlar - MO tuzilmasining asosiy elementlaridir. Ular ma‟lum
xususiyatlarga ega bo„ladilar. Har qanday maydonning asosiy xususiyati uning
o„zunligidir. Maydon o„zunligi undagi belgilar soni bilan ifodalanadi. Maydonning
yana bir xususiyati, uning nomidir. Maydonda uning nomidan tashqari yana imzo
xususiyati ham mavjud. Imzo-ustunning sarlavhasida aks ettiriladigan axborotdir.
Uni maydon nomi bilan aralashtirib yubormaslik lozim.
Agar imzo berilmagan
bo„lsa sarlavhada maydon nomi yozib quyiladi. turli tipdagi maydonlar turli
maqsadlarda ishlatiladi va turli xossalarga ega bo„ladi.
Maydonlarning xususiyati bilan tanishib chiqamiz:
1.
Oddiy matn maydoni. Belgilar soni 255 dan oshmasligi kerak.
2.
MEMO-katta o„lchamli matn maydoni. Belgilar soni 65535dan oshmasligi
shart. Oddiy matn va MEMO maydonida hisob ishlarini bajarib bo„lmaydi.
3.
Sonli maydon. Sonli ma‟lumotlarni kiritishga xizmat qiladi va hisob ishlarini
bajarishda foydalaniladi. Bu maydon 1,2,4,8 va 16 baytli bo„lishi mumkin.
4.
Sana va vaqt maydoni. Bu maydon sana va
vaqtni bichimlangan holda
saqlab quyish imkonini beradi (01. 06. 01 20:29:59). 8bayt o„lchamga ega.
5.
«Pul birligi» nomi bilan ataluvchi maydon. Bu maydondan hisob kitob
ishlarini yuritishda foydalaniladi.
6.
Hisoblagich maydoni. Bu maydon 4 bayt o„zunlikka va avtomatik ravishda
ma‟lum songa oshib borish xususiyatiga ega. Ushbu maydondan yozuvlarni
nomerlashda foydalanish qulaydir.
7.
Mantiqiy amal natijasini saqlovchi maydon. Bu maydon «rost» (true) yoki
«yolg„on» (false) qiymatni saqlaydi. Maydon o„lchami 1bayt.
8.
OLE-nomi bilan yurituvchi maydon. Bu maydon Excel jadvalini, Word
xujjatini, rasm, ovoz va boshqa shu kabi ma‟lumotlarni
ikkilik sanoq
sistemasida saqlaydi. Maydon o„lchami 1Gbaytgacha.
9.
Giperssilka maydoni. Bu maydon belgi va sonlardan iborat bo„lib, biror fayl
yoki saytga yo„l ko„rsatadi.
10.
Qiymatlar ro„yxatidan iborat bo„lgan maydon. Bu maydon bir qancha
qiymatlardan iborat bo„lgan ro„yxatdan tanlangan aniq bir qiymatni
saqlaydi.
11.
Jadvallar orasidagi munosabatlar ishonchli ishlashi
va bir jadvaldagi yozuv
orqali ikkinchi jadvaldagi yozuvni topish uchun jadvalda alohida maydon-
unikal maydon bo„lishini ta‟minlash kerak.
Unikal maydon - bu qiymatlari takrollanmaydigan maydondir.
Misol sifatida talabalar haqidagi ma‟lumotlarni saqlovchi ma‟lumotlar omborining
bir qismini keltiramiz.
Maydon nomi
Maydon xususiyati
Maydon xajmi
Talabaning
ombordagi
o„rni
Hisoblagich maydoni
4 bayt
Talaba F. I. SH.
Oddiy matnli maydon
255 belgi
…………………………. ………………………
Talabaning rasmi
OLE-nomi
bilan
yuritiluvchi maydon.
1G bayt
Talaba haqida qo„shimcha
ma‟lumotlar
MEMO-katta o„lchamli
matn maydoni
65535 belgi