|
Mavzu: Ma’lumotlarni berilgan shablon bo’yicha izlash va qayta ishlash. Reja
|
bet | 3/4 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 241,5 Kb. | | #150423 |
Bog'liq Ma’lumotlarni berilgan shablon bo’yicha izlash va qayta ishlashKattalik – biror-bir obyektni ifodalovchi va uning muayyan bir nusxasi uchun berilgan sonli yoki matnli qiymatni belgilovchi ko‘rsatkich. Masalan, obyektlar to‘plami sifatida biror akademik litsey yoki kasb-hunar kollejidagi guruhlarni olaylik. Berilgan guruhdagi o‘quvchilar soni va hokazolar kattaliklar hisoblanadi.
Yuqorida ko‘rsatilganlarni hisobga olgan holda shuni aytish mumkinki, axborot tizimini loyihalovchining eng muhim vazifasiga obyektlar va ularni tavsiflovchi ma’lumotlarni tanlash, ma’lumotlar orasidagi bog‘lanishni o‘rnatish kiradi. Axborot tizimi o‘lchami va vazifasiga ko‘ra obyektlar u yoki bu darajadagi o‘zgaradigan ma’lumotlar bilan xarakterlanishi mumkin.
Shaxsiy kompyuterlar hisoblash texnikasi vositalarining yangi sinfini tashkil etadi. Ular axborotlarni qayta ishlashning yuqori kafolatlanishi, arzonligi, ixchamligi, turli amallarni bajara olishi, kam elektr quvvatini sarflashi bilan ajralib turadi. Bu xususiyatlar kompyuterlar asosida keng vazifalarga mo‘ljallangan avtomatlashgan ishchi joylari (AIJ) ni yaratish imkonini beradi.
Kompyuterda ma’lumotlar omborini hosil qilish va ular bilan ishlash uchun maxsus dasturlar yaratiladi. Keyingi yillarda chiqarilayotgan kompyuterlarda amal bajarish tezligining juda kattaligi (100 mlrd/s) va uning uning xotirasi kengayganligi (40 – 60 Gb) katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan ma’lumotlar omborini yaratish imkonini bermoqda.
Kompyuterda ma’lumotlar omborini yaratish va uni ishlatishni belgilovchi ikkita omil mavjud: birinchi omil – qanday mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlar (ya’ni ularni tashkillashtirish) va ikkinchisi – yig‘ilgan ma’lumotlardan qanday foydalanish kerakligidir. Masalan, xodimlar ro‘yxatini qayta ishlovchi turli xildagi dasturlar mavjud. Lekin bunday dasturlar biror kishining familiyasini izlash yoki haqda biror ma’lumotni topishga (ajratishga) qarab bir-biridan jiddiy farq qiladi. Budan tashqari, har ir berilgan soha uchun o‘zining dasturi ishlab chiqilishi kerak. Masalan, kimyoviy moddalar haqidagi ma’lumotlar ombori uchun mo‘ljallangan dasturlar aviapassajirlar ro‘yxatini qayta ishlash uchun umuman yaroqsizdir.
Ma’lumotlar omboridan foydalanish uchun maxsus dasturlar yaratiladi va bunday dasturlar
|
| |