Formation of psychology and pedagogy as interdisciplinary sciences




Download 342.21 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.04.2024
Hajmi342.21 Kb.
#198989
Bog'liq
Qodirov Abdusattor Mamajonovich
15.03.23, 127 харита, Nishonov Mirkozimjon, MUNDARIJA., Rekonstruktsiya a


“FORMATION OF PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY AS 
INTERDISCIPLINARY SCIENCES” 
[311] 
FIZIK MASALALAR TURLARI VA ULARNI YECHISH TEXNOLOGIYASI 
Qodirov Abdusattor Mamajonovich 
Farg
ʻ
ona viloyati Toshloq tumani 2- kasb-hunar
maktabi fizika o‟qtuvchisi 
Annotatsiya: 
Maqolada fizik masalalarni grafik usulda yechish uchun 
kompyuter dasturlaridan foydalanish usuli ko`rsatiladi. Grafik usuli yordamida 
masalayechish orqali o„quvchilar mavzuga oid bo„lgan katta hajmli ma„lumotlarni 
osongina o„zlashtira oladilar. Darsni raqamli texnologiyalardan foydalanilgan 
holda amalga oshirish o„qituvchilarga vaqtni tejashga hizmat qilibgina qolmay, 
o„quvchilarga mavzuni o„zlashtirishlarini osonlashtiradi. 
Kalit so‟zlar: 
Grafikli usul, fizik masala, raqamli texnologiyalar, bog 'lanish 
grafiklari, kompyuter dasturlari

Fizikadan masalalar yechish texnologiyasi fanini o`qitishdan maqsad – fizik 
masalalarning turlari, yechish metodi, masala yechish darslarini tashkil etish, 
masala yechishning tarbiyaviy ahamiyati kabi muammolarga tegishli alohida 
mavzular kiritilgan bo`lib, mashg`ulotlarni o`tishda masalalar yechish 
metodikasiga alohida e`tibor qaratilishi nazarda tutiladi. Bo`lajak fizika 
o`qituvchisi nazariy bilimga ega bo`lishi bilan birga o`qitish metodikasini ham 
puxta egallagan bo`lishi zarur, jumladan masalalar yechish metodikasini ham 
etarli darajada o`zlashtirgan bo`lishi talab etiladi. Har bir fizika o`qituvchisi fizik 
masalalar yechish metodikasini mukammal bilgandagina o`z o`quvchilarida fizika 
faniga bo`lgan qiziqishni shakllantira oladi va ularga chuqur bilim bera oladi. 
Fanning vazifasi - fizikadan masalalar yechish metodi, masalalar haqida 
umumiy tushunchalar, fizik masalalarning turlari, o`quv masalalar, ularning 
tuzilishi va xususiyatlari, masala yechishning asosiy bosqichlari, fizik masalalar 
yechish jarayonida fanlararo aloqani amalga oshirish usullari; fizik masalalar 
yechishning algoritmik usuli, ijodiy masalalar va ularni yechish usullari, masala 
shartini tahlil qilish, masala yechish rejasini tuzish, fizika o`qitishda masala 
yechishning ahamiyati, nazorat ishlarini o`tkazish metodikasi, ularning maqsad 
va vazifalari, olimpiada masalalari, masalalar yechishda zamonaviy pedagogik 
texnologiya vositalaridan hamda innovatsion texnologiya metodlaridan 
foydalanish kabilarni bayon etilishi vazifalarni o`rgatishdan iborat. 
Ma‟lumki, fizika o`qitishda nazariy va amaliy metodlar mavjud. Amaliy 
metodlar ichida fizikadan masalalar yechishning ahamiyati salmoqlidir. Masala 
yechish jarayonida o`quvchilarga bilim berish bilan birga o`quvchilar 


“FORMATION OF PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY AS 
INTERDISCIPLINARY SCIENCES” 
[312] 
qobiliyatlarini rivojlantirish, o`quvchilarga tarbiya berish kabi muhim masalalar 
hal qilinadi. 
Fizikadan masalalar echish jarayonida o`quvchilarning mantiqiy fikrlashlari 
kengayadi, ijodiy qobiliyatlari rivojlanadi. Fizik hodisalarning tub mohiyatini 
kengroq tushunadilar, fizikadagi qonunlarning amalda qo`llanilishini chuqurroq 
anglaydilar. Ko„pgina fizik o„lchov asboblarining vazifasi, tuzilishi, ishlash 
prinsiplari bilan tanishadilar, ular bilan ishlash ko„nikma va malakalariga ega 
bo„ladilar. Shuningdek, masalalar o„quvchilarda mehnatsevarlik, jur‟atlilik, iroda 
va xarakterni tarbiyalaydi. 
Ko„pgina metodik adabiyotlarning tahliliga ko„ra, mantiqiy xulosalar, 
matematik amallar va fizikadagi qonunlar hamda metodlarga asoslangan holda 
yoki eksperiment yordamida yechiladigan muammo, odatda fizik masala deyiladi. 
Fizik masalada qo„yilgan muammoni hal etish, masala yechishdan iboratdir. 
Sifat masalalar 
Fizik qonunlarga, fizik formulalarga tayangan holda, mantiqiy fikrlash orqali 
hal qilinadigan masalalar sifat masalalar deyiladi. Bunday tipdagi masalalarda 
arifmetik hisoblash ishlari bajarilmaydi. 
Sifat masalalarning metodik afzalliklari ko„pdir. Fizik qonunlarga 
asoslangan, mantiqiy xulosalar chiqarishdan iborat bo„lgan bu masalalarni echish 
metodi, fikrlashning ajoyib maktabi bo„lib xizmat qiladi. Sifat masalalar 
o„quvchilarga fizik hodisalar va ularning qonuniyatlarini aniq tushuntirib beradi, 
nazariy bilimlarni amalda qo„llashga o„rgatadi, hisoblash masalalariga nisbatan 
to„g„ri munosabatni tarbiyalaydi, har qanday masalani echishni, uning fizik 
mazmunini tahlil qilishdan boshlashga o„rgatadi. Darsda o„tilgan materialni 
mustahkamlash maqsadida sifatga oid masalalar beriladi. Fizikaning 
gidrodinamika bo„limida asosan sifat masalalar echilishi bizga ma‟lum. Bu 
bo„limda miqdoriy masalalar deyarli echilmaydi. Sifat masalalar tematikasi, 
mazmuni va murakkabligi jihatdan xilma-xildir, ya‟ni sifatga oid sodda va 
murakkab masalalar bo„ladi. Sifat masalalarning namunalari va ularni echish 
metodlari adabiyotlarda to„liq keltirilgan. 
Eksperimental masalalar 
Nazariyani amaliyot bilan bog„lashning eng samarali usullaridan biri 
eksperimental masalalar echishdir. Eksperimental masalalarning xarakterli 
xususiyati shundaki, ularni echishda laboratoriya yoki demonstratsion 
eksperimentlardan foydalaniladi. Eksperimental masalalarni echish jarayonida 
o„quvchilarning faolligi va mustaqilligi oshadi. Chunki ular masala echish uchun 
kerakli ma‟lumotlarni darslikdan, masalalar to„plamidan tayyor holda olmasdan, 
balki o„zlari bajaradigan fizik o„lchashlardan oladilar. Eksperimental 


“FORMATION OF PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY AS 
INTERDISCIPLINARY SCIENCES” 
[313] 
masalalarning yana bir afzalligi shundaki, bu masalalarni etarlicha fikrlamasdan 
turib echib bo„lmaydi. Ya‟ni tajribada sodir bo„ladigan hodisalarni o„quvchilar 
keng muhokama qilib olishlari kerak. CHunki eksperimental masalalarda, 
laboratoriya ishlaridagidek nazariya berilmaydi, ishni bajarish tartibi 
ko„rsatilmaydi. Kerakli asbob-uskunalar, materiallar berilib, topilishi kerak 
bo„lgan ma‟lumot so„ralishi bilan kifoyalanadi. YUqorida aytganimizdek 
o„quvchilar qator fikr va mulohazalardan, eksperimentda qanday fizik hodisa 
yotganini, qanday fizik qonun ifodalanayotganligini bilib oladilar. Va nihoyat
eksperimental masalada topilishi kerak bo„lgan fizik kattalik uchun oxirgi ifodani 
keltirib chiqaradilar. Oxirgi ifodani tahlil qilib, masalani echish uchun kerakli 
kattaliklarni bevosita o„lchash yo„li bilan oladilar. Aytilganlarni quyidagi sodda 
eksperimental masalada ko„raylik: 
Masshtabli chizg„ich, shtangensirkul va sekundomerdan foydalanib, 
shtativga mahkamlangan matematik mayatnikning tebranish davrini aniqlang. 
Masalani yechish. O„quvchilar fikrlash yordamida mayatnikning tebranish 
davri uchun T=2 formulani yozadilar (g = 9,8 m/s2 – erkin tushish tezlanishi). Bu 
erda mayatnikning uzunligi ekanligini esga oladilar. Mayatnikning lm uzunligini 
masshtabli chizg„ich, sharchaning D diametrini esa shtangensirkul yordamida 
o„lchaydilar. Tajriba yordamida mayatnikning n marta tebranishi uchun ketgan 
vaqtni bir necha marta o„lchab, ularning o„rtacha qiymati olinadi va T formulaga 
ko„ra mayatnikning tebranish davri aniqlanadi. So„ngra o„lchashlar natijasida 
aniqlangan tebranish davri bilan nazariy hisoblab topilgan davr taqqoslanib, 
tegishli xulosalar chiqariladi. Umuman olganda, eksperimental masalalarni 
echishga o„quvchilarning qiziqishlari katta bo„ladi. O„qituvchi fizika kabineti 
sharoitidan kelib chiqib, o„quvchilar bilan birgalikda eksperimental masalalarni 
echishi maqsadga muvofiqdir. Echish metodlari batafsil yoritilgan eksperimental 
masalalarni [19] adabiyotdan olish mumkin. O„qituvchilar ba‟zi laboratoriya 
ishlarini va masalalar to„plamlaridagi masalalarni eksperimental masala qilib 
berishlari, yoki ijodkor o„qituvchilar o„zlari eksperimental masalalar tuzib, 
o„quvchilarga echish uchun tavsiya qilishlari mumkin. 
Grafik masalalar 
Grafik masalalarning umumta‟lim va politexnik ahamiyati kattadir. Grafik 
masalalarni echish jarayonida o„quvchilar fizika fani asoslarini chuqur 
o„zlashtiradilar. Darsda grafik masalalarni echish jarayonida hamda uy 
vazifalarini mustaqil bajarish jarayonida o„quvchilar fizika va matematika 
fanlarining o„zaro bog„liqliklarini amalda ko„radilar. 
Grafik masalalar ham, o„quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi. 
Fizika kursining barcha bo„limlarida amaliy ahamiyatga ega bo„lgan grafik 


“FORMATION OF PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY AS 
INTERDISCIPLINARY SCIENCES” 
[314] 
masalalar bor. Eng sodda holda ikkita fizik kattaliklarning (P,V; P,T; V,T) 
bog„lanish grafiklaridan iborat bo„lgan masalalar grafik masalalar deyiladi. 
Grafik ba‟zi hollarda masalaning shartida beriladi, ba‟zi hollarda grafiklarni 
masala shartiga tayanib olingan natijalar asosida yasash kerak bo„ladi. Grafik 
masalalarni echishning algoritmi quyidagicha: fizik kattaliklar orasidagi 
bog„lanish grafigi berilgan bo„lsa, grafikni sinchiklab o„qib tushunib, alohida 
qismdagi bog„lanishning xarakterini o„rganish lozim. CHizmadagi masshtabdan 
foydalanib, grafikdan izlanayotgan kattaliklarning absissa va ordinata o„qlaridagi 
qiymatlarini topish kerak. Bog„lanish grafigi berilmagan hollarda masalaning 
shartiga yoki masaladan olingan natijaga ko„ra grafik yasaladi. Buning uchun 
koordinata o„qlari chiziladi, ularda har bir fizik kattalikka mos keluvchi ma‟lum 
masshtablar tanlanadi, kerak bo„lsa jadvallar tuziladi, shundan keyin koordinata 
o„qlari joylashgan tekislikka tegishli absissa va ordinata o„qlariga mos nuqtalar 
qo„yiladi. Bu nuqtalarni birlashtirib, fizik kattaliklar orasidagi bog„lanish grafigi 
yasaladi va uni tahlil qilib xulosalar chiqariladi. Fizikani o„qitishda grafik 
metodining ahamiyatini hamda grafikga tegishli mashq va masalalarni o„qib 
bilish mumkin. 
Xulosa
Xulosa qilib Gettengen universitetining professori G.N.Lixtenberg 
aytganidek: “Kim-dan-kim men faqat fizikani bilaman desa, bilinki u fizikani ham 
bilmaydi”,-degan fikri juda qo„l keladi. Haqiqiy bilimli inson, u olimmi, yoki 
o„qituvchi o„z bilimini tor doiradagina oshirmay, balki keng sohani qamrab olib 
amalga oshiradi. Bugungi talabalarimizga esa bu narsa biroz yetishmaydi. 
Ularning fikrlash doiralari ancha tor bo„lib, ma‟lum bir fanlar bo„yicha cheklangan 
bilimlarga egadir va, mustaqil fikirlash ko„nikma va malakalari anchagina past 
darajada. O`qituvchi va o`quvchi – talabaning maqsaddan natijaga erishishida 
qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida bo`lib, chunki har ikkala 
tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgandir, bunda 
o`qituvchi talaba – o`quvchilarning bilim saviyasi, guruh saviyasi, guruh 
xarakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi, masalan, natijaga 
erishish uchun kompyuter bilan ishlash lozimdir, balki film, tarqatma material, 
chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologoyasi kerak bo`ladi, bular 
o`qituvchi va talaba – o`quvchilarga bog`liq. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
1. Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standarti va o'quv dasturi. «Ta'lim 
va taraqqiyot» jurnali. 1999 yil, 4-maxsus son 


“FORMATION OF PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY AS 
INTERDISCIPLINARY SCIENCES” 
[315] 
2. Razumovskiy R.G «O'rta maktabda fizika o'qitish metodikasi» 
3. Tulchiniskiy M.YE. «O'rta maktabda sifatga doir masalalar» 
4. Reznikov L.I. «Fizika o'qitishda grafik metoddan foydalanish» 
5. www.ziyonet.uz 

Download 342.21 Kb.




Download 342.21 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Formation of psychology and pedagogy as interdisciplinary sciences

Download 342.21 Kb.
Pdf ko'rish